Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Pergamin-texnik kartonni yumshash harorati 40
0
S gacha bo‘lgan bitum eritmasiga 
shimdirib olinadi. Pergamin tom yopishda ruberoidning quyi qatlamlariga qo‘yiladi va 
gidroizolyasiya uchun ishlatiladi.
SHisha ruberoid-shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog‘lovchi (bitum 
rezinali yoki bitum polimerli) va mineral kukunlar sepib tayyorlanadi. Sepiladigan 
material turi va ishlatilish sohasiga ko‘ra shisharuberoid quyidagi markalarda ishlab 
chiqariladi: S-RK (yirik donali sepma), S-RCH (tangasimon sepma) va S-RM (kukunli 
sepma). SHisharuberoid tom yopmasida yuqori va pastki qatlamlarda va 
konstruksiyalarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. SHisha tolali asoslarni kimyoviy 
va biologik muhitlarga chidamliligi ular asosida tayyorlanadigan o‘rama materiallar 
xizmat vaqtini 30 yilgacha uzaytiradi.
Gidroizol-asbest kartonni bitumli bog‘lovchilarda shimdirib tayyorlanadi. 
Gidroizol er osti konstruksiyalari va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda, 
korroziyaga bardoshli qoplamalar olishda ishlatiladi. Gidroizol ikki markada GI-G va 
GI-K ishlab chiqariladi.
Folgaizol-yupqa alyuminiy folgasi va unga qoplangan bitum-rezinali himoyalovchi 
qatlamdan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10
m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va gidroizolyasiyasida, 
choklarni berkitishda ishlatiladi.
Metallizol-alyuminiy folgasini ikkala tomondan bitumli mastika qoplab 
tayyorlanadi. Alyuminiy folgasi qalinligiga ko‘ra metallizol ikki markada bo‘ladi. U 
yuqori uzilishdagi mustahkamlikka, agressiv va obi-havo muhitiga bardoshli 
materialdir. Metallizol er osti va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda 
ishlatiladi.


Brizol-neft bitumi, rezina kukuni, asbest tolasi va plastifikator aralashmasi 
massasini prokatlash usulida olinadi. Brizol 40% konsentratsiyali sulfat kislotasiga va 
20% xlorid kislotasiga 60
0
S haroratgacha bardoshli bo‘ladi. U erosti metall 
konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Brizol asosga bitum-rezinali 
maxsus mastika yordamida elimlanadi.
Izol-bitum, devulkanizatsiyalangan rezina, mineral kukun, antiseptik va 
plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida tayyorlangan asossiz o‘rama 
gidroizolyasiya va tombop material.
Izol ruberoidga nisbatan elastiklik, biologik muhitga chidamli va xizmat qilish 
muddati ikki marta ko‘proq. Izol eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm, umumiy 
polotno yuzasi 10-15 m
2
holatda tayyorlanadi. U gidrotexnik inshootlarni, 
rezervuarlarni, basseynlarni, erto‘lalarni, truboprovodlarni, qiyali va yassi tomlarni 
gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Izol asosga sovuq va issiq bitumli mastikalar 
yordamida elimlanadi.
Tol-texnik kartonni qatronlarda shimdirib ikki tomonidan qatron va qum yoki 
mineral kukunlar sepilib olingan o‘rama material. Yirik mineral sepmali tol tekis 
tomlar gidroizolyasiya qatlamining yuqori qavatiga, qum sepmali tol esa bino va 
inshootlar poydevori va boshqa qismlari, vaqtincha inshootlarning tomi 
gidroizolyasiyasi uchun ishlatiladi.
Tol-charm va gidroizolyasion tol texnik kartonni qatronlarda shimdirib, qatron va 
mineral kukun sepmasisiz olinadi. U ko‘pqatlamli gidroizolyasiya qoplamasining 
pastki qavatlarida va bug‘ izolyasiyasida ishlatiladi.
Qatronbitumli o‘rama material texnik kartonni qatronga shimdirib, ikki tomondan 
bitum va mineral kukun sepib tayyorlanadi. Ular ko‘pqatlamli tom gidroizolyasiya 
qoplamasi barpo qilishda ishlatiladi.
Tombop va gidroizolyasiya o‘rama materiallari suv shimuvchanlik, suv 
o‘tkazmaslik, issiqqa bardoshlilik va mustahkamlik bo‘yicha texnik talablarga mos 
kelishi kerak. Masalan, shisharuberoidning suv shimuvchanligi 5% gacha, 0,07 MPa 
gidrostatik bosimda 10 min davomida namuna yuzasida suv tomchilari paydo 
bo‘lmasligi kerak.
Ruberoid, shisha ruberoid kabi bitum bog‘lovchisi asosidagi o‘rama materiallarning 
issiqqa bardoshliligi 80
0
S, tolniki esa 45
0
S. Eni 50 mm qilib o‘rama materialdan kesib 
olingan namunaning cho‘zilishdagi mustahkamligi ruberoid uchun 320-340 N, 
shisharuberoid uchun 300 N dan kam bo‘lmasligi talab etiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling