Referat mavzulari ro’yxati


Penetron gidroizolyasiya qurilish materialini sinovdan o‘tkazish


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Penetron gidroizolyasiya qurilish materialini sinovdan o‘tkazish. Penetron 
qukuq qorishmasining kimyoviy komponenti suvda erib, beton strukturasiga chuqur 
kirib boradi va sement toshini qotiruvchi tarkibdagi xom-ashyolar bilan reaksiyaga 
kirishadi.
Nazorat savollari 
1. 
Asossiz o‘rama materiallar to‘g‘risida aytib bering.
2. 
Bitum va qatron mastikalari haqida gapirib bering.
3. 
Bitum va qatron emulsiyalari va pastalari to‘g‘risida aytib bering. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


25- MARUZA: POLIMER MATERIALLAR VA BUYUMLAR 
Reja: 
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Plastmassalarning tarkibi va xossalari
3. 
Polimer bog‘lovchi moddalar
  
1. Umumiy ma’lumotlar 
Plastmassa yuqori molekulali birikma –polimer bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgich va 
boshqa tashkil etuvchilardan iborat, qotgach plastikligini to‘la yoki qisman 
yo‘qotadigan kompozitsion materialdir. YUqori molekulali moddalar bir necha 
minglab, hatto yuz minglab atomlardan iborat bo‘lib, ko‘p marta takrorlanadigan 
muayyan strukturalardan tuzilgan. Bitta makromolekuladagi struktura birligi soni 
polimerning polimerlanish darajasi deyiladi. Kam molekulali birikmalar molekulyar 
massasi 500 kam bo‘ladi.
Kelib chiqishiga nisbatan polimerlar tabiiy va sun’iy (sintetik) turlarga bo‘linadi. 
Tabiiy yuqori molekulali birikmalarga tabiiy kauchuklar, sellyuloza, ipak, oqsillar, 
nuklein kislotalar, jun va boshqalar kiradi.
Tabiiy kauchukni oltingugurt bilan aralashtirilib, qizdirish (sintez) usulida (XIX 
asrda) rezina olindi. 1972 yilda nitrotsellyulozani kamfara bilan qayta ishlab selluloid, 
ya’ni plastmassaning sellyuloza asosidagi birinchi turi tayyorlandi. SHu davrda 
oqsillar (kazein) asosida sintez qilib galalit plastmassasi olindi.
XX asr boshida organik xom ashyolarni sintez qilish natijasida yuqori molekulali 
moddalar-polimerlar olindi. Keyinchalik karbamidformaldegid, fenol-formaldegid
poliefir va shu kabi polimerlar sintez qilindi. O‘ttizinchi yillardan boshlab 
polimerlanish jarayonining ko‘p jixatlari ochildi va polivinilatsetat, polivinilxlorid
polistirol, polimetilmetakrilat va boshqa polimerlar sintez qilindi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling