Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Issiq bitum-mineralli mastikalar bitum bog‘lovchisi tarkibiga nisbatan 30-64% 
mineral kukunlar kiritib tayyorlanadi. Ular qurilish konstruksiyalari, gidrotexnik 
inshootlar choklarini berkitishda quyma kompozitsiya sifatida ishlatiladi.
Sovuq asfalt mastikalari (xamast) bitum-ohakli pastani mineral kukun bilan sovuq 
holatda aralashtirib tayyorlanadi. Ular sovuq gidroizolyasiyada va deformatsion 
choklarni berkitishda ishlatiladi.
Gidrofob gazoasfalt bitum-ohakli pastaga 10-15% portlandsement va gaz hosil 
qilish uchun alyuminiy pudrasi (upasi) qo‘shib olinadi. U kompleks tom yopma panel 
konstruksiyalari tayyorlashda va truboprovodlarni teplogidroizolyasiya qilishda 
ishlatiladi.
Antikorrozion bitumli mastikalar qurilish konstruksiyalari va truboprovodlarni 
agressiv muhitlardan himoyalashda ishlatiladi. Mastika eritilgan qiyin eriydigan 
bitumlar va mineral kukun to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Ular kislota va 
ishqorlar eritmalariga, azot oksidlariga, oltingugurt gazi, ammiak va kislota bug‘lari 
(60
0
S), tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi.
Bitum-rezinali mastikalar neft bitumlari, rezina kukuni va modifikatorlar asosida 
olinadi, issiq va organik erituvchilar qo‘shilib sovuq holda tayyorlanadi. Ular er osti 
metall truboprovodlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.
Bitum- polimerli mastikalar neft bitumlari va kauchuklar yoki sintetik polimerlar va 
mineral kukun to‘ldirgichlarni sinchiklab aralashtirilib tayyorlanadi.
Kauchuk va polimerlar mastikalarning issiqqa bardoshliligini va sovuqda 
elastikligini ta’minlaydi. Ular qurilish konstruksiyalarini korroziya muhitidan 
himoyalash uchun ishlatiladi.


Penetron gidroizolyasiya qurilish materiallari 
Penetron gidroizolyasiya qurilish materiallari monolit va yig‘ma temirbeton 
konstruksiyalarining sirtini gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Suvo‘tkazmaslik, 
muzlashga bardoshlilik, mustahkamlik kabi xossalarini oshiradi. Konstruksiyani 
kislata, ishhor, yomg‘ir suvlari, dengiz va gurunt suvlari kabi agressiv muhitlarga 
chidamligini oshiradi. Penetron gidroizolyasiya quruq qurilish qorishmasining tarkibi 
maxsus sement, aniq yiriklikdagi kvars qumi, patentlashtirilgan kimyoviy faol 
qo‘shimchadan iborat.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling