2. Germetik polimer materiallar
Polimer germetiklar yig‘ma konstruksion elementlar choklarini zichlashtirish uchun
ishlatiladi. Bunday yig‘ma konstruksiyalarga panellar, bloklar,
qismlar va boshqalar
kiradi. Germetiklar elastik bo‘lishi va haroratdan, kirishishdan hosil bo‘ladigan
deformatsiyalarni so‘ndirishi kerak.
Germetiklar bino va inshootlarning issiqlik, tovush va gidroizolyasiyasini
ta’minlashi zarur.
Germetiklar
atmosfera muhiti, turli agressiv moddalar va havo aralashmalariga
chidamli bo‘lishi, o‘zidan inson organizmiga salbiy ta’sir etuvchi moddalarni
ajratmasligi kerak.
Konstruksiya choklarini berkitish va zichlashtirish
maqsadida qotuvchan va
qotmaydigan germetiklovchi mastikalar va elastik zichlashtiruvchi qistirmalar
ishlatiladi.
Germetiklovchi mastikalar plastik holatda maxsus
asbob vositasida choklarga
surkaladi. Bunda mastika chokdan tashqari yuzaga ham qisman chiqib, vertikal va
gorizontal choklarni qoplashi maqsadga muvofiqdir.
Mastikalar betonga yaxshi
yopishishi va 60
0
S haroratgacha oqib tushmasligi kerak. Polisulfidli kauchuklar-
tiokollar va bitum-rezinali bog‘lovchilar asosidagi mastikalar keng miqyosda
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: