Referat mavzulari ro’yxati


 Polimer buyumlarga ishlov berishning asosiy usullari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

2. Polimer buyumlarga ishlov berishning asosiy usullari 
 Valsovkalash usulida plastmassa bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan valiklar 
orasidagi tirqichdan siqilib o‘tish hisobiga shakllanadi (11.1-rasm). Ishlov berilayotgan 
massa 2 valiklar 1 va 3 orasidagi tirqichdan bir necha marta o‘tkaziladi va yaxshilab 
aralashtiriladi, keyin bitta valikga o‘tkaziladi va pichoq 4 yordamida kesiladi.


26.1-rasm. Valsovkalash sxemasi
a) massa quyish; b) valsovkalash; v) massani bir valikka o‘tkazish; g) massani 
kesish.
Uzluksiz valsovkalash jarayonida massa tirqich orasidan siqilib o‘tishidan tashqari 
valiklar bo‘ylab ham yoyiladi. SHuning uchun jarayon oxirida ortiqcha massa ikki 
tomondan pichoq yordamida kesib olinadi. Bu usulda plastmassa komponentlari 
ezilishi tufayli maydalanadi, polimer, kukun to‘ldirgich va boshqa modifikatorlar 
yanada mayin aralashadi, hosil bo‘lgan harorat ta’sirida plastiklik ortadi. Plastmassa 
yuzasiga ishlov berishga mo‘ljallangan oxirgi valik yuzasi silliqlangan va 
polirovkalangan bo‘lishi kerak. Plastmassalarga issiqlik bilan ishlov berilishi zarur 
bo‘lsa, valiklar bug‘ yoki elektr isitkich (tenlar) vositasida qizdiriladi.
Kalandrlash usulida plastmassa berilgan qalinlikda va kenglikda yumshatilgan 
polimer qorishmani valiklar orasidagi tirqichdan to‘xtovsiz o‘tkazib lenta shaklida 
tayyorlanadi.
Valiklar soniga ko‘ra kalandrlar ikki, uch, to‘rt, va besh valikli bo‘ladi. Valiklar 
vertikal, gorizontal G-shaklida, L-shaklida va Z shaklida bo‘lishi mumkin. To‘rt 
valikli kalandrning ishlash sxemasi 26.2-rasmda berilgan.
26.2-rasm. To‘rt valikli kalandrning ishlash sxemasi:  
a) G-shaklidagi kalandr; b) Z-shaklida kalandr.
Kalandr konstruksiyasi ishlov beriladigan plastiklik massaning xiliga qarab (rezina 
yoki termoplastlar) tanlanadi. Mahsulot yuzasi tekis bo‘lishi uchun ishchi valiklar 
yuzasi jilolanadi va polirovkalanadi.
Kalandr valiklari bug‘ yoki elektr toki yordamida isitilishi mumkin.
Ekstruziya usulida polimer materiallar qizdirilgan massani munshtuk (shakl 
beruvchi teshik) orqali siqib chiqarib shakl berib tayyorlanadi.
Ekstruziya usulida profilli uzun o‘lchamli (pogonaj) quvurlar, listlar, plenkalar, 
linoleumlar, poroizollar va boshqa qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqariladi. 
Bu usulda diametri F 5-20 mm quvurlar, eni 0,3-1,5 m li plenka va listlar va boshqa 
o‘lchamdagi buyumlar tayyorlash mumkin. Ekstruziya mashinalari ikki turda bo‘ladi: 
shnekli (bir va bir necha) va bosim ostida ishlaydigan shprits ekstruderlar.
SHnekli yoki chervyakli ekstruderlar plastmassa ishlab chiqarishda keng tarqalgan 
(26.3-rasm). Ekstruziya mashinalarining ishchi organi vint yoki chervyak bo‘lib, 
plastik massani sinchiklab aralashtiriladi va vint harakati natijasida bosim ostida 
munshtukdan siqib chiqarib, shakl beradi. Plastmassa hom ashyosi ekstruderga 


granula, biser yoki kukun ko‘rinishida solinadi va mashina tashqi qobig‘i ichiga 
o‘rnatilgan maxsus isitkichlar yordamida qizdirib yumshatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling