Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Nazorat uchun savollar 
1. 
Polimer elimlar, mastikalar, qorishmalar va betonlar haqida gapirib bering.
2. 
Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish materiallari to‘g‘risida aytib bering. 
 
 
 
 


28- MAVZU: KO’PIK POLIETILEN POLIPROPILIN KAUCHIK 
Reja: 
1. 
Polimer elimlar.
2. 
Germetik polimer materiallar
3. 
Qurilish materiallarini polimer bilan modifikatsiyalash.

  
1. Polimer yelimlar. 
Yelimlar sintetik smolalar asosida tayyorlanadi. Bog‘lovchi sifatida termoreaktiv va 
termoplastik polimerlar, kauchuklar, sellyuloza hosilalari va boshqa moddalar 
ishlatiladi.
Yelimlarning xossalarini mukammallashtirish maqsadida tarkibiga erituvchilar, 
kukun to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar, stabilizatorlar va modifikatorlar 
kiritish mumkin.
Yelimlar sovuq va issiq xolatda qotadi. Polimer elimlar asosida yog‘och, 
plastmassa, metall, keramika, shisha, tabiiy va sun’iy toshlar, qog‘oz materiallar, 
rezina va boshqalar elimlanadi. Bundan tashqari polimer elimlar asosida yog‘och, 
temirbeton, metall konstruksiyalarni yig‘ish va montaj qilish mumkin.
Yog‘och, qog‘ozlardan tayyorlangan materiallar odatda karbamidformaldegid
fenol-formaldegid polimerlari elimlari bilan, metall, keramika, shisha, plastmassa 
buyumlar epoksid, poliizotsionat, poliefir polimerlari asosidagi elimlar bilan 
elimlanadi.
“Bustilat” elimi bilan polivinilxlorid linoleumlar va plitkalar, sintetik gilamlar va 
matodan tayyorlangan pardalarni asosga elimlanadi.
Perxlorvinil elim pogonaj buyumlarni, parda materiallarni, yog‘och, beton va sh.k. 
buyumlarni elimlash uchun ishlatiladi.
Polimer 
mastikalar. 
Polimer mastikalar sintetik bog‘lovchilar, kukun 
to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar va modifikatorlar asosida olingan quyuq 
kompozitsion materialdir.
Mastikalar qurilish materiallarini elimlash, konstruksiyalar yuzalarini etarli 
qalinlikda qoplash, choklarni berkitish, notekis yuzalarni to‘g‘rilash, konstruksiya va 
buyumlarni korroziyadan saqlash maqsadida ishlatiladi. Mastikalar elimlardan 
quyuqligi va kukun to‘ldirgich miqdorining ko‘pligi bilan farq qiladi.
Mastikalar xossalarini yanada yaxshilash uchun tarkibiga bitum, qatron, kanifol, 
kazein va boshqa modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar kiritiladi.
Rezina-bitumli mastikalar polivinilxlorid linoleumlarni va plitkalarni, mato asosli 
o‘rama materiallarni elimlashda ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling