Referat mavzulari ro’yxati


 Bo‘yoq tarkiblarining komponentlari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

3. Bo‘yoq tarkiblarining komponentlari 
Lok-bo‘yoqlar tayyorlashda asosiy komponentlar sifatida organik va noorganik 
bog‘lovchilar, pigmentlar, kukun to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, erituvchilar, 
sikkativlar hamda yordamchi materiallar-stabilizatorlar, dispergatorlar, suyultirgichlar, 
qotiruvchilar va boshqalar ishlatiladi.
3.1 Bog‘lovchi moddalar 
Bog‘lovchi moddalar pigment va dispers to‘ldirgichlarni o‘zaro bog‘lab yupqa 
bo‘yoq qatlami hosil qiluvchi komponent bo‘lib, asosga mustahkam yopishishi talab 
etiladi.
Bog‘lovchilar organik va mineral strukturali bog‘lovchi moddalarga bo‘linadi. 
Hosil bo‘lishi jihatidan bog‘lovchi moddalar tabiiy va sintetik turlarga ajratiladi. 
Organik bog‘lovchi moddalarga tabiiy va yarim tabiiy oliflar, yog‘och va 
hayvonlardan olingan elimlar, polimerlar va boshqalar, noorganik bog‘lovchilarga 
ohak, sement, suyuq shisha va sh.k. kiradi.
Bo‘yoq tarkiblarning asosiy fizik-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalari 
bog‘lovchi moddalarning turi va xossalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Moyli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilarga quriydigan o‘simlik moylari, mineral 
moylar, sintetik polimerlar va moy loklari kiradi. Moyli bog‘lovchilardan hosil bo‘lgan 
parda qatlamlari ko‘pi bilan 24 soatgacha to‘la qurishi talab etiladi.
Oliflar. Oliflar tabiiy (natural) bog‘lovchi modda bo‘lib, zig‘ir, kanop kabi 
o‘simliklar moylariga maxsus ishlov berib olinadi. Olif atmosferadan kislorodni 


biriktirib qurish, ya’ni qotish xususiyatiga ega. Oliflarning qotish jarayonini 
tezlashtirish uchun tarkibiga sikkativlar qo‘shiladi.
Tabiiy oliflar juda mustahkam, namlikka va agressiv muhitlarga chidamli qoplama 
pardalar hosil qiladi. Ular metall, yog‘och, gips va sementli qorishmalar bilan 
suvalgan devor yuzalarni bo‘yash uchun sifatli tarkiblar tayyorlashda ishlatiladi. 
O‘simlik moylarini tejash maqsadida tabiiy oliflar asosida yarim tabiiy oliflar 
tayyorlanadi. Tarkibida 55% o‘simlik moyi va 45% uayt-spirt (texnik kerosin) bo‘lgan 
“Oksol” olifi va 70% o‘simlik moyi va 30% uayt-spirt bo‘lgan kombinatsiyalashgan 
oliflar ishlab chiqariladi. YArim tabiiy oliflar qurigach yupqaroq, kuchli yaltiraydigan, 
mustahkam, ammo ob-havo sharoitiga nisbatan chidamsiz qoplamalar hosil qiladi.
Ular normal quyuq-suyuqlikdagi moyli bo‘yoqlar olishda ishlatiladi. Tayyorlangan 
bo‘yoq tarkiblari metall, yog‘och, suvoq yuzalarni bezashda qo‘llaniladi.
Sun’iy (kombinatsiyalashgan) oliflar o‘simlik moylari qo‘shilmasdan yoki 35% 
gacha qo‘shilib neft va boshqa organik xom ashyolar asosida olinadi.
Sun’iy oliflarga gliftalli, pentaftalli, perxlorvinilli va boshqa oliflar kiradi. Gliftalli 
oliflar zig‘ir moyi, ftalli angidrid va glitsirinni harorat bilan ishlov berish natijasida 
olinadi. Sun’iy oliflar ob-havo ta’siriga nisbatan chidamsiz va rangi qoramtir bo‘ladi. 
Ular asosida xona ichida ishlatiladigan metall, yog‘och va suvoq yuzalarni bezashga 
yaroqli bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda qo‘llaniladi.
Moyli
loklar
tabiiy va
sun’iy
smolalarni erituvchilar va 
sikkativlar qo‘shilgan o‘simlik moylarida eritib olinadi. Bunda erituvchilar loklarga 
zarur bo‘lgan konsistensiyani ta’minlaydi.
Moyli loklar atmosfera muhiti ta’siriga chidamli bo‘lgan bo‘yoq tarkiblarni 
tayyorlashda ishlatiladi. Moyli bo‘yoq tarkiblar olishda sintetik bog‘lovchilarni 
ishlatilishi o‘simlik moylarini tejaydi va ularga yangi xossalar beradi. Sintetik 
bog‘lovchilarga turli polimer materiallar kiradi. Polimer bog‘lovchilar asosida loklar, 
emallar, pastalar, mastikalar, suvli dispersiyalar olinadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling