Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Nazorat savollari 
1. 
Bo‘yoq tarkiblari olishda ishlatiladigan bog‘lovchilar haqida aytib bering.
2. 
Pigment nima? Ularning xossalari va turlari haqida gapirib bering.
3. 
Moyli bo‘yoqlar nima?
4. 
Suvli bo‘yoqlar haqida aytib bering.
5. 
Polimerli bo‘yoq tarkiblari haqida gapirib bering.
6. 
Suv-dispersiyali bo‘yoqlar. Ularning asosiy xossalari. 7. Pastali va kukunli 
bo‘yoqlar. Ularning afzalliklari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


30- MARUZA: SEMENTLI, OHAKLI,SILIKATLI VA ELIMLI BO’YOQLAR. 
Reja: 
1. Ohakli bo’yoqlar 
2. Silikatli bo’yoqlar 
Ohakli bo‘yoqlar so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi. Ularning suv 
ushlashlik xususiyatini oshirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, osh tuzi, maxsus 
polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlarning atmosfera muhitiga chidamliligi 
yuqori emas.
Sementli bo‘yoqlar oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. Ularning suv 
ushlashlik xususiyatini yaxshilash maqsadida tarkibiga ohakpushonkasi, kalsiy xlorid, 
polimerlar va boshqalar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar binolarning tashqi tomonidan 
va namlik yuqori bo‘lmagan xonalarni ichki tomondan beton va suvoq yuzalarni 
bezash uchun ishlatiladi.
Silikatli bo‘yoqlar suyuq shisha tarkibida pigmentlar va aktiv mineral dispers 
kukunlarning (trepel, opoka, diatomit va sh.k.) suspenziyasi bo‘lib, suv muhitiga 
chidamlidir. Silikatli bo‘yoqlar bilan bino fasadlari bezatiladi, namlik yuqori 
bo‘ladigan xonalar hamda yonishdan saqlash maqsadida yog‘och konstruksiyalar 
himoyalanadi.
Elimli bo‘yoqlar hayvon yoki o‘simlik elimlarining suvdagi eritmasida pigmentlar 
va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan. Ular yuqori namlikka chidamli 
bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini qoplashda ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling