Referat mavzulari ro’yxati


 Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi va asosiy xossalari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

2. Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi va asosiy xossalari 


Bo‘yoq tarkiblar asosan kimyoviy tarkibi, ishlatilish sohasiga ko‘ra 
klassifikatsiyalanadi. Ularning kimyoviy klassifikatsiyalanishida hosil bo‘ladigan 
bo‘yoq qatlamining tabiati, tarkibi hamda belgilanishi asos qilib olingan. Belgilangan 
bosh harflar bo‘yoq qatlami-plenkasi hosil qilishi bo‘yicha qaysi turga ta’luqligini 
bildiradi.
Masalan, alkid-arilli AS, gliftalli GF, kremniyorganik KO, mochevinali 
(karbamidli) MI, perxlorvinilli XV, poliakrilli AK, poliakrilli AK, poliamidli PA, 
polivinilatsetatli VA, silikatli JS, epoksidli EP va shu kabilar.
Bo‘yoq qoplamalarning ishlatilish belgilari bo‘yicha ratsional sohalari
12.1-jadvalda berilgan.
  
29.1-jadval  
Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi 
Bo‘yoq tarkibining 
ishlatilish sohasiga ko‘ra nomi 
Ish 
latilish 
guruhi 
Ishlatilish sharoiti 
Atmosfera muhitiga 
chidamli 

Ochiq maydonda ishlatiladigan turli 
klimatik ta’sirlarga 
chidamli qoplamalar 
Atmosfera muhitiga 
chegaralangan darajada chidamli 

Isitilmaydigan xonalar va yopmalar 
ostida ishlatiladigan qoplamalar 
Konservatsiyalovchi 

Bo‘yaladigan yuzalarga vaqtinchalik 
ishlatilgan qoplamalar 
Suv muhitiga chidamli 

Suv va suv bug‘i ta’siriga
chidamli qoplamalar 
Maxsus 

Maxsus xossalarga ega
bo‘lgan qoplamalar: rentgen nurlariga 
chidamli, nurlanadigan, biologik 
muhitiga chidamli va boshq. 
Maxsus bo‘yoq tarkiblarini quyidagicha davom ettirish mumkin: 6-moy va benzin 
muhitiga chidamli, 7-kimyoviy muhitga chidamli, 8-termik (issiqlik) muhitga 
bardoshli, 9-elektr izolyasiyasi.
Bo‘yoq tarkiblarini markalashda bosh xarflar indeksi ishlatiladi: suv dispersiyali-
VD, organodispersiyali-OD, suvda aralashuvchan-V, poroshokli (kukunli)-P.
Muayyan bo‘yoq tarkibini tavsiflash uchun misol keltiramiz: Emal XV- 
16, ya’ni perxlorvinilli emal (XV), 1-atmosfera muhitiga chidamli, registratsiya 
raqami-6.
Bo‘yoq qoplamalarini markirovkalashda tashqi ko‘rinishi sifati ham hisobga 
olinadi. GOST bo‘yicha bo‘yoq qoplamalari defektlari turi va soni jixatidan tashqi 
ko‘rinishi sifatiga nisbatan 7 klasslarga bo‘linadi: I-hech qanday defekt bo‘lishiga 
ruxsat etilmaydi; II-VII-defektlar uzunligi, eni, diametri va ular orasidagi masofalarga 
bog‘liq ravishda sonini hisobga olgan holda (dona m
2
) ba’zi notekisliklar ruxsat 


etiladi; III-VII klasslarda to‘lqinsimonlik ruxsat etiladi; V-VII klasslarda oqmalar va 
IV-VII klasslarda turli soyalar bo‘lishi ruxsat etiladi.
Bo‘yoq tarkiblari qoplama usuliga nisbatan mo‘yqalamda suriladigan, 
pulverizatorda sepiladigan, qurish sharoitiga ko‘ra sovuq va issiq sharoitda qoplama 
qatlami hosil qiladigan turlarda bo‘ladi.
Bo‘yoq tarkiblari konsistensiyasiga (quyuqligi) ko‘ra suyuq, qovushoq, pastasimon, 
reologik xususiyatlarga nisbatan strukturalanuvchi tizimga ta’luqlidir. Ularning 
quyuqlik darajasi sepish usuliga mutanosib ravishda tayyorlanishi kerak.
Lok-bo‘yoqlarning 
quyuqligini (qovushoqligini) viskozimetrlar yordamida 
o‘lchanadi va sekundlarda (s) ifodalanadi. Ularning quyuqlanish davri 
qovushoqlikning orta boshlash vaqti bilan belgilanadi.
Bo‘yoq tarkiblarning xossalarini aniqlash uchun metall yoki shisha yuzasida yupqa 
qattiq qatlam hosil qilinadi. Bo‘yoq qoplamasi hosil bo‘lishi fizik-kimyoviy va 
kimyoviy jarayonlar borishi, tarkibdan erituvchining bug‘lanishi yoki suvli 
dispersiyalarning parchalanishi va boshqa jarayonlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘yoq qoplamalar qotish jarayonining tugallanishini qattiqlik darajasi orqali 
aniqlash mumkin.
Lok-bo‘yoq qoplamalarning qurish tezligi ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ular bu 
jihatdan 5 bosqichli turlarga bo‘linadi. Zarurat bo‘lsa, lokbo‘yoq qoplamalarning 
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti, egilishdagi mustahkamligi, agressiv 
qorishmalarga chidamliligi kabi maxsus xossalari aniqlanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling