Referat mavzulari ro’yxati


  Qurilish materiallarini polimer bilan modifikatsiyalash


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

3.  Qurilish materiallarini polimer bilan modifikatsiyalash 
Beton, yog‘och, tabiiy toshlar, gips va ohak bog‘lovchilar asosidagi materiallar va 
boshqalarni polimerlar bilan modifikatsiyalash usulida ularning xossalarini yaxshilash 
mumkin. 
Polimerlar 
bilan 
modifikatsiyalangan 
qurilish 
materiallarining 
mustahkamligi, deformativ xossalari, kimyoviy agressiv muhitlarga chidamliligi 
yuqori bo‘ladi. Modifikatsiyalangan materiallarning edirilishga, zarbga bardoshliligi 
yuqori bo‘ladi, dinamik kuchlanishlarga qarshilik qilish xususiyati ortadi.
Modifikatsiyalangan qurilish materiallari kompozitsion material bo‘lib, bu erda 
material odatda karkas yoki birlamchi faza vazifasini, polimer esa modifikatsiyalovchi 
matritsa yoki qo‘shimcha vazifasini o‘taydi.
Betonlarni modifikatsiyalash. Sementli betonlar polimersementli beton
betonopolimer va polimer qoplamali beton ko‘rinishlarida modifikatsiyalanadi.
Polimersementli beton sement massasiga nisbatan 17-20% polimer qo‘shilib 
tayyorlanadi. Bunda polimer qotib mustahkam o‘ziga xos karkas hosil qilishi 
natijasida betonning xossalari yaxshilanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida 
portlandsementdan tashqari putssolanli, shlakli sementlar, silikatli va gipsli 
bog‘lovchilar ham ishlatilishi mumkin.
Polimer moddalar sifatida polivinilatsetat (PVA), SGS-65 GP latekslari, suvda 
eriydigan epoksid, atseton-formaldegid polimerlari va boshqalar qo‘llaniladi. 
Polimerlar odatda beton qorishma tayyorlanayotgan paytda qo‘shiladi.
Betonga PVA emulsiyasini kiritib betonning cho‘zilishdagi va egilishdagi 
mustahkamligini oshirish mumkin. Lekin PVA emulsiyasi qo‘shilgan betonlar quruq 
joylarda (havoning nisbiy namligi 40-50% gacha) ishlatishga mo‘ljallangan. Ularning 
havoda kirishishi oddiy betonga nisbatan yuqori bo‘ladi. Buning sababi PVA 
emulsiyasi tarkibidan suvning bug‘lanishi va polimerning plenka xolatiga o‘tishidir.


Epoksid, atseton-formaldegid kabi qotiruvchilar ishtirokida qotadigan polimerlar 
kiritilgan betonlarning mustahkamligi, suvga, agressiv muhitlarga bardoshliligi va suv 
o‘tkazmasligi ortadi.
Polimersement betonlarning sovuqqa chidamliligi /150-/300 markalarda bo‘ladi, 
edirilishga bardoshliligi esa sementli betonlarga nisbatan 15-20 marta yuqori bo‘ladi.
Polimersementli betonlar sanoat binolari, omborxonalar pollari, aerodrom va yo‘l 
qoplamalari qurilishida, antikorrozion qoplamalar olishda temirbeton konstruksiyalar 
choklarini berkitishda va boshqalarda ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling