Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Nazorat uchun savollar 
1. 
Polbop, devorbop va bezak polimer materiallarni izohlab bering.
2. 
Polimerlar asosida olinadigan pogonaj, santexnika va boshqa buyumlar haqida 
gapirib bering.
3. 
Polimer elimlar, mastikalar, qorishmalar va betonlar haqida gapirib bering.
4. 
Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish materiallari to‘g‘risida aytib bering. 
27- MAVZU: QURILISH KOMPAZITSION POLIMER TURLARI 
Reja: 
1. 
Polimer buyumlarning turlari.
2. 
Polimer pardozlash-bezak materiallari.
3. 
Polbop polimer materiallar.
4. 
Pogonaj va sanitariya-texnika buyumlari.
1. Polimer buyumlarning turlari 
Konstruksion va to‘siq materiallari 
Konstruksion material sifatida dispers tolasimon armaturalar bilan kuchaytirilgan 
shishaplastiklar, yog‘ochqatlamli plastiklar, sotoplastlar, organik shisha, viniplast listlar, 
polimer qorishmalar, polimerbetonlar va boshqalar ishlatiladi.
SHishaplastiklar kompozitsion listli material bo‘lib, shisha tolali to‘ldirgich va polimer 
bog‘lovchilar asosida olinadi. Listli asos sifatida shisha tolali to‘qima va noto‘qima 
matolar ishlatilishi mumkin. SHishaplastiklar olishda bog‘lovchi sifatida fenol-
formaldegid, poliefir va epoksid polimerlari ishlatiladi.
SHishaplastiklar shisha tolali to‘ldirgichning turi va joylashishiga nisbatan uchta asosiy 
guruhga bo‘linadi: shisha tolali anizatrop material (SVAM), qirqilgan tola asosida olingan 
shisha plastik va shisha mato asosida tayyorlanadigan shishaplastik (shisha tekstolit).
SHisha tolali anizatrop material (SVAM) shisha shpon listlar paketini issiq holda 
presslab tayyorlanadi. SHisha shpon-bir tomongan yo‘naltirilgan shisha iplarni epoksid-
fenol polimerlari asosida kompozitsiyalar bilan elimlab yopishtirilgan yupqa matodir. 
SVAM odatda uzunligi 1000 mm gacha, eni 500 mm gacha va qalinligi 1-30 mm bo‘ladi.
Uning zichligi 1,8-2 g sm3, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 1000 MPa gacha 
bo‘lishi mumkin. SVAM kimyoviy va biologik aktiv muhitlarga bardoshli materialdir. 
SVAM shishaplastik materiallar osma panellar, fazoviy yopma konstruksiyalar, quvurlar, 
yirik hajmdagi idishlar tayyorlashda ishlatiladi.
Qirqma shisha tolali shishaplastiklar yassi va to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘lib, poliefir 
polimerlari asosida ishlab chiqariladi. SHishaplastiklar uzunligi 1000-6000 mm, eni 1500 
mm gacha va qalinligi 11,5 mm bo‘ladi. Ularning o‘rtacha zichligi 1400 kg m3, 


cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida 60 MPa, siqilishda kamida 90 MPa, 
egilishda kamida 130 MPa, yorug‘lik o‘tkazishdagi shaffofligi 50-85% bo‘ladi.
Qirqma shisha tolali poliefir shishaplastiklar yorug‘lik o‘tkazadigan to‘sish fonarlari, 
shaffof to‘siqlar tayyorlashda, yarim shaffof to‘lqinsimon shishaplastiklar esa pavilionlar, 
soyabonlar va boshqa engil konstruksiyali binolar tomini qurish uchun ishlatiladi.
SHisha tekstolit shisha matoni termoreaktiv polimerda shimdirib issiq holatda presslab 
olinadi. Polimer bog‘lovchi sifatida fenolformaldegid smolasi ishlatiladi. SHisha tekstolit 
uzunligi 2400 mm, eni 600-1200 mm, qalinligi 1-7 mm listlar va uzunligi 2400 mm, eni 
7001000 mm va qalinligi 9-35 mm plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. SHisha 
tekstolitning o‘rtacha zichligi 1800 kg m3, cho‘zilishdagi mustahkamlik
chegarasi 230 MPa, siqilishda 95 MPa va egilishda 120 MPa. SHisha tekstolitlar issiqlik 
va kimyoviy muhitlar ta’siriga bardoshli, suvga chidamli bo‘ladi. Ular asosida oyna va 
eshik bloklari, furniturlar, sanitariya-texnika buyumlari, uch qatlamli panellar, qobiqlar, 
tombop to‘lqinsimon buyumlar tayyorlanadi.
YOg‘och qatlamli plastiklar yog‘och shponlarni fenolformaldegid (amino-aldegid va 
boshq) polimeriga shimdirib, paket issiq holatida presslab tayyorlanadi. Ularning uzunligi 
5600 mm, eni 950-1200 mm va qalinligi 12 mm bo‘ladi. O‘rtacha zichligi kamida 1300 
kg m3. YOg‘och qatlamli plastiklar (DSP-V-700 va DSP-V) yuqori mustahkamlikka, 
zarbiy qovushoqlikka ega. Material yuzasi silliq, sariq-jigar rangli, yog‘och teksturasi 
yaxshi ko‘rinadigan, biroz yaltiroq. Ularga mexanik ishlov berish (arralash, parmalash, 
mix va shuruplar o‘tkazish va sh.k.) oson kechadi. YOg‘och qatlamli plastiklar devor va 
pardadevorlarni qoplash, turarjoy va madaniy-maishiy binolar shiplarini bezatish uchun 
konstruksion material sifatida ishlatiladi.
Qoplama polistirol plitkalar kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yassi va orqa 
tomoni taram-taram bo‘lgan yupqa materialdir. Kompozitsiya tarkibida polistirol 
bog‘lovchidan tashqari kukun to‘ldirgich (talk, kaolin va boshq.), pigment va zarurat 
bo‘lsa, modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar bo‘ladi. Plitkalar to‘la avtomatlashtirilgan 
mashinalarda quyma usulda tayyorlanadi. Plitka qalinligi 1,25-1,5 mm, 1 m3 plitka 
massasi 1,5-1,7 kg. Asosga plitkalar polimerli yoki kauchukli mastikalar bilan elimlanadi.
Plitkalar gigiena talablariga javob beradi, suvga va kimyoviy muhitlarga chidamli,turli 
ranglarda bo‘ladi. Ular sanitariya xonalari, savdo-sotiq binolari va sh.k.larning devorlarini 
qoplashda ishlatiladi. Plitkalarning asosiy kamchiligi yonuvchanligi bo‘lib, olov 
markaziga yaqin joylarda ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Organik shisha (polimetilmetakrilat) shaffof, mustahkam, yorug‘likka chidamli engil 
konstruksion polimer material.
Organik shisha uzunligi 1350 mm gacha, eni 1250 mm gacha va qalinligi 22,3 mm 
listlar sifatida ishlab chiqariladi. U shaffof to‘siqlar, pardevorlar, jamoat va sanoat 
binolarining ustki yorug‘lik fonarlari qurilishida ishlatiladi.
Polimerbetonlar kompozitsion material bo‘lib, polimer bog‘lovchi, kukun, mayda va 
yirik to‘ldirgichlar, qoturuvchi va turli modifikatorlar aralashmasi qotishidan hosil bo‘ladi.
Bog‘lovchi sifati asosan termoreaktiv polimerlar- fenolformaldegidlar, epoksidlar, 
poliefirlar, 
furanlar, 
karbamidformaldegidlar 
ishlatiladi. 
Termoplastlardan 


metilmetakrilatlar, stirol polimeri va boshqalar polimerbetonlar uchun bog‘lovchi sifatida 
qo‘llanilishi mumkin. To‘ldirgichlar polimerbetonlarning ishlatilish muhitiga qarab 
tanlanadi. Polimerbeton kislotali muhitda ishlatilishi mo‘ljallangan bo‘lsa kislotaga 
chidamli to‘ldirgichlar-kvars, bazalt, granit qumi va kvarsit chaqiq toshi, kislotaga 
chidamli g‘ishtning maydasi va sh.k. ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda qotadigan 
atseton-formaldegid polimeri va epoksid smolasi tarkibiga kalsit, dolomit va boshqa 
ishqoriy toshlar asosida olingan to‘ldirgichlarni kiritish mumkin. Polimerbetonlar optimal 
strukturasi hosil bo‘lishida kukun to‘ldirgichlarning tarkibi, xossalari katta ahamiyatga 
ega. Kukun to‘ldirgich sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, marshalit, 
shlak, kullar, fosfogips va boshqalar ishlatiladi.
Fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid smolalari asosidagi polimerbetonlar tannarxi 
arzon va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali qotiruvchi ishtirokida xona 
haroratida qotadi.
Furan polimerlari va ularning epoksid, fenol-formaldegid va boshqa polimerlar bilan 
aralashmalari yuqori konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli polimerbetonlar olishda 
bog‘lovchilar sifatida ishlatiladi. Furanli polimerlar benzolsulfokislota, Petrov kontakti 
kabi kuchli kislotalar muhitida qotadi.
Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar yuqori mustahkamlik, kimyoviy 
muhitlarga universal chidamlilik xususiyatlariga ega.
Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab bo‘lib, ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar asosida 
keltirib chiqarilgan emperik formulalar yordamida amalga oshiriladi. Polimerbeton uchun 
bog‘lovchi sarfi 100-240 kg m3 atrofida bo‘lib, polimer-kukun to‘ldirgich nisbati 1:2-1:4 
orasida bo‘ladi. Polimerbeton qotishini tezlashtirish uchun 40-900S haroratda 6-24 soat 
davomida ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Karbamid-formaldegid singari kuchsiz 
kislotalar va nordon tuzlar ta’sirida tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi 
polimerbetonlarni xona haroratida qotirish mumkin.
Polimerbetonlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130
MPa, cho‘zilishdagi mustahkamligi 6-22 MPa, egilishdagi mustahkamligi 1542 MPa 
bo‘ladi. Ularning sovuqqa chidamliligi /200-/500 va undan ko‘p bo‘lishi mumkin; issiqqa 
bardoshliligi 100-2000S.
Polimerbetonlarning mo‘rtligini yanada kamaytirish uchun plastifikatorlar, 
qotayotganda ichki zo‘riqishini pasaytirish maqsadida galogen va sulfat tuzlari kiritish 
mumkin. Polimerbetonlarning cho‘zilishdagi mustahkamligini oshirish uchun, yoriqlar 
hosil bo‘lishigi bardoshli bo‘lishi uchun tarkibiga asbest, shisha tolasi, bazalt tolasi
boshqa sintetik tolalar kiritiladi.
Polimerbetonlar kamchiligiga yuklama ta’sirida vaqt bo‘yicha deformatsiyalanish 
ko‘rsatkichining yuqoriligi, issiqlik va namlikning almashib ta’sir etishi natijasida eskirishi 
kiradi.
Polimerbeton ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p jixatlari bilan (komponentlarni o‘ta 
aniq dozirovkalash, ularni aralashtirish va sh.k.) kimyo texnologiyasiga yaqin turadi. 
Polimerlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va boshqa modifikatorlar maxsus idishlarda 
saqlanish, dozirovkalash, qorishma tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash 


jarayonida aniqlik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. 
Polimerbeton sexi kuchli shamollatish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishchilar shaxsiy 
himoya vositalari (ko‘zoynak, maxsus kiyim, rezinali qo‘lqop, respirator va h.k.) bilan 
ta’minlanishi zarur.
Polimerbetonlar umuman, boshqa kompozitsion materiallar (sementli beton, asfaltbeton 
va boshq.) bardosh bera olmaydigan muhitlarda ishlatiladi. Ular asosida kimyoviy 
muhitlarga (kislota, ishqor, tuzli va boshqa muhitlar) bardoshli buyum, qism va 
konstruksiyalar tayyorlanadi. Furanli, fenol-formaldegidli polimerbetonlar kislotalar, 
mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladigan korxonalarda, epoksidli, poliefirli polimerbetonlar 
kislotali va ishqorli muhitlarda, sanitariya-texnika buyumlari va qismlari tayyorlashda 
ishlatiladi.
Polimerbetonlar biologik aktiv muhitlarga (achitqilar, bakteriyalar) chidamli bo‘lgani 
uchun biotexnologiya korxonalari, meva-sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar, 
molxonalar va boshqa qurilishlarda ishlatiladi.
2. Polimer pardozlash-bezak materiallari
Pardozlash bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan binolarni ichki tomondan 
bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush izolyasiyasi buyumlari kiradi. Bundan tashqari 
ko‘pchilik to‘suvchi polimer materiallarni ham pardozlash-bezak ishlarida foydalanish 
mumkin. Pardozlash list materiallariga qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar, “poliform”, 
“polidekor” manzarali panellar va boshqalar kiradi.
Qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar avvaldan fenol-formaldegid, karbamid-
formaldegid polimerlari shimdirilgan maxsus qog‘ozni issiq holatda presslab tayyorlanadi. 
Plastik uzunligi 1000-3000 mm, eni 600-1600 mm, qalinligi 1-5 mm o‘lchamlarda list 
ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Plastikning ustki qatlami turli rangda, gulli, bo‘rtma gulli, 
relefli tipografiya usulida tayyorlangan qog‘ozdan yasaladi. Odatda rasm yog‘och (dub, 
yong‘oq, yasen, buk) teksturasini, qimmatbaho toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) 
ko‘rinishini ifodalaydi. Bundan tashqari abstrakt rasmlar ham tushirilgan bo‘lishi mumkin.
Qalinligi 1,6 mm bo‘lgan plastiklar bitum-rezinali, epoksidli, rezorsin-formaldegidli 
elimlar va mastikalar yordamida maxkamlanadi. Bundan qalin plastiklar asosga mexanik 
usulda (mix, shurup vositasida) mahkamlanadi.
Qog‘oz qatlamli plastiklar madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining ichini 
pardozlash va mebel tayyorlashda ishlatiladi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling