Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Tiokolli mastika tiokol pastasi, vulkanlashtiruvchi qo‘shimcha, vulkanlashishni 
tezlashtiruvchi modda va suyultiruvchini, germetiklash ishlari boshlanishidan oldin, 
sinchiklab aralashtirib tayyorlanadi. Mastika vulkanizatsiya jarayoni tufayli bevosita 
choklarning o‘zida qotadi va rezinasimon, elastik germetik (qora rangda) hosil bo‘ladi.
Izol mastikasi rezina kukuni (rezina chiqindisi), bitum, kumaron polimeri, tolali 
dispers to‘ldirgich (masalan, asbest) va antiseptik (antratsen moyi) aralashtirilib 
tayyorlanadi. Izol mastikasi 80-100
0
S haroratgacha qizdirilgan holda va organik 
erituvchilar (ligroin, benzin va sh.k.) qo‘shilib sovuq holda ishlatilishi mumkin.
Qotmaydigan mastikalar poliizobutilen, yumshatuvchi (neytral moylar) va kukun 
to‘ldirgich (ohaktosh, dolomit va sh.k.) asosida tayyorlanadi. Mastika choklarga 
maxsus shpritslar vositasida kiritiladi. Bunda mastika almashinuvchi patronlarga 
joylashtirilgan bo‘lib, elektr isitkichlar bilan ta’minlangan termoshkaflarda isitib 
beriladi.
Elastik qistirmalar zich va g‘ovak chilvir (jgut) ko‘rinishida rezina, poliuretan, 
sintetik kauchuk asosida ishlab chiqariladi.
Poroizol chiqindi rezina kukuni, yumshatgich, g‘ovak hosil qiluvchi va antiseptik 
asosida chilvir ko‘rinishida tayyorlangan germetik. Poroizol ko‘ndalang kesim 
o‘lchamlari 30x40 mm va 40x40 mm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va diametri 
10-60 mm bo‘lgan chilvirlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Ular vertikal va gorizontal panel choklarini, panel va deraza romlari choklarini va 
boshqa choklarni zichlashtirishda ishlatiladi.
Gernit ustiga suv o‘tkazmaydigan plenka qoplangan g‘ovak elastik chilvir 
ko‘rinishidagi qistirma material. Gernit yonmaydigan polixloropren kauchuk asosida 
olinadi. Gernit qistirmasi uzunligi 3m va diametri 20, 40 va 60 mm o‘lchamlarda 
ishlab chiqariladi.


Gernit suv o‘tkazmaydi va atmosfera muhitiga chidamli bo‘ladi. Uning suv 
shimuvchanligi 48s davomida massa bo‘yicha 0,4% tashkil qiladi. Gernitning nisbiy 
uzayishi yuqori bo‘lganligi sababli harorat va kuchlanishdan hosil bo‘ladigan 
deformatsiyalar ta’siriga chidamli bo‘ladi va uzoq muddat xizmat qiladi.
Germetik qistirmalar ichi to‘la va ichi bo‘sh turlarga bo‘linadi. Ichi bo‘sh qistirma 
germetiklar choklarga quyilgan, ularda vakuum hosil qilish mumkin. Bir tomonini 
kesish natijasida qistirma orasiga havo kiradi va germetik bo‘shliq devorlariga kuch 
bilan yopishib zichlashadi.
Profillangan germetiklovchi buyumlar polivinilxloriddan ekstruziya usulida 
tayyorlanadi. Ular turli ranglarda va turli ko‘ndalang kesimli bo‘lishi mumkin.
Polivinilxlorid germetiklar choklarni yaxshi berkitadi, ob-havo ta’siriga, 
deformatsiyalanishga bardoshli bo‘ladi. Ular bezak ishlarini olib borishda ham 
ishlatilishi mumkin.
CHoklarga germetiklarni kiritishdan avval choklar yaxshilab tozalanishi, panel va 
bloklar burchaklaridagi beton va qorishma qoldiqlari olib tashlanishi kerak.
Germetizatsiya ishlarini olib borishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish 
kerak. Mastikalarni tayyorlash, saqlash va ishlatishda olovdan ehtiyot qilish zarur. 
Ishchilar rezina qo‘lqoplar, maxsus kiyim va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan 
ta’minlanishi kerak.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling