Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
Betonpolimerlar beton buyum va konstruksiyalarni polimerlarda shimdirib olinadi.
Ma’lumki, beton strukturasida kontraksion va texnologik mikro va makro g‘ovaklar, bo‘shliqlar, mikroyoriqlar va mikrokanallar mavjud bo‘lib, betonning mustahkamligiga, zichligiga va ekspluatatsiya xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zich to‘ldirgichlar asosida olingan betonda 8-20% g‘ovaklik bo‘ladi. Ushbu g‘ovaklikni qisman yoki butunlay polimerlarda shimdirish usuli bilan to‘ldirish betonning xossa va xususiyatlarini keskin yaxshilashga olib keladi. Betonni shimdirish uchun termoplastik (metilmetakrilat, stirol va sh.k.) va termoreaktiv (epoksid, poliefir, atseton-formaldegid va sh.k.) polimerlar va ular asosidagi kompozitsiyalar ishlatiladi. Bundan tashqari beton PVA emulsiyasi, SGS-65 GP lateksi va boshqa polimerlar bilan ham shimdirilishi mumkin. Betonni shimdirish usulida modifikatsiyalash murakkab texnologiya hisoblanib, quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: beton buyumni tayyorlash; 105-110 0 S haroratda 10-20 s davomida turg‘un massagacha quritish; vakuum yoki bosim ostida betonni polimerga shimdirish; harorat ta’sirida yoki kimyoviy usulda polimerni beton g‘ovaklarida qotirish. Beton polimerga shimdirilganda siqilishga mustahkamligi 2-10 marta, cho‘zilishga mustahkamligi 3-10 marta ortadi. Betonpolimerlarning suv o‘tkazmasligi, korroziya muhitlariga bardoshliligi, sovuqqa chidamliligi (5000 sikldan ham yuqori) keskin oshadi. Betonni polimer bilan shimdirishdagi samaradorligi polimerlarning shimilish chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonpolimerlar kimyo va metallurgiya sanoati qurilishida, kimyoviy muhitlarga chidamli pollar, poydevorlar, kollektor va drenaj quvurlari tayyorlashda va boshqa joylarda ishlatilishi mumkin. Tom qoplama plitalarini bir tomondan 10-15 mm gacha polimerlarda shimdirish juda yaxshi samara beradi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling