Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Kazeinli bo‘yoqlar kazein, pigment, bo‘r, ohak va bura aralashmasini qurilish 
maydonida qaynoq suvda eritib olinadi. Bo‘yoq tarkibiga kiritilgan ohak uning suvga 
va atmosfera muhitiga chidamliligini oshiradi.
Pastali bo‘yoqlar. Pastali bo‘yoq tarkiblari sintetik smola yoki polimerlarning 
suvdagi dispersiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi.
Bo‘yoq tarkibiga kukun to‘ldirgich sifatida sement, gips, gipssement, 
gipssementputssolan va boshqalar ishlatiladi. Masalan, “Defas” pastasi tarkibi VD-
VA-17 markali polivinilatsetat bo‘yog‘i, kvars qumi va marshalit asosida olinadi.
Bino va inshootlarni bezashda pastali bo‘yoqlar asosida bir yo‘la 1000 mkm 
qalinlikdagi qoplamalar olish mumkin. Pastali bo‘yoqlar bilan binolar bezatilganda 
suvoqchilik ishlariga zarurat bo‘lmasligi mumkin. Pastali bo‘yoqlarni yuzalarga 
surkash yoki sepishni to‘la ravishda mexanizatsiyalashtirish imkoniyati bor.
Kukun bo‘yoqlar. Kukun bo‘yoqlar qattiq polimerlar, o‘ta mayda to‘ldirgich, 
pigmentlar va modifitsirlovchi maxsus qo‘shimchalardan iborat dispers quruq 
qorishmalardir. Ularning dispersligi 10-100 m
2
kg oralig‘ida bo‘lib, o‘ta 
sochiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Kukun bo‘yoqlar tomchi-suyuq holatidan 
quruq eritma holatiga maxsus apparatlar vositasida o‘tkaziladi.
Kukun bo‘yoqlar yuzalarga surtilganda monotilizatsiyalanadi, ya’ni material 
zarrachalari birlashib va qotib kimyoviy muhitlarga chidamli qoplama hosil qiladi. 
Bog‘lovchi sifatida termoreaktiv (epoksid, poliefir, poliuretan) va termoplastik 
(polietilen, polivinilxlorid, poliamid) polimerlar ishlatiladi. Quruq bo‘yoq 
qorishmalari keng oraliqdagi haroratda va vaqt davomida shakllanadi.


Himoyalanuvchi yuzaga quruq bo‘yoq tarkiblari maxsus pistolet yordamida 
qizdirilgan holda qoplanadi.
Kukunli bo‘yoqlar yuqori mustahkamlik, zichlik, suv va korroziya muhitiga 
chidamlilik bilan oddiy bo‘yoqlardan farqlanadi. Hozirgi kunda quruq bo‘yoq tarkiblar 
rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Ularni tashish, saqlash tejamli, ishlatish 
esa juda qulaydir.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling