Referat mavzulari ro’yxati
Suvli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilar
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kazein elimi
- 3.2 Pigmentlar va to‘ldirgichlar
Suvli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilar mineral, hayvon va o‘simliklardan
olinadigan elimlar asosida bo‘ladi. Mineral bog‘lovchilar sifatida portlandsement, ohak, suyuq shisha va boshqalar ishlatiladi. Odatda oq va rangli sementlar ishlatiladi. Ohak va silikat bo‘yoqlar bilan binolarning fasadi va ichki tomoni bo‘yaladi. Elimlar. Hayvonot dunyosi chiqindilari va o‘simliklardan tayyorlanadigan sun’iy va sintetik elimlar suvli bo‘yoq tarkiblar olishda ishlatiladi. Hayvon elimi suyak va mezdra (go‘shtparda) elimiga bo‘linadi. Elim plitka, donachalar va kukun holda ishlab chiqariladi. Elim nam tortib buzilmasligi uchun quruq joyda saqlanadi. Kazein elimi- kazein, so‘ndirilgan ohak va mineral tuzlar aralashmasidan iborat bo‘lib, suv bilan massaga ko‘ra 1:2 nisbatda aralashtirilganda bir jinsli eritma hosil bo‘ladi. Kazein elimi gruntlash va shpaklevka tarkiblari tayyorlash uchun ishlatiladi. O‘simlik elimi kraxmal, dekstrin, un va o‘simlik ildizlari quritilgan qismlarini qaynoq suvda qorishma holda tayyorlanadi. Elim bo‘yoq, grunt, shpaklyovka tarkiblari olishda, gulqog‘ozlarni elimlashda ishlatiladi. Sintetik elim natriyli karboksilmetilsellyuloza (KMS) va metilsellyuloza smolalarning suvdagi qorishmasidan tarkib topgan. Ular elimli va mineral bo‘yoqlar tayyorlashda, gul qog‘ozlarni elimlashda ishlatiladi. Polivinilatsetat emulsiyalari polivinilatsetat polimerini suvdagi yoki suv-spirtdagi suyultirilgan elimlari bo‘lib, ular asosida mastika va shpaklevka tarkiblari tayyorlanadi. Moyli emulsiyalar olifdan, ohak sutidan va hayvon elimi eritmasi va boshqalar asosida maxsus apparatlarda olinadi. Emulsiya bevosita ishlatilishdan avval tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. 3.2 Pigmentlar va to‘ldirgichlar Pigmentlar bo‘yoq tarkiblariga rang berish, fizik-mexanik xossalarini yaxshilash, atmosfera va korroziya muhitiga bardoshliligini oshirish maqsadida qo‘shiladi. Pigmentlar suvda, moyda va boshqa erituvchilarda erimaydigan quruq kukun holdagi dispers sistemalardir. Ular bo‘yoq tarkiblarga rang berishdan tashqari kukun to‘ldirgich vazifasini ham o‘taydi. Pigmentlar kelib chiqishiga ko‘ra mineral va organik, olinishiga nisbatan tabiiy va sun’iy klasslarga bo‘linadi (12.2-jadval). Tabiiy mineral pigmentlar tabiiy tog‘ jinslarini, tuzlarni kukun holatgacha maydalab, elab olinadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling