Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Asbestsement buyumlar
- Asbotsement xom ashyo materiallari Portlandsement.
Nazorat savollari
1. Avtoklav nima va unda ishlov berishda qanday kimyoviy jarayonlar yuz beradi? 2. Silikat g‘ishti xom ashyosi tayyorlanishi va xossalari xaqida aytib bering. 3. Ko‘pik silikat va gaz silikat haqida gapirib bering. 4. Gips asosidagi buyumlar to‘g‘risida aytib bering. 5. Gips qoplama listlar nima? 21- MAZVU: ASBESTSEMENT BUYUMLAR Reja: 1. Asbestsement buyumlar. 2. Magnezial bog‘lovchilar asosidagi buyumlar 3. Akvapanel – sementli plitalar. 1. Asbestsement buyumlar Asbotsement sement, asbest (sement massasiga ko‘ra 10-20%) va suv aralashmasining qotishidan hosil bo‘lgan sun’iy kompozitsion qurilish materialidir. Asbotsement tarkibida sement bog‘lovchi matritsa, asbest esa dispers tolasimon armatura karkasi vazifasini bajaradi. Hosil bo‘lgan kompozit yuqori mustahkamlik, olovbardoshlik, suv o‘tkazmaslik, issiqlik izolyasiyasi, elektr o‘tkazmaslik va atmosfera muhitiga chidamlilik xususiyatlariga ega bo‘ladi. Oxirgi vaqtda asbest tolasi konserogenlik xususiyatiga ega degan taxminlarga asoslanib ba’zi rivojlangan mamlakatlarda ular asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish ta’qiqlab qo‘yildi. Ikkinchi taxminga ko‘ra bu ovozalar raqobatli firmalar orasidagi dunyo bozorini egallash yo‘lidagi tadbir deb qaraladi. Bu ikki qarama-qarshi fikrlar yuzasidan muayyan tadbirlar olib borilmoqda. Asbotsement xom ashyo materiallari Portlandsement. Asbotsement buyumlar ishlab chiqarishda M400 va M500 markali portlandsement, bezak materiallar olishda oq va rangli sementlar, buyumlar avtoklavda ishlov berilganda portlandsement va kvars kukuni aralashmasi ishlatiladi. Buyum tayyorlashda alitli sementlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Sement tarkibida uch kalsiyli silikat 52% kam bo‘lmasligi uch kalsiyli alyuminat 8% ko‘p bo‘lmasligi kerak. Sementning maydalik darajasi 2900-3200 sm 2 g disperslikda bo‘lishi zarur. Qum kukunli portlandsement, portlandsement klinkeri, kvars qumi (45% gacha) va gips aralashmasini kukun xolatigacha maydalab tayyorlanadi. Qum kukunli portlandsement bog‘lovchisining maydalik darajasi 32003600 sm 2 g bo‘lishi kerak. Sement tarkibida tez eriydigan ishqorlar miqdori 0,3% oshmasligi shart. Asbest. Asbest tabiiy tolasimon material bo‘lib, suvli va suvsiz magniy silikati, ba’zi turlarida kalsiy silikati va natriy silikatidan iborat bo‘ladi. Asbotsement materiallar ishlab chiqarishda xrizotil-asbest (3 MgO . 2SiO 2 x2H 2 O) ishlatiladi. Asbestning bu turi umumiy asbest ishlab chiqarishning 95% tashkil qiladi. Asbest tolasining diametri 1 mkm, lekin asbest toshi gidromexanik usulda ezg‘ilanganda o‘rtacha 0,02 mm tolalari hosil bo‘ladi. Asbest tolalari 600-800 MPa mustahkamlikka, egiluvchanlik xususiyatlariga ega. Sement toshi tarkibiga 10-20% asbest tolalari kiritilsa, uning egilishidagi cho‘zilish mustahkamligi 3-5 marta yuqori bo‘ladi va zarbiy mustahkamligi oshadi. Asbest 8 navda (0 dan 7 gacha) va 42 markada tovar holida ishlab chiqariladi. YUqori navli asbestlarning tolasi uzun bo‘ladi. Asbotsement buyumlar ishlab chiqarishda qisqa tolali asbest-3,4,5 va 6 navli, tola uzunligi 0,3-10mm bo‘lgan turlari ishlatiladi. Asbotsement buyumlar olishda asbest (10-15%), qisman bazalt shisha yoki shlak mineral paxtasi bilan almashtiriladi. Xususiy hollarda nebelenli sellyuloza, ikkilamchi kraft-sellyuloza, qog‘oz makulaturasi, yog‘och tolasi va boshqa sintetik tolalar ishlatilishi mumkin. Suv. Asbotsement ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan suv tarkibida organik moddalar, loysimon aralashmalar, tuz eritmalari bo‘lmasligi kerak. Sizot, botqoq, dengiz suvlarini ishlatish mumkin emas. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling