Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Nazorat savollari 
1. 
Avtoklav nima va unda ishlov berishda qanday kimyoviy jarayonlar yuz beradi?
2. 
Silikat g‘ishti xom ashyosi tayyorlanishi va xossalari xaqida aytib bering.
3. 
Ko‘pik silikat va gaz silikat haqida gapirib bering.
4. 
Gips asosidagi buyumlar to‘g‘risida aytib bering.
5. 
Gips qoplama listlar nima? 
 
 


22- MAVZU: BITUM VA QATRON BOG’LOVCHILARNING ASOSIY 
XOSSALARI. BITUM VA QATRON BOG’LOVCHILAR VA ULAR ASOSIDAGI 
BUYUMLAR. 
 
Bitumli va qatronli bog‘lovchilar bino va inshootlar qurilishida qadimdan ishlatib 
kelingan. Tabiiy bitum va qatronlar binolarning er osti qismini, yog‘och 
konstruksiyalarni gidroizolyasiya qilishda, bandargohlar inshootlarini dengiz sho‘r 
suvlaridan himoyalashda va boshqa joylarda ishlatilgan. Bunday bog‘lovchilar 
ishlatilgan joylar Misr, Vavilon, Gretsiya, Markaziy Osiyo qadimgi shaharlarida 
arxeologlar tomonidan topilgan. XIX asr o‘rtalaridan boshlab neft qazib chiqarish 
rivojlangach, neft bitumlari olish va ular asosida turli qurilish materiallari ishlab 
chiqarish kengaygan.
Bitumli materiallarga tabiiy bitumlar, asfalt jinslari, neft (sun’iy) bitumlari va 
gudron kiradi.
Tabiiy bitumlar-qovushoq suyuqlik yoki qattiq moddalar bo‘lib, uglevodorod 
birikmalari va nometall hosilalar aralashmalaridan iboratdir.
Tabiiy bitumlar neftni er qatlamlarida tabiiy oksidlanishi (polimerlanishi) natijasida 
hosil bo‘lgan; rangi qora yoki to‘q jigar rang bo‘ladi. Ular neft konlari atrofida toza 
holda er osti ko‘llari va linzalari sifatida hamda ko‘p xollarda cho‘kindi tog‘ jinslariga 
(ohaktoshlar, qumtoshlar) shimilgan holatda uchraydi. Tabiiy bitum kamchil va narxi 
qimmat bo‘lgani uchun qurilishda bitum loklari sifatida ishlatilishi mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling