Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi
Asbotsement buyumlar xo‘l, yarim quruq va quruq usullarda ishlab chiqariladi. Xo‘l
usulda buyum tarkibida 8-16% asbest va sement va 92-84% suv bo‘lgan
suspenziyasini qoliplab olinadi. YArim quruq usulda buyum tarkibida 20-40% suv
bo‘lgan qaymoqsimon massani qoliplab tayyorlanadi. Quruq usulda buyum tarkibida
12-16% suv bo‘lgan asbotsement massasini qoliplab olinadi.
Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi operatsiyalardan
iborat: asbest shixtasini tayyorlash, asbestni ezib hurpaytirish, sement va asbest va suv
aralashmasini tayyorlash, buyumni qoliplash, qotirish, mexanik ishlov berish.
Asbest shixtasi bir-necha navli asbestlarni optimal zichlikdagi, suv ushlashlik
xususiyati yuqori bo‘lgan massa hosil qilish uchun tayyorlanadi.
Asbestni xurpaytirish ikki bosqichda amalga oshiriladi: begun yoki valikli
mashinalarda ezg‘ilash, so‘ngra ezilgan asbestni gollenderlar yoki gidromexanik
uskunalar vositasida xurpaytirish. YArim quruq va quruq usullarda asbest
dezintegratorlar yordamida xurpaytirilishi mumkin.
Asbotsement qorishmasini tayyorlash buyumlar ishlab chiqarish usullariga ko‘ra
turli uskunalarda amalga oshiriladi.
Asbotsement suspenziyasi gollenderlar yoki turboqorgichlarda tayyorlanadi. Bunda
gidravlik usulda xurpaytirilgan asbest suspenziyasi, sement va qo‘shimcha suv (97-
86% suv suspenziya tarkibida) birgalikda aralashtiriladi. YArim quruq usullarda
asbotsement qorishmalar ikki bosqichda aralashtirib olinadi: avval quruq
komponentlar qorgichida, keyin davriy ishlaydigan betonqorgichda suv qo‘shib
tayyorlanadi.
Buyumlarni qoliplash asbotsement massa tarkibidagi ortiqcha suvni zichlashtirib
chiqarib yuborish va buyumga zaruriy shakl va o‘lcham berishdan iboratdir. Ho‘l
usulda listli buyumlar tayyorlash silindrsimon plastik asbotsement yarimfabrikatlarni
dumaloq turli mashinalarda olinib, so‘ngra press yoki to‘lqin hosil qiluvchi
moslamalar vositasida presslab yoki to‘lqin berilib amalga oshiriladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |