Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Nazorat savollari 
1.Qurilish qorishmalari qanday klassifikatsiyalanadi?
2. 
Qorishma aralashmasining asosiy xossalarini aytib bering.


3. 
Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering.
4. 
G‘isht-tosh terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar harakatchanligi 
haqida nimalarni bilasiz? 
18- MARUZA: QURILISH QORISHMALARI 
Reja: 
1. 
G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalar.
2. 
Pardozlash qorishmalari
3. 
Maxsus qorishmalar
4. 
Quruq qorishmalar
5. 
Qorishmalarni tayyorlash va tashish
G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari 
Bino va inshootlarda g‘isht-tosh terishda va zavodda tayyorlangan yig‘ma 
temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda sementli murakkab qorishmalar turli 
markalarda ishlatiladi (8.3.2 bo‘lim).
G‘isht-tosh terishga mo‘ljallangan qorishmalarning harakatchanligi ularning 
ishlatilish sohasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha bo‘ladi: keramik g‘isht, 
beton, tosh va g‘ovak tabiiy toshlar terish uchun 9-13sm, kovakli g‘isht, keramik 
toshlar terish uchun 7-8sm, devorlarni beton bloklar va panellardan montaj qilishda 
gorizontal choklarni to‘ldirish uchun 5-7sm, xarsang tosh va bloklarni terish uchun 4-
6sm, ular oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun 13-15 sm. Demak, zich materiallar terilsa 
harakatchanligi 
yuqori qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Qorishmaning harakatchanligini belgilashda teriladigan materiallarning namligini ham 
hisobga olish kerak.
Qurilish qorishmalarining tarkiblari misol tariqasida 18.1 jadvalda keltirilgan.
18.1-jadval  
G‘isht-tosh terishda va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‘yicha)  
Sement
markasi 
Qorishmalar uchun tarkiblar
200
150
100
75
50
Sement-ohakli qorishmalar 
500
400
300
200
1:0,2:3 
1:0,1:2,5 

-
1:0,3:4 
1:0,2:3 
1:0,1:2,5 

1:0,5:5,5 
1:0,4:4,5 
1:0,2:3,4 

1:0,8:7 
1:0,5:5,5 
1:0,3:4 
1:0,1:2,5 

1:0,9:8 
1:0,6:6 
1:0,3:4 
Sementli qorishmalar 


500 
400 
300 
200 
1:3 
1:2,5 


1:4 
1:3 
1:2,5 

1:5,5 
1:4,5 
1:3 

1:6 
1:5,5 
1:4 
1:2,5 

- 1:6 
1:4 
Quruq issiq iqlim sharoitida qorishmaning suvsizlanmasligini ta’minlash zarur. 
Zavodda tayyorlangan qorishma tashilayotganda va qurilish maydonida vaqtincha 
saqlanganda suvning bug‘lanishini oldini oladigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, qorishmani yopiq idishda saqlash, to‘kma 
holatda bo‘lsa o‘rama materiallar bilan berkitish va sh.k. usullardir. Qorishma material 
ustiga yoyilganda tezda qurib qolmasligi uchun ularni namlash tavsiya etiladi.
Qish mavsumida g‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari isitilgan holda ishlatilishi 
tavsiya etiladi. Bunda tayyorlangan qorishma yoki qorishma komponentlari (suv, 
sement va qum yoki qum) bug‘ yoki elektrotenlar yordamida 60-80
0
S haroratgacha 
isitiladi.
Yirik uysozlik panellarni montaj qilishda sement-qum pastasi (1:1 nisbatda 
portlandsement va qum) ishlatiladi. Sement-qum pastasi 28 sutkada 400 marka 
mustahkamlikka erishadi.
Qorishmalar va pastaning muzlash haroratini pasaytirish uchun tarkibiga kalsiy 
xlorid, natriy xlorid, natriy nitrati kabi tuzlarning 5% suvdagi eritmasi ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalarini zavodda quruq holda tayyorlash, maxsus 
qorishma tashuvchi va qoruvchi avtomashinalardan foydalanish rusum bo‘lmoqda.
Pardozlash qorishmalari 
Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak, ohak-gips, 
gipssementputssolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi.
Pardozlash qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzarali 
qorishmalarga bo‘linadi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq 
qorishmalariga bo‘linadi.
G‘isht-tosh va beton asosida qurilgan bino va inshootlarni tashqi tomondan suvash 
uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim sharoitida 
yog‘och yuzalarni suvashda ohak-gipsli qorishmalar ishlatilishi mumkin.
Doimo nam va suv ta’sir etadigan binolarning sokol, karniz va boshqa qismlarida 
tarkibiga gidrofob moddalar qo‘shilgan sementli va sementohakli qorishmalar ishlatish 
maqsadga muvofiqdir.
Xonalar havosining nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda binolar ichki devorlari va 
qavatlararo yopmalarni suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va sement-ohakli 
qorishmalar ishlatiladi.
Suvoq qorishmalarining harakatchanligi standart konusning cho‘kishi chuqurligi 
bilan aniqlanadi.
Mexanizatsiyalashtirilgan usulda suvashda ichki qatlam uchun qorishma 
harakatchanligi 6-10 sm ni, qo‘l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi.
Bunda qumning eng yirik donasi 2,5 mm oshmasligi kerak.


Pardozlash qatlamining harakatchanligi 8-12 sm bo‘lishi kerak. Bu qorishmalarda 
qumning eng yirik donasi 1,25 mm bo‘ladi.
Manzarali qorishmalar binolarni tashqi va ichki tomondan bezashga mo‘ljallangan. 
Manzarali qorishmalar asosida devor panellari va yirik bloklarning sirtqi yuzalarini 
zavodning o‘zida pardozlash, shuningdek qurilish maydonlarida bino fasadlarini 
pardozlash mumkin.
Turarjoy va jamoat binolarining ichki devorlarini pardozlashda ham manzarali 
qorishmalar ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar olishda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va oddiy 
portlandsementlar, binolarning ichki devorlari uchun esa ohak va gips ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida toza kvars qumlari, 
granit, marmar, ohaktosh, xarsangtosh va boshqa oq va rangli tog‘ jinslarini maydalab 
olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma tarkibiga bezash faolligini oshirish 
maqsadida ozgina miqdorda slyuda, vermikulit, perlit, shisha maydasi kiritiladi. Ichki 
bezakda pardoz qatlamiga dekorativ ko‘rinish berish uchun rangli polimer donachalar 
ham qo‘shilishi mumkin.
Manzarali qorishmalarga rang berish uchun ishqor muxitiga chidamli va quyosh 
nuriga bardoshli tabiiy va sun’iy pigmentlar (lazur, ultramarin,oxra,temirli surik, 
mo‘miyo va boshq.) ishlatiladi.
Temirbeton panellarni pardozlash uchun kamida 150 markali, engil betonlardan 
tayyorlangan panellarni pardozlash hamda binolarning fasadlarni suvash uchun 50 
markali qorishmalar ishlatiladi.
Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamliligi kamida /35 markada bo‘lishi 
kerak. Qorishmaning massa bo‘yicha suv shimuvchanligi 8% oshmasligi zarur. Yirik 
panellar va bloklarni zavodda manzarali qorishmalar asosida fakturali ishlanishi 
tavsiya etiladi.
Buning uchun rangli metallar, plastik va shishaplastik relefli matritsa joylashtirilgan 
qoliplar ishlatiladi. Qorishma yuzasini abraziv disklar va boshqa usullarda ishlov 
berish qorishma qotgandan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.
Maxsus qorishmalar 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling