Referat mavzulari ro’yxati


 Qurilish qorishmalarining xossalari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

3. Qurilish qorishmalarining xossalari 
 
Qulay joylanuvchanlik. Qorishmaning qulay joylanuvchanligi yuzada bir jinsli 
yupqa qatlam bo‘lib quyilish xususiyati tushiniladi. Qorishma aralashmasining qulay 
joylanuvchanligi harakatchanlik darajasiga va suv ushlashlik xususiyatiga bog‘liq 
bo‘ladi. Qorishma aralashmasining harakatchanligi massasi 300 g li o‘tkir burchagi 30
0
bo‘lgan metall konusning qorishmaga botish chuqurligi bilan aniqlanadi (1-rasm).
1-rasm. Qorishma aralashmasining harakatchanligini aniqlash uchun standart 
konus asbobi  
1-shtativ; 2 va 3-ushlagichlar; 4-prujinali tugma; 5-siljiydigan sterjen; 6-konus; 7-
siferblat; 8-qorishma aralashmali idish.
Konus uchi qorishma yuzasiga tekkiziladi va prujinali tugma bo‘shatiladi. Bunda 
konus qorishma ichiga botadi. Botish chuqurligi qorishmaning quyuqligiga bog‘liq 
bo‘lib, qorishma suyulgan sari konus chuqurroq cho‘ka boshlaydi. Qorishmaga 
konusning cho‘kishi (SM) uning harakatchanligini ifodalaydi. Qorishmaning 
harakatchanligi sement va boshqa mineral bog‘lovchilarning turiga,mayda to‘ldirgich 
va mineral qo‘shimchalarning dispersligiga va suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishma tarkibida suv miqdorini ko‘paytirish hisobiga harakatchanligini 
istalgancha oshirish mumkin, ammo suv miqdorining oshirilishi qorishma 
mustahkamligiga va sovuqqa chidamliligiga, qolaversa, qorishma aralashmalarining 
qatlamlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv miqdorini oshirmasdan harakatchan 
qorishmalar tayyorlash uchun tarkibiga plastifikatsiyalovchi polimer qo‘shimchalar 
kiritish tavsiya etiladi.
Qurilish qorishmasi aralashmasining harakatchanligi ishlatilish sohasi, qishki va 
yozgi sharoitlarga moslab belgilanadi.
Suv ushlashlik xususiyati qorishma aralashmasining g‘ovakli asosga yotqizganda 
suvni saqlash va tashish jarayonida qatlamlanmaslik xossasiga aytiladi.


Qorishma aralashmasining suv ushlashlik xossasi aktiv mineral kukunlar yoki 
polimer strukturali adsorbentlar (gelpolimerlar va boshqalar) qo‘shilib oshiriladi.
Bunday moddalar qo‘shilgan qorishmalar g‘ovak asoslarga (g‘isht, beton va
sh.k) asta-sekinlik bilan suvni beradi va zichligi, mustahkamligi oshadi.
2 Qurilish qorishmasining asosiy xossalari 
Qorishmaning asosiy xossalariga mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi kiradi. 
Zarurat bo‘lganda qorishmaning asosga yopishishi va deformativ xususiyatlari 
(kirishishi, elastiklik moduli va sh.k) aniqlanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling