Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
1-LABORATORIYA ISHI Laboratoriya ishlarini bajarishda texnika va mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarish bo’yicha instruktaj o’tkazish Laboratoriyada ishlaydigan har bir xodim va talabalar III-4-86 “Qurilish meyorlari va qoidalari”dagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari shart. Bundan tashqari har bir laboratoriya uchun o‘quv yurtining maxsus buyrug‘iga asosan texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlanib, har bir xodim va talabalar shu qo‘llanma bo‘yicha texnika xavfsizligi bo‘yicha saboq olishlari va saboq olganligi haqida laboratoriyadagi texnika xavfsizligi daftariga o‘zlarining imzolarini qo‘yishlari shart. Laboratoriyadagi hamma jihozlarga ishlashi bo‘yicha texnika xavfsizligi talablariga javob berishini laboratoriya xodimlari ta’minlashi kerak. Laboratoriyadagi jihozlar quyidagi texnika xavfsizligining talabalariga javob berishlari kerak: laboratoriyada ishlash vaqtida xodim va talabalar elektr tokidan, mexanik kuchdan, yuqori haroratdagi issiqlikdan va sovuqdan, yuqori bosimdan, yonuvchi materiallardan va kimyoviy moddalardan foydalanishdagi texnika xavfsizligi bilan tanish bo‘lishlari bilan birga quyidagi qoidalarga rioya qilishlari shart: - Mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismi muhofaza qilingan bo‘lishi; - Yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari (220, 380 volt) yaxshi, nuqsoni bo‘lmagan elektr o‘tkazish simlari bilan jihozlanib, ochiq simlar bo‘lmasligi; - Yuqori bosim bilan ishlaydigan jihozlar bosimni tartibga solib turuvchi qurilmalar, relelar bilan jihozlangan bo‘lishi; - Yuqori haroratda ishlaydigan pech va quritish qurilmasiga sinaluvchi materiallari solish va olish uchun maxsus qisqichlar bo‘lishi; 193 - Tez yonuvchi moddalar (benzin, benzol, kerosin va hk.) sovuq joylarda saqlanishi; - Isitish qurilmalari o‘tga chidamli materiallarda turishi ; - Ichki alanga bilan ishlaydigan jihozlar muhofaza qilingan bo‘lishi ta’minlanishi; - Elektr tokida ishlaydigan hamma jihozlar yerga ulangan bo‘lishi; - O‘t o‘chirish uchun qum va gazli o‘t o‘chirgichlar, tez yordam aptekasi bilan ta’minlangan bo‘lishi; - Bog‘lovchilarning xossalarini o‘rganishda sement, ohak va gips loyining qoldig‘ini chiqindi suv tarmog‘iga (kanalizatsiyaga) to‘kmaslik kerak, buning uchun laboratoriyadagi maxsus idishdan foydalanilsin; - Ochiq alangada faqat sopol, metall va kvarsdan tayyorlangan idishdan foydalanilsin; - O‘tga chidamli shisha idishda moddalarni qizdirish uchun qumli idishdan, asbest matodan yoki suv bug‘idan foydalanilsin; - Pech va quritish qurilmasidan narsalarni olish va quyishda maxsus qisqichlardan foydalanishni bilish; - Kimyoviy moddalardan foydalanishning tartibini bilish; - Har qanday jarohat olgan odamga birinchi yordam ko‘rsata olishni bilish; - Agar alanga chiqib yong‘in bo‘lsa, uni qanday o‘chirish qoidalarini va o‘t o‘chirish asboblaridan foydalanishni bilish kerak; - Laboratoriya ishlari tugagandan keyin ishlatiladigan hamma elektr asboblarini, gazni, suvni o‘chirib laboratoriya xonasining kalitini bino qorovulida qoldirish kerak; - Agarda uzoq muddatga ishlaydigan jihozlar bo‘lsa nazoratchilar qoldirish kerak; - Laboratoriyada ishlaydigan har bir xodim yoki talaba yuqorida keltirilgan talab va qoidalarga rioya qilishga majburdirlar. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling