Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

2-LABORATORIYA ISHI 
Yog’och qirindili plitalar va Yog’och tolali plitalar namunalarini sinash uchun 
tayyorlash
 
1. Ishdan maqsad 
Laboratoriya ishidan maqsad yog’och qirindili plitalar va yog’och tolali
plitalar bilan tanishish, tuzilishini aniqlash, asosan uning tajriba ishlarini olib borishda 
plitalardan namuna olishning davlat standartlari talablari asosida amalga oshirish. 
Uslubiy qo‘llanma yordamida YOQP va YOTPlarnig tuzilishi, keyingi 
tajribalarda namligi, suv shimuvchanlig, mustahkamligi va boshqa xususiyatlarini 
aniqlash mumkin. 
2. Yog’och qirindili plitalar tuzilishi. 
YOQPlarning fizik -mexanik ko’rsatkichlari ikki turga bo‘linadi: 
R 1 – quruq sharoitda umumiy foydalanish uchun; 
R 2 – quruq sharoitda ichki binolarda (Shu jumladan mebel ishlab chiqarishda) 

YOQP lar tashqi ko’rinishi ko’rsatkichlariga ko’ra 1- chi va 2- chi navlarga 
ajratiladi. 
Plitalar yuzasinig ishloviga ko’ra silliqlangan (shlifovannie) SH va 
silliqlanmagan (neshlifovannie) NSH ga bulinadi. 
Plitalar tarkibidagi formaldegidning havoda ajralib chiqishiga ko’ra 3 emissiya 
sinfga bo’linadi: E 0.5; E 1 va E 2 . 


194 
Plitalar o’lchami 10632 – davlat standartiga asosan 3500 mm x1750 mm x16 
mm. 
3.Tajriba ishini bajarish uchun kerakli material va asboblar: 
YOQPlar, shtangensirkul, arra yoki lobzik. 
4.Tajriba ishini bajarish tartibi. 
3500 mm x1750 mm x16 mm li o‘lchamli plitadan namunalar olish davlat 
standarti talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Ya’ni tanlangan 
plitaning tashqi qirralaridan shtangenserkul yordamida har tomonidan 200 mm 
o‘lchanadi va o‘lchanib chizilgan plita ichki tomonidan namunalar kerakli 
o‘lchamlarda shaxmat usulida (oq yoki kora kataklarida) tanlanadi va arra, lobzik 
yordamida qirqilib namunalar tayyorlanadi. Bu erda YOQPlarning namligi, suv 
shimuvchanli, shishishini aniqlash kabi tajribalar uchun o‘lchami 100x100(-+2) mm 
lik, egilishga sinash tajribalari uchun 50 mm x 550 dan to 800 mm gacha namunalar 
olinadi.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling