Referat mavzulari
Turar joy va jamoat binolari gigienasi
Download 5.99 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi turar joylarini rejalashtirish gigienasi
- TEST SAVOLLARI
Turar joy va jamoat binolari gigienasi Vaziyatli masalani echish bo‘yicha namuna 120 o‘ringa mo‘ljallangan terapevtik bo‘lim rejalashtirilganda shovqindan himoyalovchi to‘siklar ko‘zda tutilmagan. Shovqindan SHM o‘rnatilgan. Shifoxona yo‘l yoqasida joylashgan. Bu ko‘chadan xar soatda 500tadan ortiq avtotransport o‘tadi. Tovush bosimining oktava darajasi va tovush darajasi palatada 125 DBa, shifokor xonasida 136 DBa ni tashkil qildi. Palata va shifokor xonasida tovushning gigienik darajasini aniqlab, agar meyordan yuqori bo‘lsa shovqindan himoya qilish tadbirlarni belgilang. Masalani echish: Kasalxonada shovqining oktava darajasini va tovush darajasini gigienik talablariga javob berishini aniqlash uchun o‘rtacha gеometrik oktava tebranish maydoni (Gs) xisobga olinadi, bu erda (QMQ bo‘yicha) tebranish 63 dan 8000Gs ko‘rsatilgan, QMQ ga asosan shifoxona palatasida tovush bosimining darajasi 25-51 DBa o‘zgaradi, shifokor kabinetida 31-55 DBa. Loyixa bo‘yicha tovush bosimining oktava darajasi va tovush darajasi palatada 125 DBa (QMQ bo‘yicha 55 DBa ). 101 Shundan ko‘rinib turibdiki, palatalar orasida , shifokor xonasi orasida shovqindan himoya qiluvchi moslama o‘rnatilishi talab qilinadi, shu holda shovqining darajasi 45 DBa, o‘rnatiladigan shovqining darajasi 70 DBa ga kamayadi. Davolash muassasasining terapiya bo‘limi va shifokor kabinetini shunday loyixalashtirilganida shovqinning darajasi gigienik meyorlarga to‘g‘ri keladi. Vaziyatli masala № 1 Jarroxlik xonasining orientatsiyasi shimoliy, balandligi 4,5 m; kengligi 5 m; chuqurligi 5,5 m; xonada bitta jarroxlik stoli, konditsioner, nurlanish yo‘li bilan isitish tizimi, suv taminoti va kanalizatsiya bor. Jarroxlik xonasini sanitariya texnik jixozlariga va rejalashtirilganiga gigienik baho bering. Vaziyatli masala.№ 2 Shahardan tashqari maydonda yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurish uchun er maydoni ajratildi. Bosh loyixa bo‘yicha qurilish 17%ni, ko‘kalamzorlashtirish esa 60% ligi ko‘zda tutilgan. Qolgan maydonlar yo‘laklar, kirib- chiqish yo‘llari va kasalxona xo‘jalik hamshirasi uchun turar joy binosiga mo‘ljallangan. Kasalxonani to‘g‘ri rejalashtirilishiga, sanitariya sharoitlariga gigienik baho bering. Vaziyatli masala.№ 3 Yuqumli kasalliklar shifoxonasi loyixalashtirilgan. U erda 30% palatalar bokslardan iborat bo‘lib, imoratning birinchi qavatida joylashgan. Bokslar karovat, tumbochka, sanitariya tarmog‘i, tambur va shlyuz bilan taminlangan. Boksni rejalashtirilganini baholang, tambur va shlyuz nima uchun kerakligini ayting. Vaziyatli masala № 4 Shahar chetidan yuqumli kasalliklar shifoxonasi uchun er maydoni tanlandi. Bosh loyixa bo‘yicha qurilish foizi 18 % ni, ko‘kalamzorlashtirish 50 % ni, qolgan maydon esa yo‘llar, yo‘lkalar, kirish yo‘llarini tashkil etadi.Shifoxonaning rejalashtirilishiga gigienik baho bering. Aholi turar joylarini rejalashtirish gigienasi Vaziyatli masalani echish bo‘yicha namuna Aholisining soni 200 000 bo‘lgan shaharcha yaqinida qora metallurgiya zavodi ishga tushirish rejalashtirildi. Shahar atrofida bu korxonadan tashqari elektrod ishlab chiqaruvchi zavod faoliyat yuritadi. Shahar atrofida yashil o‘simliklarning 10 m qatori mavjud. SHM mintaqasi 100 m tashkil etadi. Shu holat yuzasidan o‘z xulosangizni bering. Masala echish: 1. Qora metallurgiya kombinati uchun tashkil etiladigan SHM San Q va M bo‘yicha ( 0006- 93) 500 m kam bo‘lmasligi kerak. 2. Elektrod ishlab chiqarish zavodi uchun esa SHM-kamida 300 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 1. SHM da tashkil etilgan yashil o‘simliklar 50m dan kam bo‘lmasligi kerak. 2. Qora metallurgiya va elektrod ishlab chiqarish zavodini bir-biriga yaqin joylashtirishdan oldin, atmosfera havosidagi fon konsentratsiyasini aniqlash kerak. Vaziyatli masala № 1 Asaka qishlog‘i atrofiga 5000 ta bosh qoramol saqlash uchun chorvachilik fermasini qurilishi rejalashtirildi. Bu ferma uchun qozonxona, go‘ng saqlash ombori va 200 ta mashina saqlanadigan garaj qurish rejalashtirildi. Shu holat bo‘yicha o‘z xulosangizni bering. 102 Vaziyatli masala № 2 Toshkent shahrida yangi radiolakatsion stansiyani qurish loyixalashtirilmokda. Radiolakatsion stansiya antenna tizimlari hosil qiladigan EMMdan turar joy binolarini himoya qilish ko‘zda tutilmagan. EMMga nisbatan SHM o‘rnatilmagan. Turar joy binolari radiolakatsion stansiyadan 200 metr uzoqlikda joylashgan. Aholi yashash punktida EMM darajasi 15 mk.VtG‘sm2. Aholi yashash punktida EMM gigienik yo‘l kuyish darajasini aniqlang. Agarda EMM darajasi gigienik me‘yorlardan yuqori bo‘lsa aholi yashash punktini himoyalash to‘siklarini aniqlang. Vaziyatli masala №3 Toshkent shahrida yangi telemarkaz qurish loyihalashtirilmokda. Loyiha bo‘yicha turar joy binolarini telemarkaz antennalari tizimi hosil qiladigan EMM himoyalash maqsadida maxsus difraksion ekranlar o‘rnatish kuzda tutilgan. EMM himoyalash bo‘yicha SXM 250 metr masofada o‘rnatilgan. Turar joy binolari telemarkazdan 250 metr uzoqlikda joylashgan. Yashash xududida EMM darajasi 10 mkVtG‘ sm2 ni tashkil qiladi. Yashash xududida EMM ning gigienik darajasini aniqlang. Agarda gigienik me‘yorlardan yuqori bo‘lsa himoyalash to‘siklarini aniqlang. Vaziyatli masala № 4 Sirdaryo shahrida yangi radiolakatsion stansiyani qurish loyixalashtirilmokda. Radiolakatsion stansiya antenna tizimlari xosil qiladigan EMMdan turar joy binolarini ximoyalash ko‘zda tutilmagan. EMMga nisbatan SHM o‘rnatilmagan. Turar joy binolari radiolakatsion stansiyadan 200 metr uzoqlikda joylashgan. Aholi yashash punktida EMM darajasi 25 mkVtG‘sm2. Aholi yashash punktida EMM gigienik yo‘l qo‘yish darajasini aniqlang. Agarda EMM darajasi gigienik me‘yorlardan yuqori bo‘lsa aholi yashash punktini ximoyalash to‘siklarini aniqlang. 103 TEST SAVOLLARI 1. Suv orqali qanday yuqumli kasalliklar tarqaladi: A. qorin tifi, endemik buqoq B. qorin tifi, ichburuk* V. endemik buqoq, urov kasalligi G. urov kasalligi, chin chechak D. nitratli metgemoglobinemiya 2. Ichimlik suvini sifatini baholovchi organoleptik ko‗rsatkichlar: A. loyqaligi, koli-indeksi B. rangi, koli-titri V. loyqaligi, rangi* G. koli-indeks, koli-titr D. oksidlanish 3. Ichimlik suvida koli-titr qanchaga teng: A. 100 dan kam emas B. 300 dan ko‗p emas V. 300 dan kam emas* G. 3 dan ko‗p emas D. 100 ta. 4.Ichimlik suvida umumiy mikroblar soni qanchaga teng: A. 3 dan ko‗p emas B. 100 dan kam emas V. 300 dan ko‗p emas G. 100 dan ko‗p emas* D. 1000 ta 5. Ichimlik suvi tarkibida bog‗langan qoldiq xlorning ruxsat etilgan miqdori: A. 0,1-0,3 mg/l B. 0,3-0,5 mg/l V. 0,8-1,2 mg/l* G. 3-5 mg/l D. 1-2 mg/l 6. Ichimlik suvi tarkibi erkin qoldiq xlorning ruxsat etilgan miqdori: A. 0,3-0,5 mg/l* B. 0,8-1,2 mg/l V. 0,1-0,3 mg/l G. 1-2 mg/l D. 3-5 mg/l. 7. Ichimlik suvi tarkibida qoldiq ozonning ruxsat etilgan miqdori: A. 0,1-0,3 mg/l* B. 0,3-0,5 mg/l V. 0,8-1,2 mg/l G. 1-2 mg/l D. 3-5 mg/l 8. O‗zbekiston sharoiti uchun ruxsat etiladigan ichimlik suvi tarkibidagi ftor miqdori: A. 1,2 mg/l B. 1,5 mg/l V. 0,7 mg/l* G. 3,0 mg/l D. 2,0 mg/l 9. Ichimlik suvida nitratning ruxsat etiladigan miqdori: A. 350 mg/l 104 B. 10 mg/l V. 500 mg/l G. 45 mg/l* D. 330 mg/l 10. Ichimlik suvi tarkibidagi ruxsat etiladigan loyqalik miqdori: A. 2 ball B. 1,5 mg/l dan kam emas V. 30 sm ko‗p emas G. 1,5 mg/l dan ko‗p emas* D. 10 sm 11. Ichimlik suvida ruxsat etiladigan rang ko‗rsatkichi: A. 20 gradusdan ko‗p emas* B. 20 gradusdan kam emas V. 30 sm ko‗p emas G. 2 ball D. 1,5 mg/l 12. Ichimlik suvining organoleptik xususiyatiga ta'sir qilmaydigan quruq qoldiqning ruxsat etiladigan miqdori: A. 100 mg/l B. 500 mg/l V. 350 mg/l G. 1000 mg/l* D. 50 mg/l 13. Aholisi 10.000 dan ortiq, zararsizlantiradigan ochiq suv manbasidan bakteriologik ko‗rsatkichlarga olinadigan sinamalarning eng kam soni: A. yilda uch marotaba. B. oyda bir marotaba V. oyda 2 marotaba G. oyda bir marotaba D. kunda bir marotaba* 14. Qoldiq reagentlarning miqdorini aniqlash uchun suvdan sinamalar qancha vaqt oralig‗ida olinadi: A. oyda 3 marta B. xaftada ikki marta V. xar smenada kamida bir marotaba* G. oyda 1 marta D. xar xaftada kamida 1 marta 15. Ichimlik suvini xlorlashdan so‗ng paydo bo‗ladigan maxsus xid qanchadan oshmasligi kerak: A. 2 balldan B. 1 balldan* V. 3 balldan G. 4 balldan D. 30 sm dan 16. Markazlashtirilgan suv tarmog‗ida suvni taqsimlovchi tarmoqqa berishdan oldin qoldiq xlor qancha vaqt oraligida aniqlanadi: A. oyda 1 marotaba B. xar kuni kamida 4 marotaba V. xar yarim kunda G. xar soatda kamida 1 marotaba* D. xaftada 2 marta. 17. Agar ichimlik suvida koli-titr 500 ga teng bo‗lsa koli-indeks nechaga teng bo‗ladi: A. koli-indeks – 6. 105 B. koli-indeks – 3 V. koli-indeks – 4 G. koli-indeks – 5 D. koli-indeks – 2* 18. Agar ichimlik suvida koli-titr 500 ga teng bo‗lsa koli-indeks nechaga teng bo‗ladi: A. koli-indeks – 5 B. koli-indeks – 4 V. koli-indeks – 2* G. koli-indeks – 6 D. koli-indeks – 10 19. Agar ichimlik suvida koli-indeks 5 ga teng bo‗lsa koli-titr qanchaga teng bo‗ladi: A. 350 B. 100 V. 300 G. 200* D. 500 20. Agar ichimlik suvida koli-indeks 10 bo‗lsa koli-titr qancha bo‗ladi: A. 400 B. 300 V. 500 G. 200* D. 600 21. Ichimlik suvida nitrat ko‗payib ketsa qanday kasallik kelib chiqadi: A. metgemoglobinemiya* B. karies V. flyuoroz G. yurak-kon tomir kasalligi D. ichburuk 22. Ichimlik suvida ftor ko‗payib ketsa qanday kasallik kelib chiqadi: A. metgemoglobinemiya B. endemik karies V. endemik flyuoroz* G. endemik buqoq D. poliomielit 23. Ichimlik suvida ftor kamayib ketsa qanday kasallik kelib chiqadi: A. metgemoglobinemiya B. endemik flyuoroz V. endemik buqoq G. endemik karies* D. shol 24. Sinamalardan qaysi biri DAVST 950-2000 talablariga javob beradi: A. loyqaligi – 3, tiniqligi – 20 B. koli-titri – 3, koli-indeksi – 300 V. xidi – 2 ball, ta'mi – 2 ball* G. rangi – 20o, koli-indeksi –100 D. xidi – 30, ta'mi – 50 25. Suv ta'minoti tizimidagi ishchilarning tibbiy ko‗rikdan o‗tish muddatlari: A. oyda bir marta B. yilda 6 marta V. yilda bir marta* G. kvartalda 2 marta D. xar kuni 106 26. Markazlashtirilgan suv ta'minoti tizimi uchun olinadigan ochiq suv havzalaridagi zararsizlantirish mumkin bo‗lgan koli-indeks: A. 300.000 B. 100.000 V. 200.000 G. 10.000* D. 500.000. 27. Xlorli oxaktosh tarkibida necha % faol xlor bo‗lishi kerak: A. 20-25% B. 32-36%* V. 1-2% G. 0,3-0,5% D. 0,8-1,2% 31. Ichimlik suvida xlor fenol xidini paydo bo‗lishini oldini olish uchun qanday xlorlash uslubi ishlatiladi: A. dixlorlash B. oddiy xlorlash V. super xlorlash G. preammonizatsiya* D. dexlorlash 32. Ichimlik suvi saqlanadigan rezervuardan so‗ng qoldiq xlor kaerda aniqlanadi: A. sekin filtrda B. gorizontal tindirgichda V. suvni taqsimlovchi tarmoqqa berishdan oldin* G. aerotenkda D. metantenkda 33. Filtrlarni xlor bilan dezinfeksiya qilish va undan maqsad: A. bakteriyalardan tozalash uchun 50-100 mg/l - 2 soat muloqatda bo‗ladi* B. viruslardan tozalash uchun 50-100 mg/l - 2,5 soat muloqatda bo‗ladi V. gijja tuxumlaridan tozalash uchun 1-2 mg/l olinadi G. muallaq moddalardan tozalash uchun D. suvni kimyoviy moddalardan tozalash uchun 34. Taqsimlovchi tarmoqda erkin qoldiq xlor qancha bo‗lishi kerak: A. 3-5 mg/l B. 0,8-1,2 mg/l V. 1-2 mg/l G. 0,2-0,5 mg/l* D. me'yorlanmagan 35. Taqsimlovchi tarmoqda bog‗langan qoldiq xlor qancha bo‗lishi kerak: A. me'yorlanmagan. B. 0,3-0,5 mg/l V. 1-2 mg/l G. 3-5 mg/l D. 0,8-1,2 mg/l* 36.Markazlashtirilgan suv ta'minotida qoldiq ozon miqdori qancha bo‗lishi kerak: A. 0,1-0,3 mg/l* B. 0,3-0,5 mg/l V. 0,81,2 mg/l G. 1-2 mg/l D. 3-5 mg/l 37. Suvni dexlorlash qachon ishlatiladi: A. suvda benzin xidi paydo bo‗lib kolsa 107 B. suvni yetarli zararsizlantirishga sharoit bo‗lmagan xollarda V. suvni istemolchiga yuborishdan oldin ortiqcha xlorni bartaraf etishda* G. maxalliy suv ta'minotida D. ozonni ishlatishga sharoit bo‗lmaganida 38. Agar ichimlik suvida koli-titr – 1000 bo‗lsa, koli-indeks qanchaga teng: A. 4 ga B. 3 ga V. 1 ga* G. 2 ga D. 10 ga 39. Suvdagi ortiqcha xlorni bartaraf etish uchun qanday moddadan foydalaniladi: A. kraxmal B. kaliy yodid V. natriy tiosulfat* G. poliakrilamid D. alyuminiy sulfat 40. Markazlashtirilgan ichimlik suvi tarmog‗idagi suvda mikrofloralarni o‗sishini to‗xtatish uchun nima qilinadi: A. qoldiq xlorni me'yorida saqlanadi* B. qoldiq alyuminiy qoldirish kerak V. tiosulfat natriy qo‗shish kerak G. suvni tindirib quyish kerak D. suvni rangsizlantirish kerak 41. Toza ichimlik suvi saqlanadigan rezervuar qachon dezinfeksiya qilinadi va tozalanishi kerak: A. uch yilda bir marta B. xar oyda 2 marta V. xar kuni G. yilda kamida bir marta* D. uch yilda 2 marta 43. 36% 100 g. xlorli oxak tarkibida qancha faol xlor bo‗ladi: A. 40 gr B. 36 mg V. 36 gr G. 3,6 gr D. 0,355 mg 44. Ichimlik suvni tayyorlashda alyuminiy sulfatni gidrolizga uchrashi uchun optimal rN qancha bo‗ladi: A. 2,5-3,5 B. 4,5-5,5 V. 3,5-4,5 G. 5,5-6,5* D. 1-2 45. Agar suvda ishqoriylik 1o bo‗lsa, kogulyantni taxminiy dozasi mg/l da: A. 15,0 B. 30,0 V. 39,6* G. 10,0 D. 1,5 46. Agar suvda 1o ishqoriylik bo‗lsa, qancha kalsiy okisiga to‗g‗ri keladi: A. 10,0 mg/l* B. 5 mg/l V. 0,355 mg/l 108 G. 0,5 mg/l D. 39,6 mg/l 47. Koagulyasiya qilish uchun suvni qachon maxsus tayyorlanishi kerak: A. suvni ishqoriyligi past bo‗lsa B. suvda maxsus xid bo‗lsa V. suvda muallaq moddalar yuqori bo‗lsa* G. suvda mikroblar ko‗p bo‗lsa D. qachonki koli-titr 300 bo‗lsa 48. Ichimlik suvini tulik sinamasi uchun qancha miqdorda suv olish kerak: A. 15 l B. 10 l V. 5 l* G. 8 l D. 10 ml 49. Ichimlik suvini bakteriologik tekshirish uchun qancha suv olish kerak: A. 0,5 l* B. 200 ml V. 3 l G. 5 l D. 10 ml 50. Ichimlik suvini bakteriologik tekshirish uchun sinama qanday idishga olinadi: A. toza plastmassa idish B. sterillangan polietilenli idish V. sterillangan maxkam tikinlik shisha idish* G. issiq suv bilan yuvilgan idish D. petri kosachasiga 51. Ochiq suv havzalaridan sinama qanday asbob yordamida olinadi: A. nasos B. psixrometr V. aspirator G. batometr* D. shumomer 52. Suvdan sinama olishda qanday hujjat to‗ldiriladi: A. kuzatuv varakasi* B. dalolatnoma V. kaydnoma G. sanitariya xulosasi D. dastur 53. Suvdan sinama olingandan keyin qancha vaqt ichida bakteriologik tekshirish o‗tkazilishi kerak: A. 1 kundan keyin B. 2-3 kundan keyin V. 5 kundan keyin G. namuna olingandan so‗ng kechi bilan 2 soatda* D. bir xafta ichida 54. Ichimlik suvini tiniqlik ko‗rsatkichi bo‗yicha nimani baholaymiz: A. temirsizlantirishni B. zararsizlantirishning samaradorligini V. ftorlashni G. suvni tindirish jarayonini samaradorligini* D. degazatsiyani 55. Suvning tiniqligi 30 sm teng bo‗lsa loyqalik qanchaga to‗g‗ri keladi: 109 A. 4 mg/l B. 3 mg/l V. 5 mg/l G. 1,5 mg/l* D. 2,5 mg/l 56. Qanday modda suvga tabiiy palag‗da tuxum xidini beradi: A. alyuminiy B. temir V. ozon G. serovodorod* D. PAA 57. Ichimlik suvida ruxsat etiladigan qattiqlik ko‗rsatkichi: A. 10 mmol/l B. 9 mmol/l V. 0,1-0,3 mmol/l G. 7 mmol/l* D. 50 mmol/l 58. Ichimlik suvida xloridlar miqdori qancha bo‗lishi kerak: A. 750 mg/l B. 400 mg/l dan kam emas V. 500 mg/l G. 350 mg/l dan ko‗p emas* D. 1000 mg/l 59. Tarkibida qancha miqdorda quruq qoldiq bo‗lgan suvlar chuchuk suvlar deyiladi: A. 5000 mg/l gacha B. 1000 mg/l dan yuqori V. 10.000 mg/l gacha G. 1000 mg/l gacha* D. 1500 mg/l gacha 60. Suv tarkibida nitrat miqdori yuqori bo‗lsa nimadan dalolat beradi: A. ifloslanish xajmidan B. nitrifikatsiya jarayonidan V. suvni uzoq vaqt ifloslanganligidan* G. ammonifikatsiyadan D. suv tarkibida ftor borligidan 61. Ochiq suv havzalaridagi suvlarni temirsizlantirish usuli: A. xlorammonizatsiya B. ftorlash V. reagentli* G. distillyasiya D. filtratsiya 62. Markazlashtirilgan suv ta'minoti tizimi uchun suv olish joyidan 1-SXM ni kirg‗oq chegaralarini minimal uzunligi: A. 100 m* B. 10 m V. 50 m G. 30 m D. 20 m 63. Ichimlik suvida qoldiq poliakrilamid ruxsat etiladigan miqdori: A. 2,0 mg/l ko‗p emas* B. 4,0 mg/l V. 3,0 mg/l 110 G. 10,0 mg/l D. 5 mg/l 64. Qoldiq alyuminiyning ruxsat etiladigan miqdori: A. 10,0 mg/l B. 0,5 dan kam emas V. 2 mg/l G. 0,5 dan ko‗p emas* D. 5 mg/l 65. Ichimlik suvida qoldiq temirni ruxsat etiladigan miqdori: A. 5,0 mg/l B. 0,5 dan kam emas V. 2,0 mg/l G. 0,3 mg/l dan ko‗p emas* D. 3,0 mg/l 66. 1- iqlim sharoitida oqar suvlar uchun II-SXM ning yuqori chegarasi: A. 250 m B. 3 kun V. 5 kun* G. 5 km D. 3 km 67. IV-iqlim sharoitida oqar suvlar uchun II-SXM yuqori chegarasi: A. 5 km B. 5 kun V. 3 km G. 3 kun* D. 250 m 68. Oqar suvlar uchun II-SXM ning pastki chegarasi: A. 5 kun B. 3 kun V. 3 km G. 250 m* D. 5 km 69. Agar suvning tarkibida fitoplankton bo‗lsa qanday tozalash usuli qo‗llaniladi: A. ftorlash B. filtratsiya V. xlorlash G. mikrofiltratsiya* D. aerofiltratsiya 70. Suv man'balari qanday qonuniy-meyoriy hujjat bo‗yicha tanlab olinadi: A. DAVST 951-2000* B. DAVST 950-2000 V. Stl.vn. 2000-43 G. San.K. va N.42-128-4690 D. San.K. va N. 0056-88 71. Maxalliy suv ta'minoti ma'nbasi quduqdan foydalanish radiusi qancha: A. 1 km B. 500 m dan oshiq emas V. 600 m G. 100 m dan ko‗p emas* D. 2 km 72. Agar suv tarkibida fitoplankton bo‗lsa suv ta'minotining qaysi man'basiga kiradi: A. sizot 111 B. maxalliy V. yer osti man'basiga G. ochiq suv man'basiga* D. qatlamlararo 73. 1-sinf yer osti suv man'basi suvi sifatini DAVST 950-2000 talabiga keltirish uchun qanday tozalash usullari qo‗llaniladi: A. DAVST 950-2000 ga javob beradi, to‗g‗ridan-to‗g‗ri istemol uchun tarmoqqa yuboriladi* B. xlorlanadi so‗ng tarmoqqa yuboriladi V. koagulyasiya va xlorlash G. aeratsiya, tindirish, filtrlash D. aeratsiya, koagulyasiya, xlorlash 74. Chiqindi suvlarni suv havzalariga tushirishni nazorat qilish qanday hujjat bo‗yicha olib boriladi: A. San.Q va N 0056-96* B. DAVST 950-2000 V. SN va Q 26.2.3.01.86 G. San. Q.va N. 42-128-4690-88 D. DAVST 951-2000 75. Toza suv saqlanadigan rezervuarlar qachon tozalanishi kerak: A. yilda bir marta* B. ikki yilda bir marotaba V. oyda bir marotaba G. yilda uch marotaba D. xar oyda 76. Tarkibida ftor tutuvchi qanday moddalar qo‗llaniladi: A. margimush ftor B. benzoftor V. natriy ftorid* G. alyuminiy ftor D. diamino ftor 77. Rezervuar bilan tozalanadigan xojatxona orasida qancha masofa bo‗lishi kerak: A. 15 m B. 5 m V. 10 m G. 30 m* D. 20-25 m 79. Joriy dezinfeksiya qilish uchun boshi berk tarmoqlarda nima kuzda tutilgan bo‗lishi kerak: A. namuna olish B. kanalizatsiya V. chiqarish moslamasi* G. suvni xaydash uchun nasos D. suvni yuborish uchun nasos 80. Suv ta'minotini qurilishi davrida OSN qancha vaqt oralig‗ida o‗tkaziladi: A. yilda ikki marta B. 6 oyda bir marta V. 3 oyda kamida bir marta* G. yilda bir marta D. xar kuni 81. Suv man'balarini san.tekshirish natijasida aniqlangan ifloslantiruvchi man'balarni qanday hujjatga tushirish kerak: A. suv olish joyi va ifloslantiruvchi man'ba orasidagi masofa ko‗rsatilgan xolda situatsion rejaga tushiriladi* 112 B. suvlarni oqish tezligi aniqlanib bosh rejaga tushiriladi V. ochiq suv havzalarini bosh SXM ga tushiriladi G. tozalash inshootlari tushirilgan rejaga D. chiqindi suvlarni xajmi ko‗rsatilib, shaxar rejasiga tushiriladi 82. Agar ichimlik suvi tarkibida qoldiq temir REM dan yuqori bo‗lsa qanday chora ko‗riladi: A. yumshatiladi B. xlorlanadi V. ozonlanadi G. temirsizlantiriladi* D. aholi tomondan shikot bulmasa istemol qilishga ruxsat etiladi 83. Suvni sifatini tekshirish protokoliga nimalar kiritilishi kerak: A. organoleptik, sanitar-tartib, biologik ko‗rsatgichlari B. organoleptik, sanitar, ximik, mikrobiologik ko‗rsatgichlari V. organoleptik, ximik, sanitar va biologik ko‗rsatgichlari* G. mineral tarkibi, oksil uchligi va mikro organizmlar patogenligi D. muallik moddalar, sanitar ko‗rsatgichlari 84. Suv sifatini tekshirish protokoli nima bilan tugallanadi: A. kommunal gigiena bo‗limi boshligi imzosi B. yil kun soni V. bosh vrach imzosi G. sanitariya vrachi xulosasi* D. suv ta'minoti manba'si 85. Suvni qayta ishlash usullarini tanlash to‗g‗riligi qanday hujjat bo‗yicha baholanadi: A. kuzatuv xati bo‗yicha B. tushuntirish xati bo‗yicha V. loyixa materiallari bo‗yicha* G. gidrometeriologiya xizmati materiallari bo‗yicha D. gidrogeologlar materiallari bo‗yicha 86. Suv manbalari II – SXM qanday nomlanadi: A. sanoat mintaqasi B. katiy rejimlik V. kuzatuv mintaqasi G. chegaralangan mintaqa* D. dam olish mintaqasi 87. Suv manbalari III – SXM qanday nomlanadi: A. xo‗jalik mintaqasi B. kuzatuv mintaqasi V. katiy rejimlik mintaqasi G. chegaralangan mintaqa* D. sanoat mintaqasi 88. Asos bo‗luvchi qonunchilik hujjatga qaysi kiradi: A. uslubiy ko‗rsatmalar B. sanitariya norma va qoidalari V. yo‗riqnomalar G. O‗zR. Konstitutsiyasi* D. DavST 89. Kommunal gigiena mutaxassisligi bo‗yicha umumdavlat meyoriy hujjatlarga quyidagilar kiradi: A. sanitariya meyorlar, sanitariya qoida va meyorlar, davlat standartlari* B. mehnat muxofazasini yo‗riqnomalari V. uslubiy ko‗rsatma, xatlar, buyruqlar G. shaxsiy gigiena san qoidalari, ko‗rsatmalar 113 D. sog‗lom xayot tavsiyanomalari, qarorlar 90. Yo‗riq uslubiy hujjatlarga quyidagilar kiradi: A. uslubiy ko‗rsatma, tavsiyanoma, yo‗riqnomalar* B. buyruqlar, ko‗rsatmalar, xatlar V. mehnat havfsizligi majmuidagi davlat standartlari, SSBT qarorlari G. san qoidalari, ko‗rsatmalari, tekshiriish uslublari D. qurilish meyor va qoidalari va ta'sir vosita shakllari 91. DSENM hisob kitob hujjatlari turlari qaysi buyruqda ko‗rsatilgan: A. O‗zR SSV N 1075 buyrug‗ida B. O‗zR SSV N 400 buyrug‗ida V. O‗zR SSV N 231 buyrug‗ida* G. yo‗riqnomada D. maxalliy sog‗liqni saqlash vazirliklari qonunlari 92. Mukammal san tekshiruvlari yiliga necha marta o‗tkaziladi: A. keragicha B. ikki marta V. yil choragi G. bir marta * D. ko‗rsatma bo‗yicha 93. DSENM KG bo‗limi bo‗yicha san shifokorlarining stavkasi nimaga asoslanib o‗rnatiladi: A. korxonaning toifasi va ishchilar soniga B. aholi soniga va sanoatni rivojlanishiga V. nazorat ostidagi ob'ektlar soni va DSENM toifasiga G. aholi yashash joylari toifasi va ob'ektlar soniga D. aholi soni va DSENM toifasiga* 94. Suv ta'minoti manbalarini SXM chegaralari qanday qonuniy hujjat asosida belgilanadi: A. SAN Q va N "Suv ob'ektlarini muxofazasi" B. «SXMlarni loyixalashtirish va ishlatish tartibi to‗g‗risidagi nizom»* V. Dav ST "Ichimlik suvi" G. Dav ST "Tanlab olish" D. Qur N va Q " Suv ta'minoti" 95. Yotoqxonalarda KSN o‗tkazishda qanday qonuniy hujjatga asoslanadi: A. qurilishi va jixozlanishi bo‗yicha san meyorlar B. Qur N va Q "Turar joy va jamoat binolari" V. yotoqxonalarni qurilishi, jixozlanishi va tarkibi bo‗yicha san qoida* G. turar joylarni qurilishi bo‗yicha san qoidalar D. San K va N "Jamoat binolarni qurilishi" 96. Kommunal gigienasida qo‗llanuvchi qonunchilik hujjatlar turi: A. buyruq, ko‗rsatma, farmon B. qonuniy, asosiy, tavsiyaviy V. asos bo‗luvchi, meyoriy, yo‗riq-uslubiy* G. metodik ko‗rsatma, xat, yo‗riqnoma D. uslubiy, standart, moliyaviy 97. Davriy tibbiy ko‗rik natijasida KG vrachi qanday hujjat tuzadi: A. xabarnoma B. ma'lumotnoma V. axborotnoma G. dalolatnoma* D. xulosa 98. DSENM KG bo‗limi ish rejasi kim tomonidan to‗ziladi va tasdiqlanadi: A. mehnat gigienasi vrachi, bo‗lim boshlig‗i B. bo‗lim boshlig‗i va bosh vrach* 114 V. san bo‗lim boshlig‗i, bosh vrach muovini G. DSENM bosh vrachi, xokim D. bo‗lim boshlig‗i , tuman sog‗liqni saqlash bo‗lim boshligi 99. Sanitariya vrachi vazifa va xuquqlari qaysi hujjatda ko‗rsatilgan: A. ta'sir vositasi o‗tkazish bo‗yicha yo‗riqnomalar B. O‗zR SSV N 300 buyrug‗ida V. Davlat san nazorati to‗g‗risidagi 361 nizom G. O‗zR SSV N 1075-90 buyrug‗ida D. Davlat san nazorati to‗g‗risidagi qonun* 100. Aholi yashaydigan joylarni tozalashni asosan kimlar nazorat qiladi: A. kommunal xo‗jalik, militsiya organlari, DSENM* B. kommunal xo‗jalik, uy-joy ekspluatatsiya tashkilotlari V. kommunal xo‗jalik, militsiya organlari G. kommunal xo‗jalik, uy-joy ekspluatatsiya tashkilotlari D. kommunal xo‗jalik va DSENM Download 5.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling