Referat o`zgarishlar mavzusida
Download 179.52 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi o`zgartirish
- Beshinchi o`zgartirish
- Oltinchi o’zgartirish
- Sakkizinchi o’zgartirish
Ikkinchi o`zgartirish-2003 yil 24 aprelda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyaning XVIII-XX, XXIII boblaridagi moddalarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Unga ko`ra, ikki palatali parlamentni saylash va Prezident vakolat muddatini 5 yil emas, 7 yil etib belgilash asosiy o`zgartirish bo`ldi .
Uchinchi o`zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2007-yil 11 aprelda qabul qilingan qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga ,102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. To`rtinchi o`zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan qonuni bilan Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iboratligi belgilandi. Beshinchi o`zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2011-yil 18 aprelda qabul qilingan qonuni bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78,80,93,96 va 98-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.Xususan, 96- moddaga o`zgartirish kiritilib “Prezident vazifasini bajarolmay qolgan holatda uning vazifa va vakolati vaqtincha Senat raisi zimmasiga yuklanadi.Uch oy ichida prezident saylovi tashkil etiladi va o’tkaziladi”, deya belgilandi. Oltinchi o’zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilib, Prezident vakolati yetti yildan besh yilga almashtiriladi. Yettinchi o’zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 16 aprelda qabul qilingan qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32,78,93,98,103 va 117-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan 6-modda o’zgardi.32-modda “Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi”bilan to’ldirildi. Sakkizinchi o’zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 6 aprelda qabul qilingan qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80,81,83,93,107,110 va 111-moddalariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan.Eng muhim o’zgarishlardan biri shuki, 81-moddaning yettinchi qismidagi “Oliy xo’jalik sudi” degan so’zlar “Sudyalar oliy kengashi”degan so’zlar bilan almashtirildi.Konstitutsiyaning 111-moddasida Sudyalar oliy kengashining huquqiy maqomi belgilandi . Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling