Referat o`zgarishlar mavzusida
Download 179.52 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi o`zgartirish
“O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIGA KIRITILGAN REFERAT O`ZGARISHLAR” MAVZUSIDA
REJA:
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o`n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Konstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qo`yilgan.Respublikada ro’y berayotgan demokratik o’zgarishlar davomida konstitutsiyaga ham o’zgarishlar kiritib kelinmoqda. Konstitutsiya davlat tuzilishini , hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini ,ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o’zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab beradi . Asosiy qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog’da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O’zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo’ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O’zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi . O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan. Birinchi o`zgartirish-1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan iborat” degan so`zlar “deputatlardan iborat” degan so`z bilan almashtirilgan. Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling