Referat o`zgarishlar mavzusida


O`n beshinchi o`zgartirish-


Download 179.52 Kb.
bet4/9
Sana22.04.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1378192
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
REFERAT

O`n beshinchi o`zgartirish-2021 yil 8 fevralda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyaning 117- moddasiga o`zgartirish kiritildi. Xususan, 117- moddasining ikkinchi qismidagi “dekab” degan so`z “oktyabr” degan so`z bilan almashtirildi.
2022-yil- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi arafasida mamlakat bosh qomusiga yirik o`zgartirishlar kiritildi.
“Taraqqiyot strategiyasida o`z aksini topayotgan, adolatli va xalqparvar davlat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, yangi konstitutsiyaviy makon hamda yanada mustahkam qonuchilik bazasi kerak bo`lishini, o`ylaymanki, barchamiz yaxshi tushunamiz. Shu ma`noda, asosiy qonunimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka, shiddatli islohotlarimiz mantig`iga moslashtirish, Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish muhim vazifaga aylanmoqda”,deyiladi Prezident nutqida.
Davlat rahbari mamlakat Konstitutsiyasida o’zgartirishlarga asos bo’ladigan 9 holatni sanagan .
Birinchidan, ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat –inson” tamoyilini
“ inson – jamiyat –davlat” deb o’zgartirish uni milliy qonunchiligimiz va huquqiy amaliyotimizda mustahkamlash zarur .
Ikkinchidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlash bosh mezon bo’lishi kerak . Bu –xalqparvar davlat barpo etishning eng muhim shartidir .
Uchinchidan, “Jamiyat- islohotlar tashabbuskori” degan ezgu g’oya doirasida asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining o’rni va maqomi konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash ham davr talabidir.
To’rtinchidan, bosh qomusimizda oila institute rivojlantirish ezgu insoniy qadriyatlarimizni kelgusi avlodga bezvol yetkazish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash bo’yicha konstitutsiyaviy asoslarni belgilab qo’yishimiz zarur .
Beshinchidan, farzandlarimiz Yangi O’zbekiston bunyodkorlari sifatida maydonga chiqayotgan bugungi kunda Konstitutsiyamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini to’la ta’minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, o’g’il –qizlarimizni har tomonlama qo’llab – quvvatlash masalasi ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada o’z aksini topishi kerak .
Oltinchidan, hozirgi kunda O’zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari dadil bormoqda . Shu sababli “ Yangi O’zbekiston –ijtimoiy davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashning vaqti- soati yetdi, deb o’ylayman.
Yettinchidan, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yo’l qo’ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari ham o’z aksini topishi zarur .
Sakkizinchidan, hozirgi vaqtda ko’plab rivojlangan davlatlar, tabiatdagi global o’zgarishlarni hisobga olib, o’z konstitutsiyasiga ekologiyaga oid maxsus boblar kiritmoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasida ham ushbu dolzarb masalaga doir huquqiy normalar ustuvor o’rin egallashi lozim .
To`qizzinchidan , Uchinchi Renessansning to`rt uzviy halqasi bo`lmish bog`cha, maktab , oliy ta`lim va ilm –fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo`yish ham maqsadga muvofiqdir.
Prezidentga ko`ra, Konstitutsiyani yangilashdek g`oyat muhim, strategik vazifani hal etishda yetti marta emas, yetmish marta o`ylab, xalq bilan har tomonlama maslahatlashgan holda, ichki va tashqi ilg`or tajribalarni chuqur o`rganib, aniq qaror qabul qilish zarur.
“Darhaqiqat, bugungi shiddatli davr bizdan zamonga mos harakat va o`zgarishlarni talab etmoqda. Ana shunday talabga javob beradigan mukammal Konstitutsiyaga ega bo`lish uchun asosiy qonunimizning yangi loyihasini tayyorlashimiz, uni umumxalq muhokamasiga qo’yib, bildirilgan takliflar asosida takomillshtirish,ushbu muhim siyosiy hujjatni 2022-yil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilish, o’ylaymanki, milliy davlatchilik an’analarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib ish bo’ladi”deydi Mirziyoyev.
Shu kunlarda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bilan bog`liq masala jamoatchilik muhokamasi markazida bo`lib turibdi. Mustaqil O`zbekiston uchun Konstitutsiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish yangilik bo`lmasa-da, navbatdagi o`zgartirish va qo`shimchalar avvalgilaridan butkul farq qilishi kutilmoqda. Balki, shu bois Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o’rinbosari Akmal Saidov raisligida Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgandir.
1-moddadagi “O’zbekiston –suveren demokratik respublika”jumlasini quyidagicha o’zgartirish taklif etilmoqda:
O’zbekiston –severen respublika , huquqiy,ijtimoiy, dunyoviy,demokratik davlat.
1-modda o’zgargach, uni boshqa hech qachon o’zgartirmaslik belgianmoqda.Buning uchun 127-moddaga (bu moddada Konstitutsiyani o’zgartirish prinsiplari yozilgan)quyidagicha ikkinchi qism qo’shiladi:
Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu moddasi ikkinchi qismining qoidalari qayta ko’rib chiqilishi mumkin emas.

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling