Referat o`zgarishlar mavzusida
To’qqizinchi o’zgartirish
Download 179.52 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ninchi o’zgartirish
- O’n birinchi o’zgartirish
- O’n ikkinchi o’zgartirish
- O`n tortinchi o`zgartirish
To’qqizinchi o’zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 31 mayda qabul qilingan qonuni bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80,93,108 va 109-moddalariga o’zgartirishlar kiritilgan .Asosiy o’zgarishlar Konstitutsiyaviy sud mustaqilligini mustahkamlashga oid bo’ldi.
O’ninchi o’zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 29 avgustda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyaning 99 va 102- modaalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.102-moddada Toshkent shahri tarkibiga kiruvchi tumanlarga hokim tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi Toshkent shahar hokimi vakolatiga kirishi to’g’risidagi norma belgilandi. O’n birinchi o’zgartirish-O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 15 oktyabrda qabul qilingan qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “Ikki yarim yil muddatga raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini”degan so’zlar “raisni (oqsoqolni)”degan so’zlar bilan almashtirilgan. O’n ikkinchi o’zgartirish-2019 yil 18 fevralda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyaning 80 va 93-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.Asosiy o’zgarish, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga o’zgarishi bo’ldi. O’n uchinchi o’zgartirish-2019-yil 5 martda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyaning 79,93 va 98-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.Muhim o’zgarishlardan biri, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlashi va lavozimlaridan ozod qilishi bo’ldi. O`n tortinchi o`zgartirish- 2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyaning 96 va 117-moddalariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.Unga ko`ra, 117-moddadagi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar sodir etgani uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmasligi, boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to`g`ridan- to`g`ri yoki bilvosita cheklashga yo`l qo`yilmasligi belgilandi. Avvalgi tahrirga ko`ra, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan har qanday shaxs saylovda ishtirok eta olmas edi. Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling