Referat o`zgarishlar mavzusida


Download 179.52 Kb.
bet9/9
Sana22.04.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1378192
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
REFERAT

42-moddaga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligidan tashqari,badiiy ijod erkinligi ham qo’shiladi:
Har kimga ilmiy,texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.
Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalar hamda yoshlarni ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Amaldagi 43-modda quyidagicha bitta jumladan iborat:”Davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”.Mazkur moddani quyidagicha qayta yozish taklif etilmoqda:
Inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash- davlatning oliy maqsadidir.
Davlat inson va fuqarolarning Konstitutsiyada hamda qonunlarda mustahkamlangan huquqlari,erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaydi.
Har bir shaxs o’z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
44-moddaga quyidagicha yangi band kiritilyapti:
Har kim O’zbekiston Respublikasining qonunchilgiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq o’z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishi uchun inson huquqlari bo’yicha milliy va xalqaro institutlarga murojaat qilishga haqli.
Amaldagi 45-modda quyidagicha bitta banddan iborat:”Voyaga yetmaganlar,mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir”.Mazkur moddaga quyidagicha ikkinchi band qo’shiladi:
Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirishga, ularga jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralar ko’radi.
53-modda ga iqtisodiyot va tadbirkorlikka oid qator yangi normalar,xususan quyidagilar qo’shiladi:
Tadbirkorlik qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga,o’z faoliyatining yo’nalishini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli.
O’zbekiston Respublikasida tovarlarning,xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablag’larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo’l qo’yilmaydi.Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko’rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.


Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling