Referat sirtqi bolim fakulteti «boshqarish hisobiga kirish»


Download 0.59 Mb.
bet4/7
Sana17.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1204707
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshqaruv hisobiga kirish Referat Xalbayev Kuvandik

Birinchidan, korxonaning bevosita xarajatlari umumiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etishi zarur.
Ikkinchidan, korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimenti va buyurtmalarning soni oshirib yuborilmasligini nazorat qilish lozim. Bunday talablar qo'yilganda xarajatlar hisobining avvalgi tizimi korxonaning yangi strategik boshqaruv siyosatiga javob bera olmay qoladi.
Bozor talabi va raqobat muhitiga moslashish uchun mahsulot assortimenti va sifatini keskin oshirish lozim bo'ladi. Natijada, korxonada ustama xarajatlarning ikkita turi: yordamchi ishlab chiqarishlar va boshqaruv bolinmalarini asrash bilan bog‘liq xarajatlar asosiy o‘rinni egallaydi.
Buyurtmalarni ishlab chiqarish xarajatlari shartnomalar tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borish, buyurtmalar qabul qilish, schetlar yozib berish, yuklarni jo'natish va qayta ishlash kabi xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Maxsus komponentlar ishlab chiqarish xarajatlariga mahsulotning yangi turini ishlab chiqarish uchun xarid qilinadigan yordamchi materiallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlami keltirish bo'yicha shartnom alar tuzish, ishlab chiqarishni nazorat va ekspertiza qilish, naryadlar yozish xarajatlari kiritiladi.
AQSHning «EMW» kompaniyasi misolida ko‘radigan bo‘lsak, maxsus kom ponentlarni ishlab chiqarish jarayonida har bir kom ponent uchun alohida naryad to‘lg’azish talab qilingan. Natijada yil davomida o‘ndan ortiq ishlab chiqarish siklida 30 000 ta turli xil maxsus komponentga 325 000 dollarlik naryadlar to‘lg‘azilgan.
Agar korxona bunday sharoitda bozorni chuqur o‘rganmasa, tannarx va baho ko‘rsatkichlarining nomutanosibligi muqarrar tusni oladi ya’ni mayda turkumli mahsulotga past baho, yirik turkumlilarga yuqori baho belgilanadi, natijada texnologik oddiy mahsulotga qaraganda murakkab va innovatsiya talab qiladigqn mahsulotlaming foydaliligi yuqori bo‘lib ko'rinadi.
Binobarin, boshqaruv hisobining asosiy vazifalarini hal etish uchun xarajatlami doimiy va o‘zgaruvchanga bo‘lish usulini qo’llash hamma sohada ham samara beravermagach, xarajatlar haqida ishonchli axborotni olishning yangi usullarini qidirib topish «АВС» hisob tizimining paydo bo’lishiga olib keldi.
«АВС» tizimida korxona ishchi operatsiyalar to‘plami deb qaraladi. lsh jarayonida resurslar iste’mol qilinadi (materiallar, ish haqi, jihozlar) va muayyan natija yuzaga keladi. Resurslardan foydalanishni hisobga olgan holda parallel ravishda murakkab ishchi operatsiyalarini eng oddiy qismlarga bo‘lib chiqish yo‘li bilan korxonadagi ishlar miqdori va ketma-ketligini aniqlash «ABC»ni qo‘llashning boshlang'ich bosqichi hisoblanadi.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling