Referat sirtqi bolim fakulteti «boshqarish hisobiga kirish»
ABC (“Activity-Based Costing”) Xarajatlarning funksional hisob usuli
Download 0.59 Mb.
|
Boshqaruv hisobiga kirish Referat Xalbayev Kuvandik
- Bu sahifa navigatsiya:
- SCA (“Strategic Cost Analiysis”) Xarajatlarni strategik tahlil qilish usuli
«АВС» doirasida mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga qarab ishlar to‘rtta tarkibiy qismga ajratiladi: Unit Level (donaliish), Batch Level (tckplamli ish), Product Level (mahsulotli ish) va Facility Level (umumishlab chiqarish xarajatlari). Bunday tasnif xarajatlar va turli ishlab chiqarish jarayonlari o‘rtasidagi quyidagi bog'liqlikni o‘rganishga asoslanadi: mahsulot birligini ishlab chiqarish, buyurtmani ishlab chiqarish, mahsulotni ishlab chiqarish. Bunda xarajatlarning ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim kategoriyasi hisobga olinmaydi — bu butun korxona faoliyatini ta’minlovchi xarajatlardir. Bunday xarajatlami hisobga olish uchun ishlaming to‘rtinchi toifasi — Facility Level (umumishlab chiqarish xarajatlari) kiritiladi. Dastlabki uch toifa, aniqrog‘i, ularga sarflangan xarajatlar bevosita ma’lum bir mahsulotga tegishli bo‘lishi mumkin, biroq umumishlab chiqarish xarajatlari natijalarini biron-bir mahsulot turiga tegishli qilib ko‘rsatib boslmaydi, shu bois, ularni taqsimlash uchun turli arifmetik hisob-kitoblardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Faoliyat turiga sarflangan hamma resurslar uning qiymatini tashkil etadi. Korxonaning barcha faoliyat turlari ularni boshqarish uchun sarflangan xarajatlar bilan solishtirib chiqilishi kerak. Ko‘pincha xarajatlar moddasi qaysidir bir faoliyat turiga mos keladi. Masalan, «Ta’minot boflimi ish haqi» «Ta’minot» ishi jarayoni qiymatiga kiradi. Shu bilan birga «Boshqaruv binosi ijarasi» xarajat moddasi mutanosib ravishda «Ta’minot», «Islilab chiqarish», «Marketing» va h.k. xarajat moddalari bo‘yicha taqsimlab chiqilishi kerak. «АВС» tizimiga ko‘ra faoliyat turining natijasi — kost-drayver indeks o‘lchamiga, ya’ni taqsimot bazasiga ega bo’lishi muhimdir. Masalan, «Ta’minot xarajatlari moddasi uchun» «Sotib olishlar miqdori» kost-drayver bo‘la oladi, «Sozlash» moddasi uchun — «Sozlashlar miqdori». “ABC”ni qollashning ikkinchi bosqichi kost-drayver hisob-kitobi va ularning har bir resurslarini iste’mol qilish ko'rsatkichlaridan iborat. Bu ko‘rsatkich ish bajarilishi birligi qiymatiga ko’paytiriladi. Mahsulot tannarxini hisoblash jarayoni — «АВС» tizimini amaliyotga qodlashning uchinchi bosqichini tashkil etadi. Korxonaning faoliyat turlari va funksional xizmatlarining «АВС» tizimida hisobga olish, shuningdek investitsiyalash, xodimlar hisobi, kadrlarni boshqarish kabi sohalar faoliyatini sifatli baholashga imkon beradi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling