Referati aholi turmush darajasi va daromadlari Reja


Download 106 Kb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi106 Kb.
#1430978
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholining turmush darajasi va daromadlari



Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-I -2021 guruh talabasi
Hakimov Quvonchbekning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan
REFERATI

Aholi turmush darajasi va daromadlari




Reja:



  1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.

  2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.

  3. Davlatning ijtimoiy siyosati.


1-savol. Aholi daromadlari va uning tarkibi.
Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
Mehnatga qobiliyatli aholi o’zining kasbi va hunar bo’yicha faoliyat ko’rsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq to’lanadi. Berilgan pul ko’rinishidagi to’lov uning daromadi bo’ladi.
Aholi daromadlari ma‘lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi.
Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich “daromad” nomi bilan yuritiladi. Daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumning mablag’larining, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni bildiradi. Daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlarni muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalanadi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling