Referati bajaruvchi: To’rayev Shuhrat Toirovich Ilmiy raxbar: Jizzax-2023


Download 60.63 Kb.
bet10/11
Sana02.12.2023
Hajmi60.63 Kb.
#1779829
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
To’rayev Shuxrat 2 Amaliy topshiriq hayot faoliyati xavfsizli

Titrashni kamaytirish yo’llari va ultra va infratovushdan himoyalanish.
Titrash kishi organizmiga salbiy ta’sir kiladi, natijada ish unumdorligini pasaytiradi, kupincha ogir kasbiy kasallik - titrash kasalligiga olib keladi. Shuning uchun titrashga qarshi tabbirlarga aloxida axamiyat beriladi.
Titrash kasalligi kasbiy kasalliklarga kiradi. Bu kasallikni boshlangich davridagina yaxshilab davolash mumkin. Titrash kasalligini davolash, ayniksa, kasallik ruju kilgan xolatlarda uzoq muddatda davolanadi. Kup xollarda kasallik o’tib ketsa, nogironlikka olib kelishi mumkin.
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish kuyidagi usullarda olib boriladi:
-titrashni keltirib chiqarayotgan manbaga ta’sir qilish;
-rezonans xolatidan chiqarish;
-titrashni dempferlash;
-titrashni dinamik sundirish;
-mashina va qurilish elementlarining konstruktiv elementlarini uzgartirish;
-titrashni ixotalash va shaxsiy himoya vositalarini qo’llash.
Mexanizatsiyalashgan, elektr yoki havo asboblari yordamida ishlaganda, kulni titrashdan saqlash uchun maxsus kulkoplar, kistirma va plastinalardan tashkil topgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi. Shaxsiy himoya vositalariga kuyiladigan umumiy talablar GOST 12.4 002-74 da belgilangan. Titrash kasalligini oldini olish uchun titrash mavjud bo’lgan ishlarda maxsus ish tartibi qo’llaniladi. Masalan, titrash mavjud bo’lgan mashinalarida umumiy ish vaqti semenaning 2-3 qismidan oshmasligi kerak. Bunda tinmasan ishlash vaqti 15-20 min va dam olish vaqtlari bo’lishi kerakligi kuzda to’tilgan. Ishni tashkil qilishda titrashli operatsiyalarni titrash bo’lmagan ishlar bilan almashtirib turish kerak.
Titrashni ulchash ST SEV 1931-78 “Titrash. Ulchov o’tkazish uchun umumiy talablar” da belgilanadi. Titrashni ulchash uchun kupgina asboblar mavjud, bulardan standart oktava filtrli ISHV-1 hamda VIP-2., VR-1 va bokalar. Chet elda chiqaraladigan asboblardan RFT (Germaniya) hamda “Bryo’l va Kyer” firmasining (Daniya) asboblaridir.
Texnologik uskunaning ashyoviy sigimi kamaytirilganni xolda uning tezligi oshirilganda ularning titrashi kuchayadi. Titrash (vibratsiya) tebranishlar chastotasi, titrashdagi siljish amplitudasi va titrash tezligi bilan ifodalanadi. Uzoq vaqt mobaynida titrash ta’sirida bo’lish ishlovchining sogligi va mexnat unumdorligiga yomon ta’sir etibgina kolmasdan, balki ogir kasbiy- titrash kasalligiga olib keladi.
Inson organizmiga ta’sir ko’rsatish tarzigan kura titrashlar maxaliy va umumiy bo’ladi.
Titrashdan himoyalanish uchun armotizatorlar va yakka tartibda himoyalash vositalari sifatida titrashni sundiruvchi kulkop hamda poyabzal qo’llaniladi. Amortizatorlar sifatida kigiz, rezina, pulat prujinali titrov izolyatorlari va shu kabilardan foydaniladi.
Binolarning tarkibi qismlariga motorlar, mashinalarning titrashini kamaytirish maksadida, motorlar poydevorlarining ostiga rezinadan, polivinil smolalardan tayyorlangan, shisha tola bilan kuchaytirilgan kistirmalar kuyiladi.
Titraydigan mashina va asboblar bilan ishlaydigan ishchilarrni xizmat vaqtidan tashkari ishlatish man etiladi. 16 yoshga tulmagan yoshlar, xomilador ayollar, oshkozoni ogriydigan va kon bosimi bor kishilarga bunday uskunalarda ishlash etiladi.
Ultratovush muxit 11200 dan 109 Gs gacha doirada mexaniq tarzda tebranmada yuzaga keladi.
Sanoatda detallarni tozalash va yogsizlantirish, metallarga mexaniq ishlov berish uchun 18000-30000 Gs chastotali ultratovush tebranishlari keng qo’llaniladi.
Ultratovush odamga havo muxiti orqali, shunigdek, suyuk muxit va kattik jismlar orqali ta’sir kiladi.
Ultratovushli kurilmalarda ishlaydigan ishchilarning boshi ogriydi, tez charchaydi, yaxshi uxlay olmaydi, kuzi xiralashdagi, ogzi kurib kolaveradi, korni ogriydi, ishtaxasi bo’lmaydi, tanasi va terisining xarorati ko’tariladi, yurak urishi susayadi, kon bosimi pasayadi hamda termoregulyatsiyasi buziladi.
Ultratovush bilan ishlayotganda yakka tartibdagi himoya vositalari sifatida shovqin sundirgichlar va maxsus kulkoplardan foydalanish lozim.
Xozirgi vaqtda ishlab chiqarishda va transportda infratovush chastotali tovush keng tarkalgan. U katta ventilyatorlar, ichki yonuv dvigatellari ishlayotganida paydo bo’ladi.
Shaxsiy himoya vositalari.
Eshitish a’zolarini himoya qilish vrsitalari uz vazifasi va konstrusiyasi bo’yicha uch turga bulinadi: naushniklar-kulok suprasini yopib turadi, tikinlar-tashki eshitish kanalini yopib turadi, tikinlar-tashki eshitish kanalini yopib turadi, shlemlar - kallaning bir qismini va kulok suprasini berkitib turadi. Bularni qo’llash ayrim oktava chiziklarida tovush bosimi satxini 35-40 dB mikdorda kamaytiradi. Shunisi dikkatga sazovorki, ular ayniksa kishi organizmi uchun xavfli bo’lgan yukori chastotali shovqinlarni pasaytirishda yaxshi samara beradi.
To’qimachilik sanoatining shovqinli sexlarida eshitish a’zolarini himoya qilishga zarurat seziladi. Ularni tanlash shovqinning jadalligiga va ishchining shaxsiy xususiyatlariga boglik. Tovush bosimi satxi 120 dB gacha bo’lgan jadal
shovqinlar ta’sir kilayotgan sharoitda VSNIIOT - 2M turiga mansub naushniklarni qo’llash tavsiya etiladi ( a rasm). Tukuv, kalavalash va kayta urash sexlarida kichik gabaritli VSNIIOT - 4A turiga mansub naushniklarni qo’llash maksadga muvofik ( b rasm). VSNIIOT - 2M naushnigi ishlatishga kulay va spektrning yukori chastotali qismida samaralidir, VSNIIOT - 4A naushnigi ulchamlari kichik va yengil, lekin ularning akustik samaradorligi biroz past.
Jadval.
Naushnik va tikinlarning akustik samaradorligi




Shovqinga qarshi himoya vositalari

Oktava chizigining urta chastotalardagi ishlash
samaradorligi, Gs




125

250

500

1000

2000

4000

Naushniklar:

1. VSNIIOT - 2M

7

11

14

22

35

45

2. VSNIIOT - 4A

4

-

-

16

-

35

Tikinlar:



















1. O’TV markali o’ta ingichka
shisha tolasidan yasalgan tampon

5


5


10


18


24


27


2. FPP-15 markali o’ta ingichka
toladan yasalgan tampon

8


8


15


22


25


31


3. Kattik tikinlar

10

10

12

13

24

29

To’qimachilik korxonalarining tovush bosim satxi 100-105 dBdan kam bo’lgan sexlarda O’TV markali o’ta ingichka shisha tolasidan yasalgan tampon, FPP-15 markali o’ta ingichka tolada yasalgan tampon (Berushi) va yezinadan yasalgan kattik tikinlar bilan ta’minlanadir.


Shovqinga qarshi qo’llaniladigan himoya vositalariga bir kator gigiyenik talablar kuiyladi. Tozalab turish imkoniyati bo’lgan, kulay ishlatiladigan, uzidan zararni va terini kichishtiruvchi moddalar chiqarmaydigan, terini ifloslantirmaydigan bo’lishi kerak. Bulardan tashkari ular bo’tun ish kuni davomida kulokni ogritmasligi va kishining gashiga tegmasligi lozim.
Himoya vositalarini tanlash ish joyidagi shovqining chastota bo’yicha spektoriga, mikroiklim sharoitlariga va ishchining shaxsiy xususiyatlariga boglik. Ular shovqinni GOST 12.1. 003-76 da ko’rsatilgan, yo’l kuysa bo’ladigan kiymatlarigacha pasaytira olsagina, to’g’ri tanlangan hisoblanadi.
Tikinlar turiga tolali, govak va yushmok plastik materiallardan yasalgan zaglushkalar, vtulkalar, tamponlar va probkalar mansubidir. Ular yushmok va elastikligi tufayli eshitish kanaliga kirib u yerni zichlab berkitadi. Ular kuzoynak takishga, bosh kiyim kiyishiga xalakit bermasligi bilan kulaydir, yengil va ixcham, gigiyena nuqtai nazaridan toza va ishlatilishda kulay. Lekin ularni odatda, ish joylarida umumiy shovqin satxi 100 dB dan katta bo’lmagan xollarda ishlatiladi. Bir marta ishlatishga yaraydigan (O’TV va FPP tolali materiallardan yasalgan “Berushi”) tikinlar, bilan odatda, bir varakayiga kup ishchilar bo’tun ish smenasi davomida ta’minlanadi.
O’TV tolasidan kilingan tikinlar kuyidagicha tayyorlanadi: ulchamlari 4x4 sm li tola katlamini diagonali bo’yicha bir necha marta ketma-ket buklab konus xoliga keltirilgan va kulokning tashki kanaliga tikib kuyiladi. Kulokning tashki kanal terisi yalliginlagan paytda bu tikinni qo’llash mumkin emas. Bunday xollarda naushniklar qo’llagan ma’kul.
FPP tolali materiallaridan kilingan bir marta ishlatiladigan “Berushi” tikini oxirgi paytlarda keng qo’llanilmokda. Bu tikining ulchamlari 40x40-1,4 mm, massasi 140-220 mg bulib, terini kichitmaydi va antiseptik xossalari bilan ajralib turadi ( rasm).
Kup marrta ishlatiladigan tikinlar “Antifonlar” eshitish a’zolarini yukori chastotali ishlab chiqarish shovqinlaridan himoya kiladi rasm. Ular yumshok rezina kapsula shaklida bulib, ichki urta qismiga kichkina plastmassa uzak kirgizib kuyilgan bo’ladi. Kamida bir xaftada ularni sovunli ilik suv bilan yuvib turish tavsiya etiladi.
Xozirgi paytda ilgor to’qimachilik korxonalarida monoton va bir xil ritmli ishlarda (tukuvchi, yigiruvchi, kalavalovchi va sh.u) ishchilarni shovqin ta’siridan saqlash uchun radiolashtirilgan naushniklar qo’llanilmokda. Bu ishlarda funksional muzika
dasturlarini qo’llash asab, psixik kuchlanish, xolatini kamaytiradi, charchokni oladi, ishchining kayfiyatini yaxshilaydi va ish unumdorligini oshiradi.
Radiolashtirilgan “Melodiya” uskunalari VSNIIOT - 2M turidagi naushniklarga o’rnatilgan bulib, uning himoya xususiyatini saqlagan xolda, past chastotalarda beriladigan muzikali ridioeshittirishlarni xam olib boradi.
Xozirgi paytda ishlab chiqarish sexlarida 90 dB gacha va 90-120 dB gacha qo’llanadigan radioshtirilgan VSNIIOT - 4FM va VSNIIOT - 2FM naushniklari keng qo’llanilmokda. Ishlab chiqarish operatsiyasi doimo yurib bajariladigan ishlarda maxsus ixcham priyomnikli “Orfey-1” ridionaushniklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ishchini shovqinning to’g’ridan-to’g’ri ta’siridan himoyaladigan ekranlar shovqinning yukori chastotali tarkibiy qismlarini pasaytiradi. Tovush soyasi yuzaga kelishi natijasida ekran ortida shovqin pasayadi. Bu soya tovush to’lqini uzunligining ekranning kundalang ulchamiga nisbatiga boglik.
Agar texnik usullar bilan shovqinni sanitariya meyorlariga kadar pasaytirib bo’lmasa, u xolda shovqindan yakka tartibda himoyalag vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalarga kulok tikmalari (vkladishlar), kulok kopkoklar (naushniklar) shlyomlar kiradi.
Kulok tikmalar juda ingichka toladan kilingan, ba’zan mum va parafin aralashmasi shimdirilgan, kulokka tikib kuiladigan aralashmasi shimdirilgan, kulokka tikib kuyladigan paxta yoki doka bulagidir. Konus shaklidagi kattik (ebonit, rezina) tikmalar xam bo’ladi (shovqinni 5-20 dB ga pasaytiradi).
Kulokkopkoklar. Sanoatimizda kulokkopkoklar keng qo’llaniladi. Ular yoysimon prujina hisobiga kulok chiganogiga zich tegib va uni berkitib turadi, yukori chastotalarda eng samarali ishlaydi (shovqinni 20-30 dB ga pasaytiradi).
Tovush kuvvati 120 dB bo’lgan shovqindan himoyalanish uchun shlyomalardan foydalaniladi.

Download 60.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling