Referati. Reja: 1 Xalq xo`jaligiga umumiy ta`rif
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ishlar to`plami tarix
ijtimoiy ta’minot, madaniyat va san’at, turar-joy, kommunal xo’jaligi,
savdo-sotiq, umumiy ovqatlanish, boshqaruv, jismoniy-tarbiya, sport va boshqalar kiradi. Aholi turmush farovonligi darajasi mamlakatning faqat iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilangina эmas, balki ijtimoiy sohalar taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi. Ijtimoiy sohada davlat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning natijasi o’z aksini topadi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy siyosat эsa barcha aholi manfaatini ko’zlaydi. Aynan ijtimoiy sohada davlatning insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon bo’ladi. Ijtimoiy soha taraqqiyotining qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining umumiy kayfiyatini bеlgilaydi. Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirilishini ham ko‘zda tutgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadlari va bandligini izchil oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholining yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralari ham rejalashtirilgan. Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati Byurosi (ACTRAV) shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari uchrashuvi ham o‘tkaziladi. Keling, shu o‘rinda uchinchi ming yillikka kelib global dunyoda kasaba uyushmalarining oddiy insonlar hayotidagi o‘rni, uning maqsad hamda vazifalari aynan nimalarda ustuvor darajada namoyon bo‘layotganiga e’tibor qarataylik. Eng avvalo, bu — to‘liq va mahsuldor bandlikni ta’minlash, mehnatga munosib haq to‘lanishiga, ijtimoiy himoya va muloqotga erishish, qashshoqlikni yo‘qotish, inson huquqlari va kasaba uyushmalari erkinligini kafolatlash, mehnat munosabatlaridagi har qanday kamsitishlarni bartaraf etish, ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash, bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay chek qo‘yishga erishish hamda atrof-muhitni himoyalash kabi vazifalardan iboratdir. Afsuski, bugun global mehnat bozori bu maqsadlarga erishish yo‘lida yangidan-yangi to‘siqlarga uchramoqda va ta’bir joiz bo‘lsa, ular ijtimoiy-mehnat sohasining zamonaviy qurilmasi poydevorini nuratmoqda. Eng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchi muammo norasmiy bandlikning o‘sishi, norasmiy sektorning rivojlanishi va kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatbardoshlikning pasayishiga, eng yomoni, ijtimoiy dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha moliyalashtirilmasligiga olib kelmoqda. Ikkinchi muammo masofaviy va ijara tariqasidagi mehnat, autsorsing va autstaffing kabi mehnat mohiyatini tubdan yangilovchi formatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bu esa, o‘z- o‘zidan, mehnat munosabatlari sohasining shakl-shamoyilini keskin o‘zgartirib, ijtimoiy himoyani juda past darajaga olib keluvchi nostandart bandlik shakllarida namoyon bo‘lmoqda. Uchinchi global muammo raqamli texnologiyalarning ijtimoiy hayotda tobora faol qo‘llanilayotganiga borib taqaladi.E’tibor bering, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor rivojlanishi hisobiga yaqin 25 yilda sayyoramiz miqyosida ish joylarining 47 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Tahlilchilarning hisob- kitoblariga ko‘ra, yaqin 15 yildan so‘ng, deylik, buxgalteriya, sog‘liqni saqlash, advokatura, oliy ta’lim va xalq ta’limi sohalaridagi mavjud mansabdor xizmatchilar o‘rinlariga deyarli ehtiyoj qolmaydi… Demakki, bugungi dolg‘ali zamon bizning oldimizga asosi bundan 100 yil avval yaratilgan ijtimoiy himoyaning klassik tizimlarini qayta shakllantirishni taqozo etayotir. Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, boquvchisini yo‘qotishi munosabati bo‘yicha nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa, qarilik bo‘yicha pensiya, oilaviy nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati, ushbu xizmatlarning 5 turi to‘liq, 2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq afsuski, bugunga kelib ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari kamayib ketayapti. XMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini olishadi. Bu esa ko‘plab mamlakatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minotining yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir. Demak, bu borada muhokama qilinishi lozim bo‘lgan mavzular yetarli. Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan — xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. Va bu bilan u o‘z tajribasida jismoniy shaxs korxona va jamg‘armalarining beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi. O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy- madaniy sohaga: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o‘zaro yordam va aholini qo‘llab- quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o‘ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo‘nalishda alohida o‘rin tutadi. Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy- joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi. 2017 — 2020-yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda 50 mingga yaqin kvartirali, arzon, ko‘p qavatli uylar barpo qilinadi. Xususan, 2017-yilda xuddi shunday ko‘pkvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlarning ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta’minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog‘liq, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o‘nlab muammolar yig‘ilib keldiki, oqibatda u odamlarimizning normal hayot kechirishlariga monelik qildi. Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bugun maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suv bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi qoshida maxsus “Toza suv” fondi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — yo‘llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘l hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari ro‘yobga chiqarilayapti. Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin davr ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu esa yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta’minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingta yangi zamonaviy avtobus, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi. Havo va temir yo‘llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda temir yo‘l liniyalari qurilishi va elektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari “bizning eng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish” deya takror va takror ta’kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu so‘z, aslida, mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, o‘tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul voqealar yuz berdi. Tarixiy o‘zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u endi xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat e’tirofiga ham sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu- istaklar ro‘yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo‘l bilan xalqimiz o‘z kelajagi poydevorini yanada mustahkam bo‘lishini ta’minladi. Oliy va o‘rta ta’lim tizimi ham isloh etilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo‘ylashishimiz, dunyo sahnasida munosib o‘ringa ega bo‘lishimizga zamin yaratadi. Albatta, bu kabi yangilanishlar bugun barcha soha-yu tarmoqlarda yuz ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham o‘z faoliyatini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etib, aholi farovonligi yo‘lida izchil ishlarni olib borayapti. Albatta, bu borada dunyo tajribasi ham muhim o‘rin tutadi. Binobarin, davlat dasturiga binoan milliy mentalitetimizga mos keluvchi ilg‘or xorijiy tajribalarni qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yish va aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromad darajasini aniqlash, “iste’mol savati” tushunchasini hayotimizga amaliy qo‘llash mexanizmlarini yaratish lozim bo‘ladi. Shuningdek, dasturga ko‘ra, aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich ko‘tarish, ichki bozorda iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi. Mehnat bozorida talab mavjud bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ayni vaqtda ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga kengroq jalb etish ham muhim vazifalar sirasiga kiradi. Shularga mushtarak ravishda kasaba uyushmalarining ijtimoiy himoya sohasidagi vazifa va yumushlari kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturiy hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar uchun ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilmoqda: qonun hujjatlarida aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan chora- tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan’anaviy shakllarida mashg‘ul kishilar (norasmiy sektorda mashg‘ul, vaqtincha va mavsumiy xodimlar va boshqalar) hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora- tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, pensionerlar, nogironlar, balog‘atga yetmaganlar, yolg‘iz keksalar va yuqori darajadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalarini ijtimoiy himoyalash, “Korporativ ijtimoiy mas’uliyat” va “Ijtimoiy mas’ul korxona” konsepsiyasini ishlab chiqish va uni keng qo‘llash. Ushbu vazifalarni amalga oshirish jarayonida kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali moddiy qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi. Chunonchi, 2017-yilning o‘zida kasaba uyushmalari tomonidan 3073 nafar mehnat faxriysi va keksaning respublikamizdagi tarixiy shaharlar hamda diqqatga sazovor joylari bo‘ylab ekskursiyasi tashkil etilgan bo‘lsa, 592 nafar yolg‘iz keksa va nogironning kommunal to‘lovlari qoplab berildi. Davlat bayramlari munosabati bilan “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, u yerdagilarga 136,4 million so‘mlik maishiy texnika, kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar berildi. Ayni chog‘da jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 110 ming nafar keksa avlod vakili ish beruvchilar va kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 41,9 milliard so‘m miqdorida moddiy qo‘llab- quvvatlandi. Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2366 nafar urush va mehnat fronti faxriysi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirildi, 7385 nafar ishlovchi pensioner va kasaba uyushma a’zosining ota-onalari esa imtiyozli asosda, shuningdek, 344 nafar ishlovchi pensionerga bepul sog‘liqlarini tiklash uchun imkoniyat yaratib berildi.
Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling