Referati. Reja: 1 Xalq xo`jaligiga umumiy ta`rif
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ishlar to`plami tarix
Reja: 1.Milliy xavfsizlik faoliyatining vazifalari. 2.Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi. 3. O`zbekiston Respublikasi ta`lim va sog`liqni saqlash tizimining rivojlanishi. 4.Xulosa. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
Xizmat Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiladi.
mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlaydi va himoya qiladi.
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy maʼnaviy merosini himoya qiladi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha kurash olib boradi.
maxsus aloqa xavfsizligining taʼminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi. Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan “Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi ryespublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjuman ishida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan shug‘ullanuvchi davlat boshqaruvi organlari, sohada faoliyat olib borayotgan mutasaddi tashkilotlarning rahbar va mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarining xodimlari ishtirok etdi. Tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, anjman ishiga muvaffaqiyat tiladi. Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ta’kidlandiki,mamlakatimizning xalqaro munosabatlaridagi ochiq va amaliy hamda faol tashqi siyosatni olib borayotganligi natijasida ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obro‘si yildan- yilga tobora ortib bormoqda. Milliy iqtisodiyotimizning xalqaro doirada xavfsizligini himoya qilish asosida milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) tavsiyalari ijrosini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling