Referati. Reja: 1 Xalq xo`jaligiga umumiy ta`rif


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana05.01.2022
Hajmi1.42 Mb.
#221694
TuriReferat
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
Mustaqil ishlar to`plami tarix

ijtimoiy ta’minot, madaniyat va san’at, turar-joy, kommunal xo’jaligi, 

savdo-sotiq, umumiy ovqatlanish, boshqaruv, jismoniy-tarbiya, sport 

va boshqalar kiradi. Aholi turmush farovonligi darajasi 

mamlakatning faqat iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilangina эmas, 

balki ijtimoiy sohalar taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi. 

Ijtimoiy sohada davlat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy 

siyosatning natijasi o’z aksini topadi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy 

siyosat эsa barcha aholi manfaatini ko’zlaydi. Aynan ijtimoiy sohada 

davlatning insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon 

bo’ladi. Ijtimoiy soha taraqqiyotining qay darajadaligi ma’lum 

jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining 

umumiy kayfiyatini bеlgilaydi. 

Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, 

sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, 

arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, 

kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq 

tasavvurga ega bo‘lishlari uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga 

safar uyushtirilishini ham ko‘zda tutgan. Qolaversa, anjumanda yalpi 

majlislardan tashqari, aholining real daromadlari va bandligini izchil 

oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va 

sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini 

takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini 

oshirish, aholining yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi 

arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-

kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda 

modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga 

oshirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari, yoshlarga 

oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 

munozaralari ham rejalashtirilgan. 

Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining 

mehnatkashlar faoliyati Byurosi (ACTRAV) shafeligida Markaziy 




Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari uchrashuvi ham 

o‘tkaziladi. 

Keling, shu o‘rinda uchinchi ming yillikka kelib global dunyoda 

kasaba uyushmalarining oddiy insonlar hayotidagi o‘rni, uning 

maqsad hamda vazifalari aynan nimalarda ustuvor darajada 

namoyon bo‘layotganiga e’tibor qarataylik. 

Eng avvalo, bu — to‘liq va mahsuldor bandlikni ta’minlash, 

mehnatga munosib haq to‘lanishiga, ijtimoiy himoya va muloqotga 

erishish, qashshoqlikni yo‘qotish, inson huquqlari va kasaba 

uyushmalari erkinligini kafolatlash, mehnat munosabatlaridagi har 

qanday kamsitishlarni bartaraf etish, ayollar va erkaklar tengligini 

ta’minlash, bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay chek 

qo‘yishga erishish hamda atrof-muhitni himoyalash kabi 

vazifalardan iboratdir. 

Afsuski, bugun global mehnat bozori bu maqsadlarga erishish 

yo‘lida yangidan-yangi to‘siqlarga uchramoqda va ta’bir joiz bo‘lsa, 

ular ijtimoiy-mehnat sohasining zamonaviy qurilmasi poydevorini 

nuratmoqda. 

Eng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchi muammo 

norasmiy bandlikning o‘sishi, norasmiy sektorning rivojlanishi va 

kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning 

kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatbardoshlikning pasayishiga, 

eng yomoni, ijtimoiy dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha 

moliyalashtirilmasligiga olib kelmoqda. 

Ikkinchi muammo masofaviy va ijara tariqasidagi mehnat, 

autsorsing va autstaffing kabi mehnat mohiyatini tubdan 

yangilovchi formatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bu esa, o‘z-

o‘zidan, mehnat munosabatlari sohasining shakl-shamoyilini keskin 

o‘zgartirib, ijtimoiy himoyani juda past darajaga olib keluvchi 

nostandart bandlik shakllarida namoyon bo‘lmoqda. 

Uchinchi global muammo raqamli texnologiyalarning ijtimoiy 

hayotda tobora faol qo‘llanilayotganiga borib taqaladi.E’tibor bering, 

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor rivojlanishi 

hisobiga yaqin 25 yilda sayyoramiz miqyosida ish joylarining 47 

foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Tahlilchilarning hisob-

kitoblariga ko‘ra, yaqin 15 yildan so‘ng, deylik, buxgalteriya, 

sog‘liqni saqlash, advokatura, oliy ta’lim va xalq ta’limi sohalaridagi 

mavjud mansabdor xizmatchilar o‘rinlariga deyarli ehtiyoj 




qolmaydi… Demakki, bugungi dolg‘ali zamon bizning oldimizga 

asosi bundan 100 yil avval yaratilgan ijtimoiy himoyaning klassik 

tizimlarini qayta shakllantirishni taqozo etayotir. 

Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 

9 turi mavjud bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, 

baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi bo‘yicha yetkazilgan zararni 

qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, 

boquvchisini yo‘qotishi munosabati bo‘yicha nafaqa, kasallik 

bo‘yicha nafaqa, qarilik bo‘yicha pensiya, oilaviy nafaqa, nogironlik 

bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati, ushbu 

xizmatlarning 5 turi to‘liq, 2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi 

bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq 

afsuski, bugunga kelib ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan 

sari kamayib ketayapti. 

XMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi 

ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy 

ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi 

keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini olishadi. Bu esa ko‘plab 

mamlakatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya 

ta’minotining yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir 

og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, 

afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning 

ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, 

aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq 

joylariga taalluqlidir. 

Demak, bu borada muhokama qilinishi lozim bo‘lgan mavzular 

yetarli. 

Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda 

bo‘lmagan — xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi 

ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq 

bilan murojaat qildi. Va bu bilan u o‘z tajribasida jismoniy shaxs 

korxona va jamg‘armalarining beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy 

himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi. 

O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya 

sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga 

qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta 

taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy 

himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. 




Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-

madaniy sohaga: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, aholining kam 

ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltiriladi. Zero, 

milliy qadriyatlarga tayanish, o‘zaro yordam va aholini qo‘llab-

quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o‘ziga 

xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur 

yo‘nalishda alohida o‘rin tutadi. 

Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, 

bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va 

buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida 

ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip 

ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar 

siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. 

Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, 

qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-

joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida 

yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. 

Dasturga ko‘ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 

3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli 

uylar bunyod etildi. 

2017 — 2020-yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy 

qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar 

uchun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 

markazlarida va yirik shaharlarda 50 mingga yaqin kvartirali, arzon, 

ko‘p qavatli uylar barpo qilinadi. Xususan, 2017-yilda xuddi shunday 

ko‘pkvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq 

bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent 

shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga 

topshirilgani boshlangan ishlarning ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta. 

Biroq aholi farovonligini ta’minlash faqat uy-joy masalasi bilan 

bog‘liq, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan 

ijtimoiy sohada o‘nlab muammolar yig‘ilib keldiki, oqibatda u 

odamlarimizning normal hayot kechirishlariga monelik qildi. 

Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini 

kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish 

dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bugun maxsus dastur 

doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 




3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib 

borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, 

Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 

3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suv bilan ta’minlab, 

mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini 

qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini 

beradi. 

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy 

kommunal xizmat vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi qoshida 

maxsus “Toza suv” fondi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — 

yo‘llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. 

Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘l 

hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi 

asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil 

yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr 

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman 

markazlari, shahar tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi 

punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy ta’mirlash 

ishlari ro‘yobga chiqarilayapti. 

Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash 

dasturi asosida yaqin davr ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya 

rekonstruksiya qilinadi. Bu esa yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha 

qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta’minlashda ayni 

muddaodir. Qolaversa, 3 mingta yangi zamonaviy avtobus, 5,7 ming 

mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi 

avtobus yo‘nalishlari ochiladi. 

Havo va temir yo‘llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish 

maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminali 

yaratilishi bilan bir qatorda temir yo‘l liniyalari qurilishi va 

elektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari “bizning eng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi 

qilish” deya takror va takror ta’kidlab kelmoqda. Xalqona va 

samimiy aytilgan bu so‘z, aslida, mamlakat ijtimoiy siyosatini 

belgilab beradi. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, o‘tgan bir yildan ziyod 

vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul voqealar yuz berdi. 

Tarixiy o‘zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u endi 

xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq 




qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro 

hamjamiyat e’tirofiga ham sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ta’lim, 

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa sohalarida 

amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu-

istaklar ro‘yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta’lim 

vazirligining tashkil etilishi aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz 

tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo‘l bilan xalqimiz o‘z kelajagi 

poydevorini yanada mustahkam bo‘lishini ta’minladi. Oliy va o‘rta 

ta’lim tizimi ham isloh etilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari 

bilan bo‘ylashishimiz, dunyo sahnasida munosib o‘ringa ega 

bo‘lishimizga zamin yaratadi. 

Albatta, bu kabi yangilanishlar bugun barcha soha-yu tarmoqlarda 

yuz ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi 

ham o‘z faoliyatini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va 

texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida 

tashkil etib, aholi farovonligi yo‘lida izchil ishlarni olib borayapti. 

Albatta, bu borada dunyo tajribasi ham muhim o‘rin tutadi. 

Binobarin, davlat dasturiga binoan milliy mentalitetimizga mos 

keluvchi ilg‘or xorijiy tajribalarni qonunchiligimizda mustahkamlab 

qo‘yish va aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan 

daromad darajasini aniqlash, “iste’mol savati” tushunchasini 

hayotimizga amaliy qo‘llash mexanizmlarini yaratish lozim bo‘ladi. 

Shuningdek, dasturga ko‘ra, aholining real daromadlari, ish haqi, 

stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich 

ko‘tarish, ichki bozorda iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining 

keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi. 

Mehnat bozorida talab mavjud bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash 

tizimini kengaytirish, ayni vaqtda ishsizlarni kasbga tayyorlash, 

qayta tayyorlash va malaka oshirishga kengroq jalb etish ham 

muhim vazifalar sirasiga kiradi.  

Shularga mushtarak ravishda kasaba uyushmalarining ijtimoiy 

himoya sohasidagi vazifa va yumushlari kasaba uyushmalari 

Federatsiyasining dasturiy hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Unga 

ko‘ra, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar uchun ijtimoiy 

kafolatlar va ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyati quyidagilarga 

yo‘naltirilmoqda: qonun hujjatlarida aholining zaif qatlamlarini 

ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan chora-

tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, yolg‘iz keksalar, 




pensionerlar, nogironlar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam 

ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 

bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat 

organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning 

noan’anaviy shakllarida mashg‘ul kishilar (norasmiy sektorda 

mashg‘ul, vaqtincha va mavsumiy xodimlar va boshqalar) hamda 

ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora-

tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, pensionerlar, 

nogironlar, balog‘atga yetmaganlar, yolg‘iz keksalar va yuqori 

darajadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa 

toifalarini ijtimoiy himoyalash, “Korporativ ijtimoiy mas’uliyat” va 

“Ijtimoiy mas’ul korxona” konsepsiyasini ishlab chiqish va uni keng 

qo‘llash. 

Ushbu vazifalarni amalga oshirish jarayonida kam ta’minlangan 

oilalar, ko‘p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini 

jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali moddiy qo‘llab-

quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi. 

Chunonchi, 2017-yilning o‘zida kasaba uyushmalari tomonidan 

3073 nafar mehnat faxriysi va keksaning respublikamizdagi tarixiy 

shaharlar hamda diqqatga sazovor joylari bo‘ylab ekskursiyasi 

tashkil etilgan bo‘lsa, 592 nafar yolg‘iz keksa va nogironning 

kommunal to‘lovlari qoplab berildi. Davlat bayramlari munosabati 

bilan “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar 

uyushtirilib, u yerdagilarga 136,4 million so‘mlik maishiy texnika, 

kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar berildi. 

Ayni chog‘da jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 110 ming 

nafar keksa avlod vakili ish beruvchilar va kasaba uyushmalari 

mablag‘lari hisobidan 41,9 milliard so‘m miqdorida moddiy qo‘llab-

quvvatlandi. 

Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2366 nafar urush va 

mehnat fronti faxriysi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 

sog‘lomlashtirildi, 7385 nafar ishlovchi pensioner va kasaba 

uyushma a’zosining ota-onalari esa imtiyozli asosda, shuningdek, 

344 nafar ishlovchi pensionerga bepul sog‘liqlarini tiklash uchun 

imkoniyat yaratib berildi. 

 


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling