O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (sirtqi) yo`nalishi 204-guruh talabasi Erkinbayev Doniyorning bioinformatika fanidan
REFERATI
Topshirdi: Erkinbayev Doniyor
Qabul qildi: Nurmetova Manzura
Urganch-2023
MAVZU: Nukleotidli ketma-ketliklar bóyicha malumotlar bazalari. Polimorfizmlar, mutatsiyalar, nasliy kasalliklar, genetik xaritalar va tóliq genomlar
REJA:
1.Nukleotidli ketma-ketliklar bo’yicha ma’lumotlar ba’zalari.
2.Mutatsiyalarning nasliy kasalliklar genetikasi.
3.Genetik xaritalarning to’liq genomlari.
4. Xulosa
Nukleotidli ketma-ketliklar bo’yicha ma’lumotlar ba’zalari.
Biologik ma’lumotlar bazalari – ilmiy tajribalar, nashr etilgan adabiyotlar, tadqiqot texnologiyasi va hisoblash ishlari natijasida to’plangan bilimlardan saralangan hayot haqidagi fanga tegishli bo’lgan ma’lumotlar kutubxonasidir.
DNK, RNK va oqsil ketma-ketlilarini solishtiruvchi uch yirik electron bazalari mavjud:
· NCBI – Informatsion biotexnologlar milliy markazi (GenBank va boshqa ma’lumotlar bazalari)
· EBI – Yevropa bioinformatiklar instituti (EMBL va boshqa ma’lumotlar ba’zalari.
· DDBJ – Yaponiya DNK elektron ba’zasi.
GenBank 1982 yilda AQSH Sog’liqni Saqlsh Instituti qoshidagi biotexnologik ma’lumotlar ilmiy markazi (NCBI) tomonidan tashkil etilgan.
EBI - 1992 yilda gen tuzilishi ma’lumotlarini massivli analizlarini, ularni yeg’ish genomlar va hujayralar qoidasi bo’yicha yirik xalqaro markaz tashkil topdi. EBI institute
Geydelburgda molekulyar biologiya Yevropa labaratoriyasi qoshida tashkil etildi; 1995- yilda esa Buyuk Britaniyaga ko’chirildi.
DDBJ (DNA Data Bank Japan) -Yaponiya DNK ma’lumotlar bazasi bo’lib, turli genlar va organizmlar bilan bog’liq nukleotid ketma-ketliklar haqida ma’lumotga ega bo’lgan elektron resurslar bazasidir (1-rasm). DDBJ markazi INSDC a’zosi sifatida nukleotid natija ma’lumotlarini to’playdi (xalqaro nukleotid natija bazasi hamkorligida).
Do'stlaringiz bilan baham: |