Referati Topshirdi: Qudratova n qabul qildi: Maxmudov M
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish
Download 224.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Referat Nargiza
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish
ma’lum darajadagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi: Bozor talablarini hisobga olish, Ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish, Mahsulot ishlab chiqarishni talab joylarni yaqinlashtirish, Hududlarni o‘z-o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlash, Mamlakatni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, Xalqaro mehnat taqsimotini hisobga olish. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish mamlakatning ayrim hududlari, viloyat, tuman, xo‘jalik va ularning bo‘limlari miqyosida amalga oshiriladi. Shu boisdan ixtisoslashishning quyidagi shakllari mavjuddir: 1) Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish, 2) Xo‘jaliklararo ixtisoslashish, 3) Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashish. 4)Tarmoq ichidagi ixtisoslashish Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish- bu mamlakat viloyat va qishloq xo‘jaligi hududlari va boshqa shu kabi ma’lum territorial birliklarniig ixtisoslashishidir. Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish deganda xo‘jalik va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini ma’lum qishloq Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashtirish - bu xo‘jalik ichki bo‘linmalarida, kichik jamoa guruhlarini, fermalarni ma’lum qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashishi tushuniladi. Tarmoqlar ichidagi ixtisoslashtirish deganda xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalarini pirovard mahsulot ishlab chiqarishni texnologik bosqichlar bo‘yicha moslanishiga aytiladi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlari, o‘zicha alohida bo‘lgan xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalari o‘rtasida farqlanadi. Bu turdagi ixtisoslashish hozirda ayniqsa parrandachilikda, sut va go‘sht qoramolchiligida keng tarqalgan. Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada bir necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar tarkibida shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi. U yoki bu qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling