Referati Topshirdi: Qudratova n qabul qildi: Maxmudov M
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi
Download 224.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Referat Nargiza
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- asosiy tarmoq; - yordamchi tarmoq; - xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq; - qo‘shimcha tarmoq. Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi. Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi. O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi. Asosiy tarmoqlarga xo‘jaliklarning tovar mahsulotlaridagi nisbiy o‘rni eng yuqori bo‘lgan tarmoqqa kiradi. Yordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy tarmoqdan keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, hamda yer, suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil etiladi. Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat qilish ustaxonalari kirib ular ham kishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi. Kishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalom bor asosiy tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Birok, xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish orqaligina erishish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling