Referati Topshirdi: Qudratova n qabul qildi: Maxmudov M
Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi
Download 224.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Referat Nargiza
Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Tor ixtisosli xo‘jalik, 2) Ixtisoslashgan xo‘jalik, 3) Ko‘p ixtisosli (tarmoqli) xo‘jalik, Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (parrandachilik fabrikasi, bug‘doychilik komplekslari, parnik va teplitsa, meva kuchati yetishtirish va shunga o‘xshash xo‘jaliklar kiradi). Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning katta- kichikligiga qarab uchga bo‘linadi: a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib uning tovar mahsulotidan nisbati 50 % dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, chorvachilik, parrandichilik xo‘jaliklari). b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har biri tovar mahsulotidagi nisbati 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotining yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-chorvachilik, sabzavot- sutchilik, bog‘dorchilik-uzumchilik) v) Tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular xo‘jalik tovar mahsulotini to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtalavlagi-chorvachilik, don-kartoshka -chorvachilik va h.). Xo‘jaliklardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda asosiy tarmoq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanish ham mumkin. Bular sabzavot, meva, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlar kabilar. Uchinchi guruhga (ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga) - tarkibida ko‘p sonli qishloq xo‘jaligi tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol ko‘rinadigan ixtisosga ega bo‘lmagan xo‘jaliklar kiradi. Bu xo‘jaliklarda tarmoqlarni kamaytirilishi va ixtisoslashtirishni chuqurlashishi natijasida ixtisoslashgan xo‘jaliklar guruhiga o‘ta boradilar. Ixtisoslashtirish qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning asosi hisoblanadi. Chunki ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida ilmiy yutuqlarni, progressiv texnologiyalarni, yuqori ko‘rsatkichga erishgan xo‘jalik tajribalarini joriy etish uchun qulay imkoniyatlar mavjuddir. Ixtisoslashtirishni rivojlanishi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samaradorligini oshishining asosidir. Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi tizim ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi: • 1 gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hamda asosiy va aylanma vositalarning xar bir so‘mi hisobiga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati, • bir sentner mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-soat), • bir sentner mahsulot tannarxi, sum • bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hisobiga to‘g‘ri kelgan daromad miqdori, so‘m. • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabellik darajasi. Ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy asoslangan ishlab chiqarish tiplarini aniqlashga bog‘liq. Ishlab chiqarish tiplari deganida ixtisoslashishi, undagi tarmoqlarning mutanosibligi va ularning intensivlik darajasiga qarab guruhlarga bo‘linishi tushuniladi. Bu ishlab chiqarish tiplarining nomlanishi xo‘jaliklardagi asosiy tarmog‘ining tovar mahsuloti nisbatiga muvofiq belgilanadi. Qishloq xujaligi korxonalarining ishlab chiqarish tiplari xilma-xil bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda o‘zgarib boradi, Masalan: hozirda O‘zbekistonda paxtachilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, don-chorvachilik, qorakulchilik va boshqalar rivojlangan. Qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ishlab chiqarishi ixtisoslashishini chuqurlashishi va uning markazlashuvini kuchayishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini markazlashuvi-bu, ishlab chiqarish vositalarini, ish kuchi va mahsulot yetishtirishni yirik ixtisoslashgan korxona va birlashmalarda intilishi (to‘planish) jarayonidir. Yirik bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida intensiv texnologiyani jadallash, ishlab chiqarish vositalarini ratsional va nisbatan intensiv ishlash amalma oshriladi. Yirik korxonaning afzalligi mehnat unumdorligini oshirishda va mahsulot tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarishi ratsional tashkil qilish, hamda tinimsiz takomillashgan texnikani, fan va yuqori tajribalarni qullashda yaqqol ko‘rinadi. Qishloq xo‘jaligini markazlashtirish jarayoni tinimsiz amalga oshirilib u ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi. Qishloq xo‘jaligi- ishlab chiqarishida markazlashishning tinimsiz davom etishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga muvofiq korxona, kompleks va birlashmalarning katta-kichikligi optimal bo‘lishini taqozo etadi, chunki yirik qishloq xo‘jalik korxonasining maydonlarini afzalligi bu ma’lum darajagacha bo‘lib, o‘z navbatida bu daraja qishloq xo‘jaligining tarmoqlari o‘rtasida, hamda har xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir xilda bo‘lmaydi. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling