Referendum va yoshlar forumi


Download 19.82 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi19.82 Kb.
#1424761
Bog'liq
senariiy


26-aprel sanasida o’tkaziladigan “Referendum va yoshlar forumi” targ’ibot konserti dasturi.
1-boshlovchi:
Har jabhada dong taratgan dunyoda
Humosi ham mag’rur uchar samoda
Betakrordir , benazirdir jamolda
Bu mening vatanim O’zbekistonim !!!
2-boshlovchi:
Har yerlari gulshanlarga burkangan
Cho’p qadasang nihollarga aylangan
O’g’lonlari mardlik uchun yaralgan
Bu mening vatanim O’zbekistonim !!! 
1-boshlovchi:
Assalomu aleykum hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar!
2-boshlovchi:
Assalomu aleykum UrDUning ilmga chanqoq, har jabhada faol talaba-yoshlari!
1-boshlovchi:
Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish referendumining “Referendum va yoshlar forumi” deb nomlangan targ’ibot konsert dasturiga Xush kelibsiz!
2-boshlovchi:
Barchangizni 30-aprel sanasida bo’lib o’tadigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq referendumida faol ishtirok etishga, yurtimizda bo’lib o’tayotgan siyosiy jarayonga, o‘z kelajagimizga befarq bo’lmaslikka chorlab qolamiz!
1-boshlovchi:

Tadbirimizni ochib berish uchun so’z UrDU Yoshlar masalalar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, tarix fanlari doktori, professor Sanjarbek Davletovga. Marhamat.


Shior: Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki, konstitutsiya o‘zimizniki!
1-boshlovchi:
Biz o’zbek yoshlari, so’z naqqoshlari
Bu qadim turonning tillaqoshlari
Gphida tinch daryo, goh beboshlari
Hatto maysaranga ham titroq bo’lamiz
Vatan, biz To’maris, Shiroq bo’lamiz.
2-boshlovchi:
Endigi so‘z navbati Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ro‘zmetovga. Marhamat.
1-boshlovchi:
Yoshligim kel kuyga to’lgan qalbim oltin sozi bo’l
Men qo’shiq aytay jo’shib bir lahza jor ovozi bo’l
Dilga oqsin baxtli umrim, kuy bo’lib, ohang bo’lib
Sen uning oromi joni gulyori shoh nozi bo’l
2-boshlovchi:
Endi esa bayramona kayfiyat ulashish uchun navbatni Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabasi, xonanda Mashxurbek Babayev
1-boshlovchi
To’rt fasling ham gulzor, boychechak fasli,
To’rt fasling ham Vatan, bizniki asli,
Barkamol avlodning barkamol nasli
Tog’lari mardlari bilak bo’lamiz
Vatan, sen deb urgan yurak bo’lamiz.
2-boshlovchi
Endigi so’z navbat tadbirkor, Urganch tumani “Fayz-baraka” MCHJ rahbari, Xudayberganov Shokir Qadamboyevichga. Marhamat.
1-boshlovchi
Bir qo’shiq bor qalbimda avji ushshoqdir ajab
Tinglasa tog’lar mayin toshlar yumshoqdir ajab
Tebranib qator qushlar jo’r bo’lar ohangiga
Jayronlar raqqosa-yu sherlar mashshoqdir ajab
2-boshlovchi
Endigi navbat Estrada xonandasi San’at Safo ijrosidagi ajoyib taronaga. Marhamat.
1-boshlovchi
Navbatni Xorazm viloyati Kurash federatsiyasi raisi, Xalq deputatlari viloyati Kengashi deputati Rahimboy Sherjanovga bersak marhamat.
2-boshlovchi
Kuy har bir yurakka jo‘shqinlik, ko’tarinki kayfiyat bag’ishlaydi.
1-boshlovchi
Ha albatta to‘g’ri aytasiz. Keling hozirgi navbatni Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabasi Og‘abek Raimovga bersak. Marhamat.
2-boshlovchi:
Ajoyib tarona uchun rahmat. Hozirgi so’z navbatini Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi Ixtiyor Madrimovga bersak. Marhamat.
1-boshlovchi
Shodligim ham, quvonchim ham,
Kelajagi buyugim ham,
Alla aytgan ertagim ham,
Sen o’zing, sen o’zing, sen o’zing Vatan.


2-boshlovchi
Endigi navbat Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabasi Mansurbek Masharipov ijrosidagi ajoyib musiqiy guldasataga. Marhamat.
1-boshlovchi
Hozirgi so’z navbati Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi S.Allanazarovga marhamat.


2-boshlovchi
Osmonim ham, yulduzim ham,
Sururim ham, g’ururim ham,
Borlig’im ham, vujudim ham,
Ulug’imsan, sen o’zingsan, Vatan.
1-boshlovchi
Endigi navbat ajoyib taronaga. Ijro etadi. Universitet “Sayqal” musiqiy jamoasi. Marhamat.
1-boshlovchi
Vujudimda titragan jon Vatan,
Tomirimda jo’sh urgan qon Vatan,
To tirikmiz faxrlanib yashaymiz,
Sen uchun, sen uchun biz fido Vatan.
2-boshlovchi
Biz uchundir, bu yeru bu osmon,
Biz uchundir, biz uchun bu Vatan,
Biz uchundir, bu ishonch, bu imkon,
Birlashaylik, bir bo’laylik Vatan
Tugallash.


Download 19.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling