Reja : I. Kirish II. Asosiy qism. Hindistonda I. Gandi hukumatining faoliyati


HINDISTON – O’ZBEKISTON MUNOSABATLARI


Download 188.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana23.01.2023
Hajmi188.07 Kb.
#1113301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1975 – 2000 – YILLARDA HINDISTON

 
4. HINDISTON – O’ZBEKISTON MUNOSABATLARI.
O’zbekiston bilan Hindiston o’rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha
rivojlangan edi. O’zbekiston mustaqilligidan keyin bu aldqalar yangi bosqichga ko’tarildi. Ikki
mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida O’zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Sho’rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni
kengaytirishga birinchi bo’lib kirishdi.
Natijada Hindiston bilan O’zbekiston o’rtasida birinchi marta teng huquqli mamlakatlar kabi
iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va
ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar tuzildi.


Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamona-viy
mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun
1993-yilda Hindiston 10 mln. dollar mablag’ ajratdi.
1993-yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxo Rao O’zbekistonga rasmiy tashrif
buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, havo yo’llarini
ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan shug’ullanuvchi hind-o’zbek qo’shma
korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim tuzildi. Undan tashqari hind firmalari
respublikamizdagi sheriklari bilan jami 100 mln. dollarlik mahsulot yetkazib berish bo’yicha
15 ta savdo shartnomasiga imzo chekishdi.
O’zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam ko’rsatmoqda.
Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo’shma korxona tashkil etildi. O’zbekiston FAning
yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.
«O'zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabar grup» firmasi bilan yiliga
4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning «Modi», «Rotan»,
«Shri eksport» va boshqa firmalari O’zbekistonda katta obro’ qozondi.
2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo’ldi. 2004-yilda
Hindiston bilan O’zbekiston o’rtasida tovar ayirboshlash 150 mln. dollarga yetdi. 1993-yildan
beri 800 ga yaqin o’zbek mutaxassislari axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes
yo’nalishlari bo’yicha Hindistonda ta'lim olishdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy va
madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan.

Download 188.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling