Reja : I. Kirish II. Asosiy qism. Hindistonda I. Gandi hukumatining faoliyati


Download 188.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana23.01.2023
Hajmi188.07 Kb.
#1113301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1975 – 2000 – YILLARDA HINDISTON

3. HINDISTONNING TASHQI SIYOSATI.
Xindiston tashqi siyosati asoslarini ishlab chiqishda Xindiston mustaqilligi uchun
tolmas kurashchi, mustaqil Xindistonning birinchi Bosh vaziri Javoxarla'l Neruning o’rni
kattadir. Bu siyosatga "kuch ishlatmaslik" mafkurasi o’z ta'sirini o’tkazgan. J.Neru tinch-totuv
yashashning 5 asosiy qoidasi - "pancha shila" (xind tilida - 5 asosiy qoida) tamoyilini ishlab
chiqdiki, ular quyidagilardan iborat:
Davlatlarning xududiy yaxlitligi va suverenitetini o’zaro xurmat qilish;
bir-biriga xujum qilmaslik;
bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik;


tenglik va o’zaro manfaatdorlik;
tinch-totuv yashash.
Birinchi marta bu qoidalar 1954 yildagi Xindiston-Xitoy bitimida qayd etilgan bo’lib,
o’sha vaqtdan beri xalqaro munosabatlar amaliyoti va mafkurasidan chuqur o’rin egalladi.
Bu tamoyillar amalda Xindiston tashqi siyosatining zaminiga ayladi. J.Neru tomonidan
ishlab chiqilgan bloklarga qo’shilmaslik g’oyasi besh qoidaning uzviy davomi sifatida
ko’pchilik davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Xindiston boshqa mamlakatlarni o’ziga
bo’ysundirishga, ularning ichki ishlariga aralashishga xech qachon intilmadi, xamisha
bosqinchilik qurbonlarini ximoya qilish tashabbuskorlaridan biri, aslida bu xarakatning
norasmiy raxbari edi.
Xindiston bilan Pokiston o’rtasidagi munosabatlar bu ikki davlat o’rtasidagi eng qiyin
masala bo’ldi. Kashmir masalasi bu ikki davlat o’rtasida bir qator mojarolarni keltirib
chiqardi. Pokiston Xindistondagi musulmonlar xuquqlarini ximoya qilib keldi. Bu ikki davlat
ikkinchi jaxon urushidan keyin boshlanib ketgan "sovuq urush"da bevosita ishtirok
qilmasalarda, 50-yillar o’rtalaridan boshlab Xindiston siyosiy jixatdan SSSR bilan yaqinlashib
bordi. Pokiston esa G’arb mamlakatlari yordamiga tayandi. Xindiston bilan Pokiston o’rtasida
Kashmir masalasida 1965 yil avgust-sentabrida jiddiy qurolli to’qnashuv kelib chiqdi. 1971 yil
dekabrda keng ko’lamli urush avj oldi. "Sovuq urush" davrida Xindiston G”arb mamlakatlari
bilan yaqin aloqa o’rnatmagan edi. Iqtisodiy aloqalar rivojlangan bo’lsada, G’arb
davlatlarining bu yerga kiritayotgan sarmoyalari katta emas edi.
Sovet Ittifoqi parchalangan davrgacha , ya'ni 1991 yilgacha Xindistonga katta yordam
ko’rsatilgan edi. Uning ko’magi bilan Xindistonda 70 dan ortiq yirik sanoat korxonasi qurib
berildi, yana 50 tasi qurilayotgan edi. Xindiston armiyasi sovet qurol-yarog’i bilan
ta'minlangan edi. SSSR Xindistonning Pokiston bilan bo’lgan mojarolarida Xindistonni qo’llab
quvvatladi. Xindiston SSSR bilan xamkorlik qilish bilan birga o’zining tashqi siyosiy
g’oyalariga sodiqligini saqlab qoldi. U SSSRning qurollanish poygasida ishtirokini tanqidiy
baxoladi, sovet qo’shinlarining 1968 yilda Chexoslovakiyaga kirishini qoraladi, SSSRning
Afgonistondagi qurolli kurashiga salbiy munosabatda bo’ldi.

Download 188.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling