Reja : I. Kirish II. Asosiy qism. Hindistonda I. Gandi hukumatining faoliyati
Download 188.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1975 – 2000 – YILLARDA HINDISTON
II. ASOSIY QISM.
1. HINDISTONDA I.GANDI HUKUMATINING FAOLIYATI. J.Neru mamlakatda juda katta obro’ga ega edi va xalqni jipslashtirib to’ra olgan edi. 1964 yilda J.Neru vafot etgach mamlakatda vaziyat yomonlashib, XMKda xam ixtiloflar kuchaydi. Guruxlar, dinlar va kastalarning manfaatlari va ular raxbarlarining nafsoniyati partiyadagi vaziyatga kuchli ta'sir eta boshladi. J.Neruning safdoshi La'l Baxodur Shastay bosh vazir bo’lgan davrda (1964-1966 yy.) xam bu ziddiyatlarni bartaraf etib bo’lmadi. Shastri vafotidan keyin XMK raxbariyatida Bosh vazirni saylashda ajralish yuz berdi ularning bir qismi Indira Gandini yoqlab chiqdi, boshqalari esa eski an'analar tarafdori va konservativ qarashlarga ega Morarji Desaini yoqlab chiqdilar. Indira Gandi g’alaba qozondi va Xindistonning uchinchi Bosh vaziri bo’ldi. Indira Gandi (1917-1984) Shveysariya, Angliya va Xindiston o’quv yurtlarida taxsil ko’rgan. Milliy-ozodlik xarakatida ishtirok etgan. 1959-1960 yillarda Xindiston Milliy Kongressi partiyasi raisi, 1964-1966 yillarda axborot va radioeshittirish vaziri, 1966- 1977 va 1980-1984 yillarda Xindiston Bosh vaziri bo’lgan I.Gandi xukumati ilgari surgan dasturning asosida mamlakatdagi qashshoqlik va kambag’allikni tugatish vazifasi asosiy vazifa qilib qo’yilgan edi. Xukumat mayda ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishga, iqtisodiyotning davlat sektorini kengaytirishga qaratilgan siyosat olib bordi. 14 ta yirik bank, shu jumladan 2 ta ingliz banki milliylashtirildi, ulgurji savdo davlat qo’liga o’tdi, monopoliyalar faoliyati cheklandi, kichik yer uchastkalaridan olinadigan soliq kamaytirildi, yer maksimumi qiskartirildi. Bu tadbirlar XMKning omma ichidagi mavqeini mustaxkamladi. Tashqi siyosatda I.Gandi xukumati Pokistonga nisbatan qattiqqo’llik siyosatini olib bordi va amalda urushga tayyorlana boshladi. I.Gandining xozirgi zamonga xos bo’lgan karashlari va mamlakatni modernizatsiya qilishga intilishi XMKning keksa a'zolarini dastlab undan chetlashishlariga, keyinchalik esa unga muxolifatga aylanishlariga olib keldi. XMK raxbariyatining bir kismi 1969 yil noyabrda partiya saflaridan chiqib, XMKga muxolifatda bo’lgan Morarji Desai boshchiligidagi muxolifat xarakatini tashkil etdilar. 1971 yil martida o’tkazilgan umumxalq saylovlari I.Gandiga g’alaba keltirdi. Bundan tashqari I.Gandi shu yili yana bir muxim g’alabani qo’lga kiritdi, lekin bu harbiy g’alaba edi. Pokiston armiyasi sharqda mag’lubiyatga uchradi va bu yerda Pokistondan ajralib chiqqan xududlar Bangladesh davlatini tashkil qildilar, Pokiston armiyasi g’arbda xam qattiq mag’lubiyatga uchradi. Pokistonlik 10 million axoli xukumat ta'kibidan qochib, Xindistonga o’tdi. Xindistonning Pokiston ustidan erishgan g’alabasi va urushdan keyin olib borilgan muvaffaqiyatli muzokaralar I.Gandining obro’sini yanada oshirdi. Shundan keyin I.Gandi xukumati xalq ichida uncha ommaviy bo’lmagan tadbirlarni amalga oshirishga kirishdi va xalq ommasining xukumatdan noroziligi kuchaydi, bu esa muxolifat kuchlarining mustaxkamlanishiga olib keldi. Ana shunday tadbirlardan biri xind tilini davlat tiliga aylantirishga urinish edi. Xindistonda 16 ta yirik va qadimiy tillar mavjud bo’lib, xind tilini davlat tiliga aylantirish milliy shtatlar xuquqini kamsitishga olib kelardi. Bu esa Panjobdagi separatchilik xarakatining o’sishiga, bu yerda Panjobni ajralib chiqib, mustaqil Xoliston davlatini tuzish yo’lidagi xarakatining kuchayishiga olib keldi. Bunday xarakatlar Tamilnad (Madras), Kashmir, Uttar-Pradesh va Bixorda xam sodir bo’ldi. I.Gandining bu xatosi mamlakat uchun og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. Xindistonning 900 mln axolisining katta qismi (500 mln.ga yaqini) xindi tilida gaplashadi, lekin bu butun Xindiston axolisi degani emas edi. I.Gandi xukumatining obro’siga putur yetkazgan yana bir tadbir bu axoli tug’ilishi ustidan nazorat o’rnatishga bo’lgan urinish bo’ldi. Abort qilishga ruxsat etish, xomiladorlikga qarshi vositalarning joriy etilishi, tug’ilishni sun’iy ravishda kamaytirishni targ’ib etish mamlakatda umumxalq noroziligiga sabab bo’ldi. Xalq ommasining katta qismi bu tadbirlarni shaxsiy xayotga tajovuz qilish, oila asosini buzish, xindularning qadimiy an'analari va diniy urf- odatlarini oyoq osti qilish deb baxoladilar. Xindlar dinida bolalar xudo tomonidan beriladi, shuning uchun oilada qancha bola bo’lishi kerakligiga xech kim buyruq bera olmaydi deb xisoblaydilar. Natijada I.Gandining xalqning moddiy axvolini yaxshilash va yaqinlashib kelayotgan demografik xalokatni oldini olishni ko’zlab qilgan xayrli xarakatlari teskari natijaga olib keldi. Buning ustiga XMKning xukmron doiralari ichida korrupsiya, xokimyatni suiistemol qilish, mansab uchun kurash kabi salbiy xolatlar oshkora bo’la boshladi. Partiya uzoq vaqt xind xalqining ishonchidan foydalanib keldi va Osiyodagi barcha ozodlik kurashchilarida bo’lgani kabi, xam xokimyat tepasiga kelgach, ularda xam aynish, buzilish yuz berdi. Partiyada boshqaruvning avtokratik shakllariga intilish kuchayib, muxolifat chiqishlariga qarshi kuch ishlatish usullari qo’llanila boshlandi. I.Gandi o’z siyosatiga qarshi bo’lganlarga nisbatan konstitutsiya bo’yicha Bosh vazirga berilgan favqulodda choralarni qo’lladi. 1975 yil iyunda I.Gandi siyosatinisg dushmani bo’lgan minglab kishilar qamoqqa olindi, matbuot ustidan nazorat o’rnatildi. Ko’pgina siyosiy tashkilotlar taqiqlandi. Parlament kommunistlarning qo’llab-quvvatlashi bilan I.Gandiga favqulodda vakolatlar berib, uni amalda diktatorga (yakka xukmronga) aylantirdi. Muxolifatdagi partiyalar I.Gandining eski raqibi bo’lgan Morarji Desai boshchiligidagi Janata partiga (Xalq partiyasi) birlashdilar. Mamlakat fuqarolar urushi yoqasiga kelib qolgan edi. I. Gandi 1977 yildagi parlament saylovlarida mag’lubiyatga uchradi. Bu unga demokratiyadan chekinganlik va mamlakatda diktatura boshqaruvini joriy qilganlik uchun berilgan saboq va jazo bo’ldi. XMK 1947 yildan beri birinchi marta saylovlarda mag’lubiyatga uchrashi edi. Janata parti barcha okruglarda g’alaba qozondi. Eng achinarlisi I.Gandi o’zining qadrdon okrugida xam mag’lubiyatga uchradi, bu okrug saylovchilari ilgari xamma vaqt uning oila a'zolari uchun ovoz berardilar. Saylovlardan keyin XMK chuqur tanglikni boshdan kechirdi. Desai xukumati I.Gandi va Kongress faoliyatini tekshirishga kirishdi. XMK raxbariyatida xam I.Gandiga xurujlar kuchaydi. 1978 yil dekabrda I.Gandi parlament imtiyozlarini suiiste'mol qilganlikda ayblanib, qamoqqa olindi va bir xafta qamoqda o’tirdi. Tez orada uning avvalgi shuxrati qayta tiklandi. I.Gandi XMK safidan chiqib, o’z partiyasi - Xindiston Milliy kongressi (Indira) - XMK(I)ni tuzganligini, bu partiya M.Gandi va J.Neru ishlarining chinakam davomchisi sifatida siyosat yuritishini e'lon qildi. XMK a'zolarining ko’pchiligi I.Gandiga ergashdilar. Bu orada M.Desai xukumati mamlakatni barqarorlashtirish, inflyasiyani to’xtatishga qodir emasligi ma'lum bo’ldi. Xukumat ichida koalitsiyaga kirgan turli partiyalar fraksiyalari ichida kurash kuchaydi, mamlakatda separatchilarning chiqishlari kuchaydi. 1980 yil yanvarida I.Gandi va XMK(I) saylovlarda g’alaba qozonib, yana xokimyatga keldi. I.Gandi kuchli xukumat tuzish, inflyatsiyani jilovlash va baxolar oshishini to’xtatishga va'da berdi. Xukumat tartibsizliklarga qarshi qattik kurash olib borib, tez orada mamlakatda tartib o’rnatdi. Yirik sarmoyadorlar uchun ilgari belgilangan cheklashlarning ko’pchiligi bekor qilindi. Iqtisodiyot rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratildi. Shu bilan birga xukumat axolining eng nochor qatlamlari xuquqlarini taminlagan xolda jamiyatni birlashtirish yo’lini xam davom ettirdi. Lekin xukumat jamiyatda tarqoqlikning kuchayish xolatiga duch kela boshladi. Braxmanlarga qarshi kayfiyat kuchaydi. Yuqori kastalarga mansub ayrim kishilar "xorijonlar"ga xujum qilib turardi. Qishloqlarda yuqori kastalarning vakillari "xorijonlar"ni xukumat bergan yerdan quvib chiqarish uchun qurolli guruxlar tuzardilar. Oziq-ovqat maxsulotlari narxlarining o’sib borishini to’xtatib bo’lmadi. Bundan tashqari mamlakat yaxlitligiga taxdid solayotgan etnik separatchilik eng qiyin muammo bo’lib qolmoqda edi. Mustaqillik davrida Xindistonda tili, madaniyati, dini bilan bir- biridan farqlanuvchi ko’pgina xalqlarning jipslashuvi sodir bo’ldi, lekin iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar shu xalqlar o’rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirdi. Qo’shni davlatlarda o’z qabiladoshlari yashaydigan yoki aloxida diniy birlik kasb etgan axolidan iborat ayrim shtatlarda separatchilik ayniqsa kuchli namoyon bo’ldi. Masalan mamlakat janubida yashovchi tamillar orasida qo’shni Shri-Lankadagi tamillar bilan birga aloxida davlat tuzish g’oyasi keng yoyildi. “Tamil Ilam ozodligi yo’lbarslari" deb atalgan xarbiy tashkilot 1983 yilda Shri Lankaga qurolli kurash boshladi va uni keyinchalik Xindistonda xam davom ettirdi. Bixor shtatida xindlarga qarshi qabilalar harakati muxtoriyat shiorini ilgari surdi. Kashmirda esa Pokiston bilan qo’shilish kayfiyati mavjud. 1990 yilda Pokiston bilan urush chiqishiga oz qoldi. 80-yillar oxiridan boshlab o’zaro to’qnashuvlar oqibatida Kashmirda 16 ming kishi xalok bo’ldi. 1983 yilda Assamda diniy va etnik asosda juda katta ommaviy g’alayonlar bo’lib o’tdi. Nougong shaxrida Bangladeshdan kelgan bir necha yuz muxojirlar o’ldirildi. Panjobda sikxlar terrorizmi xukmronlik qilib, xar qadamda siyosiy qotilliklar sodir qilinar, etnik va diniy asosdagi to’qnashuvlar sodir bo’lardi. Sikxlar mustaqil Xoliston davlatini tuzishni talab qilib chiqmokda edilar. Panjob Xolistoning eng rivojlangan qismi bo’lib, mamlakatda g’alla yetishtirib berishda katta ro’l o’ynar edi. Uning mustaqil bo’lib ajralib chiqishi mamlakatning markaziy xududlarida oziq-ovqat muammosini keltirib chiqarardi. Buning ustiga Nangaldagi eng yirik elektr stansiyasi mamlakat shimolidagi elektr energiyasining yarmini ishlab chiqarardi va Panjobning mustaqil bo’lishi zavod va fabrikalarning yarmini to’xtab qolishini bildirar edi. Sikxlar talablariga yon berish nimalarga olib kelishini yaxshi bilgan I.Gandi mamlakat yaxlitligini saqlab qolish yo’lida qatiyat bilan xarakat qildi. U fuqarolar urushini oldini olish uchun 1984 yil 5 iyunda sikxlarning Amritsar shaxaridagi muqaddas Oltin ibodatxonasini (Xaar-Mandir) jang bilan qo’lga kiritishga buyruq berdi. Bu ibodatxona sikxlarning eng muqaddas ziyoratgoxi bo’lib, bu yerda ularning muqaddas kitoblari kecha-kunduzi mutoalaa qilinar, xar kuni yuz minglab ziyoratchilar ziyoratga kelar edilar. Bu xujum Xindistonning yaxlitligini saqlab qolish yo’lida I.Gandi tomonidan o’ylamay qo’yilgan qadam edi. Sikxlar Oltin ibodatxonani jon-jaxdlari bilan ximoya qildilar, qurolsiz olomon askarlarga qarshi chiqdi. Oltin ibodatxona uchun bo’lgan jangda 300 dan ortiq axoli o’ldirildi. Ibodatxonadan katta miqdorda qurol-yarog’ topildi. Xukumat qo’shinlari bundan tashqari yana 37 ibodatxonani shturm bilan oldilar. Butun Panjob qaxr-g’azab o’tida yonar edi va sikxlarning separatchilik chiqishlari butun mamlakatga yoyildi. Tez orada separatchilar I.Gandidan o’ch oldilar. 1984 yil 31 oktyabrda I.Gandi o’z qarorgoxida o’zining sikx qo’riqchisi tomonidan otib o’ldirildi. Download 188.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling