Reja : I. Kirish II. Asosiy qism. Hindistonda I. Gandi hukumatining faoliyati


HINDISTON XX ASRNING SO’NGGI CHORAGIDA


Download 188.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana23.01.2023
Hajmi188.07 Kb.
#1113301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1975 – 2000 – YILLARDA HINDISTON

2. HINDISTON XX ASRNING SO’NGGI CHORAGIDA.
Shundan keyin sikxlarga qarshi shafqatsiz o’ch olish boshlandi. Minglab sikxlar
o’ldirildi, 50 mingi uy-joysiz qolib, boshqa shtatlarga borib yashirinishga majbur bo’ldilar.
XMK I.Gandining o’rniga uning o’g’li Rajiv Gandini (1944-1991) Bosh vazir qilib tayinladi. U
Xindiston onasi ramziga aylangan o’z onasining mamlakatni birlashtirish yo’lini davom
ettirdi. Panjob yana asosiy muammo bo’lib qoldi.
R.Gandi xukumati xususiy sektorga tayanish va milliy iqtisodiyotni zamonaviy izga
ko’chirish dasturini taklif qildi. Yirik sarmoyadorlarga qo’shimcha imtiyozlar sifatida to’g’ri
soliqlar qisqartirildi, meros solig’i bekor qilindi, yirik kompaniyalar ustidan o’rnatilgan
nazorat susaytirildi. Mayda tadbirkorlarga xam yordam ko’rsatildi. Natijada sanoat ishlab
chiqarishning yillik o’sishi sur'atlari ortdi va 1984-1989-yillarda yiliga o’rta xisobda 9 foizga
yetdi.
Lekin R.Gandi xukumatining yirik sarmoyadorlar bilan munosabatlari juda xam yaxshi
emas edi. 1986 yilda imtiyozlarning bir qismi bekor qilindi. Mudofaa va moliya vaziri V.P.Singx
xalqqa yoqish uchun daromadlarning qiskarishiga va yirik xususiy firmalarning soliqni
to’lamasligiga qarshi kampaniyani avj oldirdi. Xalq ommasi ichida obru orttirgan V.P.Singx
1987 yilda xukumat tarkibidan chiqib, muholifat partiyasini tuzishga kirishdi. R.Gandi
xukumati 1988-1989 yillarda milliy va xorijiy xususiy sarmoyadorlarga yangi imtiyozlar berdi.


XMK(I) xukumati ijtimoiy soxada "xorijonlar"ga yordam ko’rsatishni davom ettirdi.
Ayni vaqtda xukumat kuch ishlatish va politsiya vositasida Pajom, Assom, Bixar, Jammu va
Kashmirdagi va boshqa joylardagi ayirmachilar va jangarilarning xarakatini bostirdi. I.Gandi
o’limidan keyin sikxlarga qarshi o’tkazilgan qatag’onlardan keyin ularning chiqishlari yanada
kuchaydi. Panjob doimiy terrorchilik xarakatlari ichida qoldi. Axolining chiqishlari, markaziy
xukumat qo’shinlari bilan to’qnashuvlar, terrorchilik xarakatlari to’xtovsiz davom etardi.
Gandi sikxlarning isyonkorlik chiqishlariga uzil-kesil barxam berish maqsadida 1987 yil
mayida Panjobning muxtoriyat xuquqidan maxrum qilib, uni markaziy xokimyatga
bo’ysunuvchi shtatga aylantirdi. Bunga javoban Panjobda markaziy xokimyatga qarshi
g’alayonlar kuchayib ketdi. R.Gandi 1987 yil mayida yana Oltin ibodatxonani qurol kuchi bilan
egallashga buyruq berdi. Ibodatxona uchun bo’lgan janglarda minglab odamlar xalok bo’ldi.
Yana butun shtat bo’ylab zo’ravonlik, o’t qo’yish va qotilliklar avj oldi. Xindiston parlamenta
R.Gandining iste'foga chiqishini talab qildi. Parlament uni korrupsiya va vazifaziga
layoqatsizlikda ayblab, ishonchsizlik bildirdi va u 1989 yil boshida iste'foga chiqdi. Lekin
R.Gandi partiyadagi raxbarlik ro’lini saqlab qoldi.
1989 yil noyabrida parlament saylovlari bo’lib o’tdi. Muxolifatchi Janata dal partiyasi
(V.Singx), Xindlar partiyasi, Bxaratiya Janata partilar XMK(I)ning yakka hokimligiga qarshi
kurashish uchun saylov okruglarini o’zaro bo’lishib olish xaqida til biriktirdilar. Saylovlarda
XMK(I) ovozlarning uchdan bir qismidan sal ko’prog’ini oldi. Parlament o’rinlarini 25 foizini
egallagan Janata dal (Xalq partiyasi) boshqa muxolifatchi partiyalar yordamida xukumat
tuzdi. Xukumat boshlig’i Singx yirik sarmoyadorlarning siyosat soxasidagi ta'siriga qarshi
kurashni o’z xukumati siyosatining asosi deb e'lon qildi. Asosiy e'tibor qishloq xo’jaligi va
mayda sanoatni rinojlantirishga qaratildi. Singx "Biz xalq bevosita ishtirok etadigan
xukumatni –kambag’allar xukumatini tuzamiz", deb va'da berdi. Xalqqa yoqish uchun
tanlangan bu yo’l jamiyatning oliy tabaqalariga, uning sarmoyadorlar doirasiga yoqmadi. 1990
yil noyabrga kelib xukmron Janata dal parchalanib ketdi.
1991 yil iyun oyiga muddatidan oldingi parlament saylovlari belgilangan edi. Saylov
mavsumi davrida, 1991 yil 21 mayda XMK(I) raxbari Rajiv Gandi tamil terrorchisi tomonidan
o’ldirildi. Uning o’limi bilan Kongress tarixida, butun Xindiston tarixida Nerular oilasi bilan
bog’lik butun bir davr nixoyasiga yetdi. Bu oila vakillari 39 yil mobaynida mamlakatni
boshqarib keldilar.
Saylovlarda yana XMK(I) g’alaba qozonib, R.Gandi xukumatida tashqi ishlar vaziri
bo’lib ishlagan P.V.Narasimxa Rao Bosh vazir bo’ldi. Yangi Bosh vazir Xindiston iqsodiyotini
yanada erkinlashtirishdan, davlatning yirik monopoliyalar bilan ittifoqidan iborat R.Gandi
yo’lini davom ettirdi. Bu esa 90-yillarda iqtisodiyotning barqaror sur'atlar bilan o’sishini
ta'minladi. Shu bilan birga 90-yillardan boshlab mamlakatda diniy ayirmachilik yana kuchaya
boshladi. 40-yillarda alanga ola boshlagan xind- musulmon mojarosi misli ko’rilmagan
darajada
kuchaydi. Jangarilarning oshkora tashkilotlari ta'sirida 1992 yil 6 dekabrda Uttar-Pradesh
shtatida fojiali voqealar sodir bo’ldi. Ashaddiy xind guruxlari temir tayoqlar bilan qurollanib,
musulmonlarning muqaddas ibodatgoxi - Bobur masjidiga xujum qilib, buzib yubordilar,
keyin musulmonlarning uylari va do’konlariga o’t qo’ydilar. Xukumat tartibsizliklarni
bostirish uchun kuch ishlatdi, lekin tartibsizliklar boshqa shaxarlarga xam ko’chdi 1993 yil
yanvarida Xindistonning 12 million aholi yashaydigan eng yirik shaxri Bombeyda xam xind-


musulmon to’qnashuvlari bo’lib o’tdi. Xukumat qiyinchilik bilan tartibsizliklarni bartaraf eta
oldi, lekin musulmonlar bilan xindlar orasidagi adovatlar saqlanib qolaverdi.
Musulmonlarning siyosiy tashkilotlari kuchaya boshladi. Bxarata janata partiyasi (BJP) o’z
mafkurasiga ko’ra diniy bo’lmagan XMI(I) partiyasiga qarshi tura oladigan ta'sirli siyosiy
kuchga aylandi.
1996 yil mayidagi parlament saylovlarida XMK(I) 28 %, BJP 23,5%, so’l partiyalar
uyushmasi 20 % ovoz to’pladilar. XMK(I)ga qarshi boshqa kuchlar madadi bilan BJP raxbari
Atal Bixari Vijpai xukumat tuzdi. Bu xukumat mustaqil Xindiston tarixida birinchi marta
induizm shovinizmini o’zida aks ettirib, musulmonlarga dushmanlik mavqeida turdi. Rajiv
Gandi o’limidan keyin Xindistonning ichki siyosiy vaziyati ancha murakkablashdi. Panjobdagi
mamlakatni parchalab yuborishga urinayotgan separatchi va ekstremistik kuchlar o’z
faoliyatini kuchaytirdilar. Diniy-etnik va kastalar o’rtasidagi to’qnashuvlar ko’paydi, xukmron
partiya ichidagi fraksion kurash o’sdi. Muxolifatchi partiyalar xam o’z faoliyatini
kuchaytirdilar. Xindiston mustaqillikga erishgan kunidan keyinchalik uzoqlashgani sayin
uning oldidagi muammolar xam shunchalik ko’payib bormoqda. Mamlakatda Xindiston Milliy
Kongressining (XMK(I)) avvalgi ta'siri yo’qolib bormoqda va xozirda Xindistonda ko’p partiyali
tizim shakllanmoqda.
1998-yil fevraldagi parlament saylovlarida Bxarati Janata partiyasi va uning yetakchisi
Atal Bexari Vajpai 19-mart kuni bosh vazir etib savlandi. Oktabr oyidagi saylovlarda Vajpai
rahbarligidagi siyosiy alyans g‘alaba qozondi va BJPning yetakchi partiya sifatidagi
ahamiyatini mustahkamladi. Hukumat tepasiga millatchilar kuchlarining kelishi Pokiston
bilan aloqalarni qaytadan ziddiyatga olib keldi. l999-yil may-iyunda Pokiston bilan
chegaradosh Kashmirda ikki mamlakat qo‘shinlari o‘rtasida keyingi o‘n yillikdagi eng og‘ir
to‘qnashuv yuz berdi. Shu yilning aprel oyida Hindiston Rajastonda bir necha bor yadro quroli
sinovini o‘tkazdi. Bunga javoban Pokiston ham o‘z yadro qurolini bir necha marta sinovdan
o‘tkazdi. Ikki davlat o‘rtasidagi janjal yangi bosqichga ko‘tarild.
1997-yil iyulda Hindistonda muhim voqea yuz berdi. Naravanan mamlakat prezidenli
etib saylandi. U Hindistondagi eng quvi shudra mazhabi vakili bo‘lib shu paytgacha birorta
yuqori davlat lavozimida ishlamagan. Bu hol mamlakatda mazhablar o‘rtasidagi
munosabatlaming ijobiy yo’lga qo‘yilishiga umid bildirar edi. 2002- yilda mamlakat prezidenti
etib D.A.Kalam saylandi. 2004-yil yanvarda Islomobodda Hindiston bosh vaziri Vadjpai va
Pokiston prezidenti uchrashdi, ular ikki mamlakat o'rtasidagi mojaroni tinch yo'l bilan hal
etishga intilishlarini namoyon etishdi.

Download 188.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling