Reja : I. Kirish II. Asosiy qism. Hindistonda I. Gandi hukumatining faoliyati


partiyalari: Hindiston Milliy Kongressi (HMK), Bxaratiya djanata parti (BDP)


Download 188.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana23.01.2023
Hajmi188.07 Kb.
#1113301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1975 – 2000 – YILLARDA HINDISTON


partiyalari: Hindiston Milliy Kongressi (HMK), Bxaratiya djanata parti (BDP).
Hindiston sanoatida to‘qimachilik, mashinasozlik, tog‘- kon, neftni qazib olish neftni
qayta ishlash, farmatsevti- ka, elektronika va kimyo sanoati muhim o‘rin tutadi. Qishloq
xo‘jalik mahsulotlari YMMning 30% ini tashkil etadi. 2004-yil YIM miqdori 3319000 mln
dollarni (aholi jon boshiga — 3100 dol.) tashkil etgan.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 61850 km. Avtomobil yo’llari — 1970000 km (960000 km
qattiq qoplamali). Ichki suv yo‘llari — 16180 km. Asosiy port- lari: Bombey, Madras.
Hozirgi Hindiston hududida insoniyatning qadimgi sivilizatsiyalaridan biri paydo
bo‘lgan. M. a. 3-ming yillik o‘rtalaridan m. a. 2-ming yillik o‘rtalari-gacha Hinidiston hududida
Hind-oriy qabilalari vayron qilingan Xarappa sivilizatsiyasi rivojlandi. М. a. VI asrda
Hindistonning shimoliy-g‘arbiy qismi Fors imperiyasi hukmronligiga o‘tdi. Musulmon
bosqinchilari bosqiniga qadar (X asr oxiri) Hindiston hududida hinduizm madaniyati va dini


rivojlangan turli davlatlar hukmronlik qilgan. 1398—1399-yillarda Amir Temur tomonidan
Hindistonnnig katta qismi bosib olindi va Dehli saltanati o‘zining ko‘pgina vassallaridan
ajralib, kuchsizlanib qoldi. Zahiriddin Bobur 1526-yilda Dehlini bosib olib, mamlakat
hududida XVIII asrgacha, ya’ni yevropaliklar tomonidan bosib olinguniga qadar o‘zining
rivojlanishi cho‘qqisiga erishgan buyuk imperiyaga asos soldi. Bu hududda o‘z ta’sir doirasiga
ega bo‘lish uchun kurash Fransiya va Angliya o‘rtasida kechdi va Angliyaning g'alabasi bilan
tugadi. Britaniya tomonidan yangi mustamlakani o‘zlashtirish XVIII asrning oxiri va XIX
asrning boshlarida faollashdi.
1818-yilda hindlarning oxirgi qarshiligi sindirildi. XX asrning 40-yillarida Maxatma
Gandi rahbarligidagi Milliy Ozodlik harakati 1947-yil mamlakatning mustaqillikka erishishiga
olib keldi, lekin mamlakat ikki qismga — Hindiston va Pokiston Islom Respublikasiga bo‘lindi.
Ikkinchi jaxon urushi Xindistonning ichki va xalqaro axvolida tub uzgarishlarni amalga
oshirdi.Angliya tomonidan Xindistonning ikkinchi jaxon urushiga tortilishi mamlakat kishlok
xo’jaligining batamom izdan chiqishiga olib keldi. Urushdan oldin xam Xindiston oziq-ovqat
maxsulotlarini, xususan guruchni chetdan olib kelardi. Urush yillarida yaponlar Xindixitoyni
okkupasiya qilishgach, bu mamlakatlardan Xindistonga guruch olib kelish to’xtab qoldi.
Buning ustiga Xindiston Shimoliy Afrikada jang qilayotgan ingliz va xind qo’shinlarini oziq-
ovqat maxsulotlari bilan taminlashi kerak edi. Natijada ichki bozorda bug’doy va guruchning
narxi 5 baravar o’sdi. 1943 yilga kelib Xindistonda ocharchilik kuchaydi faqat Bengaliya
viloyatining o’zidagina bir necha million kishi ochlikdan o’ldi. Urush yillarida paxta va kanop
eksporti keskin qiskarib, narxlari pasayib ketdi. Ijara xaqi oshirildi, yangi soliqlar joriy qilindi.
Dexqonlarning 70 %i sudxo’rlar va zamindorlardan qarzdor bo’lib qoldilar. Bularning
xammasi kishloqlarda norozilikning kuchayishiga va ko’p sonli g’alayonlarga olib keldi.
Urush yillarida Xindiston sanoatida xam bir muncha o’zgarishlar buldi. Sanoat
mahsulotlariga extiyoj o‘sganligiga karamay, ingliz ma'muriyati bu yerda sanoatning
mashinasozlik, qurol ishlab chikarish kabi tarmoqlarining rivojlanishiga qarshi chiqdilar.
Lekin shunga qaramasdan xind burjuaziyasi o’z sarmoyasini ancha ko’paytirishga erishdi.
Xind tadbirkorlari inglizlarning bir qator sanoat korxonalarining aksiyalarini sotib olishga
muvaffaq bo’ldilar. Xind ishchilarining soni 6 million kishiga yetdi.
Urushdan keyingi yillarda xam xind xalqi og’ir qiyinchiliklarni boshdan kechirdi.
Qishloq xo’jaligi inqiroz xolatida edi. Mamlakatda ocharchilik xukm surardi. Urush davrida
xarbiy xizmatga chaqirilgan 2 million kishi armiya safidan bo’shatilib, ishsizlar safini
to’ldirgan edi. Xarbiy maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar yopilib, ishsizlar soni yanada
ko’payib, narxlar oshdi.
Ana shunday sharoitda mamlakatda ingliz mustamlakachilariga qarshi milliy- ozodlik kurashi
kuchaydi. Bu kurashga Xindiston axolisining barcha qatlamlari - milliy burjuaziya, ishchilar
sinfi, dexqonlar, ziyolilar, o’quvchi yoshlar faol qo’shildilar.
1945 yil yozida ozodlik kurashining yuksalish davri boshlandi. Bu davrda Banoras,
Kalkutta, Bombey va boshqa shaxarlarda inglizlarga qarshi katta qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Bu
harakat armiya va flotga xam yoyildi. 1946 yil fevralda Bombeyda turgan "Talvar" xarbiy
kemasida xarbiy dengizchilar qo’zgoloni boshlandi. Ular xarbiy-dengiz bazasini egallab
oldilar, dengizchilarni xarbiy uchuvchilar va boshqa xarbiy qismlar xam qo’llab- quvvatladi,
Bombey axolisi xam ular tarafida bo’ldi, xind askarlari qo’zg’olonchilarga qarshi o’q otishdan
bosh tortdilar.


Inglizlar qo’zgolonni shafqatsizlik bilan bostirdilar, Bombeyda 300 dan ko’proq odam
o’ldirilib, 15 mingga yaqini yarador bo’ldi, minglab odamlar turmalarga tashlandi. Lekin ingliz
mustamlakachilari xukmronligi inqirozga uchraganligi yaqqol ko’rinib qoldi. Armiya xam
ularga bo’ysunmay, xalq tarafida bo’ldi.Mustamlakachilik ma'muriyati milliy-ozodlik
xarakatini zaiflashtirish maqsadida 1946-1947 yillarda bir necha tadbirlarni amalga oshirdi.
1946 yil boshida Markaziy provinsiyalardagi qonunchilik kengashlariga saylovlar o’tkazish
belgilandi. Mustamlakachilar Xindiston Milliy Kongressi (XMK) va Musulmon ligasi o’rtasida
ziddiyat keltirib chiqarishga urindilar.
Saylovlarda barcha asosiy siyosiy partiyalar ishtirok etdi. XMK Xindistonning to’la
mustaqilligi uchun kurash shiori bilan chiqdi. Musulmon ligasi Xindiston xududida musulmon
davlati tuzish (Pokiston - "soflar davlati") shiori bilan chiqdi. Natijada XMK mutlaq ko’pchilik
ovoz olishga erishdi. 1946 yil baxorida Xindiston vitse-qiroli Ueyvell Xindistonda vaqtli
xukumat tuzish taklifi bilan chiqdi. Bu xukumatda 40 % o’rinni induslar, 40 % o’rinni
musulmonlar,20 % o’rinni boshqa guruxlar egallashi ko’zda tutilgan edi. Inglizlar shu yo’l
bilan indus-musulmon munosabatlarini keskinlashtirishga erishdilar.
1946 yil avgustida XMK Javoxarla'l Neru boshchiligida o’zining Muvaqqat xukumatini
tuzdi.
Musulmon ligasi uning tarkibiga kirishdan bosh tortdi va Pokiston davlatini tuzish
uchun ochiq kurash boshlaganligini e'lon qildi. Natijada indus-musulmon munosabatlari
keskinlashib, bir qator kurolli to’qnashuvlarga aylanib ketdi.
1947 yil iyunda Xindiston vitse-qiroli Mauntbetten xokimyatni Xindistonga berish
rejasini e'lon qildi. Xindiston diniy belgilarga qarab Xindiston Ittifoqi va Pokistonga ajratildi.
Yangi tashkil topgan davlatlar dominion xuquqini oldilar. Maxalliy knyazliklarga o’zlari
xoxlagan dominionga kirish xuquqi berildi. Mamlakatning ajralishi siyosiy to’qnashuvlar va
indus-musulmonlar o’rtasida qonli to’qnashuvlar, qirg’inlar bilan birga bordi. Juda ko’p sonli
qochoqlar musulmon xududlaridan xindlar xududiga va aksincha xindlar xududidan
musulmonlar xududiga ko’chib o’tdilar. Birgina Panjobning o’zida qirg’inlar natijasida yarim
million kishi xalok bo’ldi. 1947 yil avgust o’rtasiga kelib mamlakatning 2 dominionga ajratish
jarayoni yakunlandi. 15 avgustda Xindiston mustaqilligi e'lon qilindi . Javoxarla'l Neru uning
birinchi Bosh vaziri bo’ldi.
Bu ikki davlatning iqtisodiy resurslari juda xam notekis joylashtirilgan edi: qazib olish
va qayta ishlash sanoatining 90 foizi Xindistonda qolgan edi, Pokistonda esa axoli jon boshiga
ishlab chiqariladigan guruch Xindistondagidan 2 marta ko’p edi. Kanop va paxta
yetishtiruvchi xududlar Pokistonga o’tib ketdi, barcha to’qimachilik fabrikalari esa Xindiston
xududida qoldi. Bu esa xar ikki davlatning ishlab chiqarish qudratini pasaytirib yubordi.
Axolining katta qismining turmush darajasi pasayib ketdi.
Xindiston xukumati turli siyosiy partiyalar va guruxlar ishtirokida bu muammolarni
xal etish va Xindiston konstitutsiyasini ishlab chiqish bilan shugullandi. 1949 yil noyabr oyida
konstitutsiya Ta'sis majlisi tomonidan tasdiqlandi va 1950 yil 26 yanvarda kuchga kirdi. Shu
kun Xindiston mustaqilligi kuni xisoblanadi. Konstitutsiya Xindistonni suveren, mustaqil
respublika deb e'lon qildi. 5 yil muddatga saylanadigan prezident davlatning rasmiy boshlig’i
xisoblanadi. Ijroiya xokimyati prezident nomidan , Bosh vazir boshchilik qiladigan


Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi xokimyat esa 2 palatali
parlamentdan iborat. Xindiston Respublikasi vakolatlari cheklangan shtatlardan iborat
federatsiya davlati sifatida tuzildi. Markaziy xokimyat xam, shtatlarning xukumatlari xam
qonun chiqaruvchi organlar (Butun Xindiston parlamenti - Xalq palatasi va shtatlar
Kengashidan iborat) oldida javob beradi. G’arb namunalari bo’yicha tuzilgan bu
Konstitutsiyada keng miqyosdagi demokratik erkinliklar e'lon qilingan. Konstitutsiyada
Xindistonning o’ziga xos xususiyatlari xisobga olinib, dini, irqi, kastaga mansubligi, jinsi va
tug’ilgan joyiga qarab fuqarolarni kamsitish taqiqlanadi, deb qo’shib qo’yildi.
Xindiston mustakillikni qo’lga kiritgach katta qiyinchiliklarga duch keldi.
Mustamlakachilik davrida asosiy maqsad milliy ozodlikga erishish bo’lib, boshqa ziddiyatlar
ikkinchi darajali bo’lib qolgan edi. Endilikda esa iqtisodiy qoloqlik, ochlik, qashshoqlik,
savodsizlik, ishsizlikni tugatish, agrar masalani xal qilish, ijtimoiy, milliy, diniy, kasta-
tabaqachilik ziddiyatlarni xal qilish asosiy masalaga aylangan edi.
1951 yil oxirida o’tkazilgan parlament saylovlarida XMK g’alaba qozondi,
parlamentdagi o’rinlarning 74 foizi XMK vakillariga berildi. XMK raxbari Javoxarla'l Neru
xukumat boshlig’i bo’ldi va u 1964 yilgacha shu lavozimni egallab keldi. J.Neru Xindistonda va
xalqaro maydonda juda katta obru-e'tiborga ega edi. U Yevropa kapitalizmi tarafdori
bulmagan va Xindistonda demokratik sotsializm namunasidagi jamiyat qurish g’oyasini ilgari
surdi. Neru xukumati iqtisodiy masalalarni xal qilishda sanoatning davlat va xususiy sektorini
xamkorlik qilishi yo’lidan bordi Uning fikricha bu jamiyat iqtisodiyotida davlat sektori
yetakchi ro’l o’ynashi, nochor fuqarolar ijtimoiy jixatdan ximoyalanishi, shaxslar va guruxlar
manfaatlari uyg’unlashadigan jamiyat bo’lishi kerak edi. Bu xayoliy g’oya bo’lsa xam u
mamlakatni bosqichma-bosqich rivojlanib borishini, zamonaviy izga ko’chirilishini, keskin
burilishlarsiz, larzalarsiz rivojlana boshlashiga imkon yaratib berdi. O’sha davrdan boshlab
Xindistonda 5 yillik rejalari tuzila boshlandi. Lekin bu rejalar majburiy tusdagi rejalar emas
edi.
J.Neru xukumati iqtisodiy soxada asosiy e'tiborini sanoatda davlat sektorini jadal
rivojlantirishga qaratdi. Shu maqsadda davlat tomonidan mashinasozlik, metallurgiya, elektr
energetika, ko’mir va neft sanoati korxonalari qurildi. Bundan tashkari inglizlarga tegishli
bo’lgan temir yo’llar, portlar, aloqa vositalari, yirik irrigatsiya inshootlari, elektr stansiyalari,
xarbiy zavodlar davlat sektoriga o’tkazildi. Bir qator tarmoqlarda xususiy sarmoyadan
foydalanishga yo’l qo’yilmadi. Shu bilan birga o’rta va kichik biznes qo’llab-quvvatlandi.Og’ir
mexnatlar evaziga qurilgan og’ir sanoat korxonalari iqtisodiyotning davlat sektorini vujudga
kelishiga va Xindiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini mustaxkamlanishiga olib keldiki,
busiz mamlakatning siyosiy mustaqilligini mustaxkamlab bo’lmas edi. Shu bilan birga bu
jarayon salbiy xolatlarning - Byurokratiyaning o’sishi, bir qator korxonalarning iqtisodiy
jixatdan samarasiz ishlashi, besh yillik rejalarining bajarilmay qolishi, o’tkir ijtimoiy
masalalarni xal etish uchun mablag’larning yetishmasligiga olib keldi. Xukumat 50-yillarning
boshida bir qator isloxotni amalga oshirish. Zamindorlarning yerlari dexqonlarga va quyi
kastalarga mansub ijarachilarga sotildi, natijada qishloqda mayda mulk egalarining soni
ko’paydi. Lekin zamindorlar bu isloxotga juda qattik qarshilik ko’rsatdilar. Dexqonlarni yer
bilan ta'minlash masalasi to’la xal qilinmasdan qoldi.Xukumat jamiyatning kastalarga
bo’linishiga barxam berishga xarakat qildi. Ko’pgina kastalar yangilanib borayotgan jamiyatda
o’z o’rnini topa olmadi, chunki unda yuqori kastalar ustun mavqeni egallagan edi. Xorijonlar -


kishloq axolisining eng ko’p sonli guruxlari uchun barcha "pok" kasblar eshigi yopib
qo’yilgandi. Ular davlat yordamisiz o’z axvolini o’zgartira olmasdilar. Konstitutsiyada
xorijonlar xuquqini ta'minlash kafolatlari belgilangan edi. Unga ko’ra parlamentda,
shtatlarning qonun chiqaruvchi majlislarida, davlat xizmatlarida, o’quv yurtlari va davlat
korxonalarida xorijonlarga joylar rezerv tarzida ajratib qo’yilgan edi. Bu imtiyozlar faqat
xindlarga tegishli bo’lib, boshqa dinlarga o’tgan xorijonlarga nisbatan qollanilmasdi. Shunga
qaramasdan XMKning bu boradagi siyosati asrlar davomida barqaror bo’lib kelayotgan kasta
tizimida o’zgarish yasab, uning yaxlitligini buzdi. Xindistonliklarning amalda teng xuquqligiga
erishishi borasida dastlabki qadam qo’yildi. J.Neru xukumati axoli tarkibining ko’p millatli
ekanligi bilan bog’lik qator muammolarga duch keldi. 1950 yildagi konstitutsiya asosida
amalga oshirilgan ma'muriy- hududiy bo’linish natijasida xar bir shtat axolisi ko’p sonli
millatlardan iborat bo’lib qolgan edi. Xukumat axoli tazyiqi ostida 1953 yilda shtatlarni millat
va til asosida qayta tuza boshladi, bu jarayon 1960 yilda yakunlandi. 1961 yilda Portugaliya
mustamlakachilari qo’lida saqlanib kelayotgan Goa, Diu va Daman xududlari qo’shib
olishganidan keyin Xindistonning ma'muriy-xududiy tarkibini shakllantirish ishlari
yakunlandi. Xozir Xindiston 25 shtat va 6 ittifoq xududdan iborat. Lekin shtatlarning yangi
chegaralarini o’rnatish bilan milliy-etnik muammolar biroz kamaydi xolos . Konstitutsiyaga
binoan 1965 yilda ingliz tili o’rniga xind tili davlat tili deb e'lon qilinishi lozim edi . Shu
munosabat bilan vaziyat keskinlashdi. Bu tadbirga janubiy shtatlar axolisi qarshilik ko’rsatdi,
chunki mamlakat shimolida tarqalgan xind tili ular uchun begona til edi.
Namoyish va to’s-to’polonlar ko’paydi. Til masalasiga oid uzil-kesil qaror qabul qilinmay qoldi.
Xozir Xindistonda xindi va ingliz tillari davlat tili xisoblanadi, xolbuki axolining ozgina qismi
ingliz tilini biladi.
J.Neru xukumati tashqi siyosatda xarbiy bloklarga qo’shilmaslik yo’lidan bordi,SSSR
bilan do’stona munosabatlar o’rnatildi. Keyinchalik Sovet Ittifoqi Xindistonga iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy, siyosiy va madaniy soxalarda katta yordam ko’rsatdi.

Download 188.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling