Reja. Ⅰ. Kirish. Ⅱ. Adabiyotlar sharxi. Ⅲ. Asosiy qism. Halqali chuvalchanglar tavsifi
Download 120.11 Kb.
|
kurs ishi halqali chuvalchanglar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 Ko‘p tukli halqali chu valchanglar sinfi – Polychaeta
- Nereida
Regeneratsiyasi. Yomg‘ir chuvalchangi tanasining jarohatlangan qismini qayta tiklash xususiyatiga ega. Uni ikkiga bo‘lganimizda bosh tomonidagi bo‘lagi yangi chuvalchangni hosil qiladi.
Ahamiyati. Yomg‘ir chuvalchanglari in qazib, tuproqni yumshatadi; g‘ovak qiladi; tuproqqa suv shimilishi va havo kirishini osonlashtiradi. Shuning uchun ham ko‘pgina o‘simliklar ildizi chuvalchanglar qazigan inlar orqali o‘sadi. Ular tuproqni ichagidan o‘tkazib, uni donador qiladi. Bunday tuproq namlik va oziq moddalarni o‘zida yaxshi saqlaydi. Agar 1 m2 tuproqda 50—100 ta chuvalchang bo‘lsa, ular yil davomida 1 ga maydonda 10—30 tonnadan ortiq tuproqni ichagidan o‘tkazishi mumkin. Chuvalchanglar ichagidan o‘tgan chirindiga boy donador tuproq koprolit deyiladi. Koprolitlar tuproqni donador qilib, unumdorligini oshiradi.Bundan tashqari, chuvalchanglar tuproq hayvonlari va qushlar uchun oziq bo‘ladi. Tropik hududlar tuprog‘ida yashaydigan gigant yomg‘ir chuvulchanglari uzunligi 2,5 metrga etadi. Turli xil a`zoik qoldiqlar bilan ifloslangan ko‘lmak va sekin oqadigan suvlar tubidagi loyda qizil chuvalchanglar yashaydi. Ular tanasining loydan chiqib turgan keyingi qismini tebratib, suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Suvda yashovchi kam tuklilar loyni o‘z ichagidan o‘rkazib oziqlanib, bu bilan suv havzalarining tozalanishiga yordam heradilar. Kam tuklilar suv hayvonlari uchun oziq hisoblanadi. Qizil chuvalchang akvarium baliqlariga oziq, eyzeniya chuvalchangi biologik gumus olish maqsadida ko‘paytiriladi. 3.2 Ko‘p tukli halqali chu valchanglar sinfi – Polychaeta Ko‘p tuklilar—suvda erkin suzib yuruvchi yoki suv tubida yopishib o‘troq hayot kechiradigan halqali chuvalchanglar. Ularda birmuncha murakkab tuzilgan maxsus harakatlanish a`zolari — parapodiylar rivojlangan. Bosh bo‘limi — ixtisoslashgan bo‘lib, tanadan ajralib turadi. Bosh bo‘limida sezgi a`zolari joylashgan. Nereida — dengizlarda keng tarqalgan ko‘p tukli chuvalchang. Tanasining uzunligi 15 sm ga yaqin 200 tacha bo‘g‘imlar (halqalar)ga ho‘lingan. Oldingi tomonidagi ikki bo‘g‘imi bosh bo‘limini hosil qiladi. Boshida bir juftdan paypaslagichlari va antennalar, ikki juft oddiy ko‘zchalar, hidlov chuqurchasi va mo‘ylov deb ataluvchi 4 juft o‘simtasi bor. Boshining ostki tomonida og‘iz teshigi joylashgan. Har bir bo‘g‘imning ikki yonida bir juftdan kuraksimon o‘simtalari joylashgan. Bu o‘simtalar bir necha tutam tuklari bo‘lib, Shuning uchun nereida ko‘p tukli chuvalchanglar sinfiga kiradi. Kuraksimon o‘simtalar harakatlanish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ular parapodiylar (para—o‘xshash, podiy—oyoq), ya’ni oyoqsimon o‘simtalar nomini olgan. Nereida parapodiylar yordamida suv tubida o‘rmalab yuradi yoki suzadi. Nereida mayda hayvonlar va suv oftlari bilan oziqlanadi. Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling