Reja. Ⅰ. Kirish. Ⅱ. Adabiyotlar sharxi. Ⅲ. Asosiy qism. Halqali chuvalchanglar tavsifi


Download 120.11 Kb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1561516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi halqali chuvalchanglar

Tana qoplag‘ichi. Suv tubida faol hayot kechiradigan ko‘p tuklilarning kutikulasi yaxshi rivojlangan. Suvda suzadigan, qumga ko‘milib yoki naysimon uychada yashaydigan chuvalchanglar kutikulasi aksincha, juda yupqa bo‘ladi. O‘troq yashaydigan ko‘p tuklilarning tana qoplag‘ichi sekreti (masalan, serpula) uycha qurish uchun qurilish materiali va sement vazifasini bajaradi. Ko‘p tuklilarning sezgi a`zolari yaxshi rivojlangan bo‘lib, boshida 1—2 juft (nereidada 2 juft) ko‘z, tuyg‘u mo‘ylovlari, paypaslagichlari va hidlov chuqurchasi joylashgan.
Bir qancha ko‘p tuklilar (masalan, qum chuvalchanglari)ning tashqi teri jabralari nafas olish vazifasini bajaradi. Ayrim ko‘p tuklilarning nafas olish a`zoi bo‘lmaydi; ular teri yuzasi orqali nafas oladi.
Hazm qilish tizimi. Og‘zi boshining ostki tomonida joylashgan. Yirtqich ko‘p tuklilarning halqum devori kutikulasi qalinlashib o‘tkir xitin tishlar, ya’ni jag‘larga aylangan. Oldingi ichak og‘iz bo‘shlig‘i va muskulli halqumni hosil qiladi. Bunday halqum tashqariga ag‘darilib chiqib o‘ljani tutish vazifasini bajaradi. Erkin yashovchi ko‘p tuklilar yirtqich hayot kechiradi. O‘troq yashovchi ko‘p tuklilarning boshidagi palpalari uzun patsimon o‘simtalarga aylangan. Ular yordamida chuvalchang a`zoik zarralar va mikroorganizmlami yig‘ib og‘izga haydaydi. Bu o‘simtalar nafas olish (jabralar) vazifasini ham bajaradi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Ko‘p tuklilar odatda ayrim jinsli, lekin ularda jinsiy demorfizm rivojlanmagan. Ko‘pchilik ko‘p tuklilar tuxum qo‘yadi, ba’zi turlari tirik tug‘adi. Ayrim ko‘p tuklilarda kurtaklanish sodir bo‘ladi. Buning natijasida juda ko‘p individlarning bir qator zanjirdan iborat muvaqqat koloniyasi hosil bo‘ladi. Ayrim ko‘p tukilar (masalan, tinch okeani palolosi) jinsiy a`zolari tuxumga to‘lganda okean tubidan suv yuzasiga ko‘tariladi. Bu davrda ular mahalliy aholi uchun mazali oziq hisoblanadi.
Ko‘p tuklilar metamorfoz orqali rivojlanadi. Odatda tuxumdan mikroskopik kichik lichinka — troxofora chiqadi. Troxofora tanasi bo‘g‘imlari bo‘linmagan, kiprikli belbog‘i bor; tana bo‘shlig‘i birlamchi bo‘ladi Rivojlanish davomida lichinka tanasining keyingi qismi cho‘zilib, bir necha bo‘g‘imni hosil qiladi. Bo‘g‘imlarda parapodiylar va qillar, har bir bo‘g‘imda mezodermadan selom xaltachalari shakllanadi. Troxoforaning tepa plastinkalari botib kirib, bosh miyani hosil qiladi. Qorin tomondagi ektodermadan nerv stvollari, sezgi a`zolari hosil bo‘ladi Lichinka suv tubida hayot kechirishga o‘tadi. Uning keyingi qismida yangi bo‘g‘imlar hosil bo‘ladi. Birlamchi tana bo‘shlig‘i selom bilan almashadi.



Download 120.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling