Reja : Kirish Asosiy qism


Ignaterililar filogeniyasi


Download 1.55 Mb.
bet7/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.55 Mb.
#1047991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishid

Ignaterililar filogeniyasi
Ignaterililar tuzilishining xilma-xilligi ulaming kelib chiqishini tushunt- irishni qiyinlashtiradi. Anal teshigining blastopor o‘mida paydo bo‘lishi, mezodermaning kelib chiqishi va nihoyat uch bo‘g‘imli lichinkasi ulami ikkilamchi og'izli hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi.Ignaterililaming kelib chiqishini ulaming hammasi uchun umumiy bo‘lgan diplevrula lichinkasi orqali tushuntirish mumkin. Diplevrulaning tuzilishi ignaterililaming ajdodlari ikki tomonlama simmetriyali oligomer (kam bo‘g‘imli) erkin harakatlanadigan hayvon bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ulaming og‘iz teshigi tanasining oldingi tomoniga, anal teshigi keyingi tomoniga yaqinroq joylashgan; selom bo‘shlig‘i 3 juft xaltachalarga ajral- gan. Bunday gipotetik organizm faqat ignatanlilamigina emas, balki ham- ma ikkilamchi og'izlilaming ham ajdodi bo'lishi mumkin. Chunki Chalax- ordalilar va Pogonoforalar voyaga yetgan davrida ham tanasi uchta bo‘g‘imdan iborat. Ayrira chalaxordalilar lichinkasi ignatanlilaming diplev­rula lichinkasigao‘xshashbo‘lib, selomi uchga bo‘lingan. 0‘troq yashashga o‘tgan hayvonlar og ‘iz teshigi atrofida keyinchalik suvdan oziq zarralarini yig'ishga moslashgan kiprikli radial ambuiakral egatchalar paydo bo‘lgan. Tabiiy tanlash tufayli bu egatchalar eng qulay holatni egallagan va ulaming soni doimiy 5 ta bo‘lib qolgan. Evolyutsiya jarayonida skelet plastinkalari va ichki organlaming joylashishi ham egatch- alaming joylashishiga, ya’ni radial simmetriyaga moslasha borib, besh nurli simmetriya kelib chiqqan. Eng so‘nggi navbatda ovqat hazm qilish va jinsiy sistemasi radial simmetriya holatiga ega boigan. Chunki hozirgi ignaterililar orasida goloturiyalar, dengiz tipritikanlari va nilufarlarning ichagi naysimon tuzilgan, goloturiyalaming jinsiy bezlari esa bitta boladi. Hozir­gi ignaterililar tuzilishining bir qancha xususiyati, xususan tosh kanali, o‘q organi va madreopor plastinkasining ekssentrik joylashishi nurli simmetriy­aga mos kelmaydi.

Ichak bilan nafas oluvchhilar filogeniyasi.
Ichak bilan nafas oluvchilami zoologlar uzoq vaqt davo- mida chuvalchanglar qatoriga qo‘shib kelishgan. Faqat A. O. Kovalevskiv (1867) ularni xordalilarga yaqin turishini isbot qilibberdi. Jabra yoriqlari, orqa nerv nayi, notoxordi va yurak xaltasining bo‘lishi bilan ular qobiqli- larga o'xshaydi. Lekin tuxum hujayrasining maydalanishi, anal teshigin- ing blastopor o‘mida hosil bo‘Iishi, ikkilamchi og‘izning kelib chiqishi, mezodermani enterotsel usulida hosil bo‘lishi, shuningdek tomariya li- chinkasining tuzilishi ularni ignaterililarga yaqin hayvonlar ekanligini ko'rsatadi.



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling