Reja : Kirish Asosiy qism


Download 1.55 Mb.
bet3/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.55 Mb.
#1047991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishid

Taroqlilar Filogeniyasi
Taroqlilar ayrim tuban tuzilish belgilarga ega. Masalan, kipriklar yordamida harakatlanish xuddi shunday belgilardan deyish mumkin. Rivojlanish davrida mezoderma qavatining hosil bo ‘lishi esa ul- ami chuvalchanglarga yaqinroq ekanligini ko‘rsatadi. Ana shu sababdan taroqlilar bo‘shliqichlilar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish mumkin.


Yassi chuvalchanglar filogeniyasi
Yassi chuvalchanglar orasida ichaksiz kiprikli chuvalchanglar eng sodda tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Kipriklilar gipotetik planulasimon bo’shliqchililardan kelib chiqqan. Ichaksiz kiprikli chuvalachanglar to’g’ri ichaklilar kelib chiqqan. Yassi chuvalchanglarning boshqa hamma guruhi filogenetik jihatdan to’g’ri ichaklilar bilan bog’langan. Qadimgi to’g’ri ichaklilarning evolyutsiyasi 3 xil yo’nalishda borgan.
1 - to’g’ri ichaklilar
2,3 - parazit yassi chuvalchanglar paydo bo’lgan.

Og‘izaylangichlilar filogeniyasi.
Og‘izaylangichlilarning kelib chiqishi to‘g‘risida turli fikrlar mavjud. Ulaming juda maydaligi uchun dastlab bir hujayralilarga kirituhgan. Keyinchalik halqali chuvalchanglaming troxofora lichinkasi- ga qiyos qilinib, ulaming neoteniya lichinkalar deb o‘ylashgan. Keyingi davrda og'izaylangichlilaming troxoforaga o'xshashligini konvergent nati- jasi ekanligi, bu xususiyat ulaming bir xil sharoitda yashashi ta’sirida kelib chiqqanligi aniqlandi.
Og'izaylangichlilaming filogeniyasi to‘g‘ri ichakli kiprikli chuvalchang- lar bilan bog‘liq. Agar shunday deyiladigan bo‘lsa u holda og‘izaylangichlilar orasida eng tuban formalari suv tubida о‘rmalovchi, qorin tomonida, ya’ni og‘iz atrofida kipriklar bilan qoplangan maydonchaga ega boigan turlar hisoblanadi. Bu kiprikli maydoncha to‘g‘ri ichaklilaming kiprikli epiteliysi
To‘garak chuvalchanglar filogeniyasi
Ko‘pchilik olimlaming fikricha filogenetik jihatdan to'garak chuval- changlar kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi. Bu ikki guruh o‘rtasida o'xshashlik tuban tuzilishga ega bo‘lgan vakillarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi.
Og‘izaylangichlilar vaqorinkipriklilaming tanasidakipriklar bilan qop- langan joylaming bo‘lishi, protonefridiylari, halqumi va jinsiy bezlarining tuzilishiga ко ‘ra kiprikli chuvalchanglarga yaqin turadi. To ‘garak chuval- changlaming nerv sistemasi prinsip jihatdan kiprikli chuvalchanglamikidan farq qilmaydi. Nematodalarning og‘iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashganligini bilamiz. Yassi chuvalchanglar orasida faqat to‘g‘ri ichak- lilarda og‘iz teshigi ana shunday terminal, ya’ni tanasi uchki qismida joy­lashgan. Ayrim jinsli xususiyatini hisobga olmaganimizda to‘garak chu­valchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi (xususan, og‘izaylangichlilarda sariqdonlaming bo‘lishi) ham kiprikli chuvalchanglarga o‘xshash bo‘ladi.
Birlamchi tana bo‘shlig‘i, orqa ichak va anal teshigining rivojlanganli- gi bilan to‘garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Lekin bu belgilar progressiv evolyutsiya tufayli paydo bo‘lganligidan to‘garak chuvalchanglami kiprikli yassi chuvapchanglardan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi nazariyaga monelik qila olmaydi. Ayrim to‘g‘ri ichakli kiprikli chuvalchanglar parenximasi lakunlari (tana bo‘shlig‘i qoldiqlari) juda keng bo‘lib, ulaming ichida parazit infuzoriyalar suzib yuradi. To'garak chuvalchanglaming birlamchi tana bo ‘shlig ‘i ana shunday lakunlaming yiriklashu- vi va o'zaro qo'shilishidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
To'garak chuvalchanglar tipi ayrim sinflari tuzilishida kiprikli chuval­changlardan keskin farq qiluvchi belgilar paydo boigan. Bu belgilar ku- tikulaning qalinlashuvi, kipriklaming yo‘qolishi, hujayra tarkibining doimiy bo'lishi (nematodalar, og‘izaylangichlilar), halqa muskullaming bo‘lmasligi, halqum atrofi nerv halqasining bo'lishi, protonefridiylar о‘miga bo‘yin be- zlaritiing paydo bo'lishi, og‘izaylangichlilar halqumining chaynovchi halqumga aylanishi, teri-muskul xaltasining alohida muskullarga ajralib ketganligi va boshqalardan iborat. Keltirilgan belgilar asosan alohida or- ganlarga tegishli bo‘lganidan to ‘garak chuvalchanglar tuzilishining umumiy xususiyatlariga ta’sir etmaydi.

Nemertinlar filogeniyasi.
Eng muhim tuzilish belgilariga ко ‘ra nemertinalar kiprikli chuvalchanglarga yaqin turadi. Kiprikli chuvalchanglar singari ular tana bo‘shlig‘i rivojlanmagan parenximatoz hayvonlarga kiradi. Nerv siste­masi asosiy elementlari, ko‘zining tuzilishi, protonefridiy ayirish sistema­si, bir qancha turlarida tuxum hujayrasining spiral maydalanishi bilan ular kiprikli chuvalchanglarga o‘xshaydi. Nemertinalar pilidiy lichinkasining tuzilishi ham ko‘p shoxli kiprikli chuvalchanglaming myullerov lichinkasi- ga o‘xshaydi. Ana shu dalillarga asoslangan holdanemertinalarni kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan deyish mumkin.
Qon aylanish sistemasi va orqa ichakning rivojlanishi nemertinalar evolyutsiyasining progressiv yo'nalishda borganligini ko‘rsatadi. Lekin xartumning paydo bo‘lishi ulami tor doirada ixtisoslashganligini ko‘rsatadi. Nemertinalar 2 kenja sinfga bo'linadi.

Наг xil nemertinalar.
A -Cerebratulus.
В -Cerebratulusning oldingi uchi. :- xartum, 2 - yon tirqishlar, 3 - og‘iz teshigi
D -Nectonemertes.
E - Malacobdella


Nemertinalaming tuzilishi.
A - oldingi qismining bo'ylama kesmasi sxemasi,
В - ko‘ndalang kesmasi: 1 - hartumi chiqadigan teshik, 2 - qorin nerv gangliysi, 3 - og‘iz teshigi, 4 - halqum, 5 - tana ichiga tortilgan hartum, 6 - hartum qini bo‘shlig‘i, 7 - bosh gangliysi, 8 - epidermis, 9 - halqa muskullar, 10-jinsiy teshik, 11 -tuxumdon, 12-ko‘ndalangmuskullar, 13-yon nerv, 14 - yon qon tomiri, 15 - ichak, 16 - parenxima, 17 - orqa qon tomiri.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling