Reja : Kirish Asosiy qism


Oliy qisqichbaqasimonlar kenja sinfi filogenetik


Download 1.55 Mb.
bet6/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.55 Mb.
#1047991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishid

Oliy qisqichbaqasimonlar kenja sinfi filogenetik jihatdan boshqa qis­qichbaqasimonlar bilan qorindosh emas. Chunki ularda boshqa kenja sinflar vakillariga nisbatan ham soddaroq tuzilish belgilari (qorin oyo- qlarining rivojlanganligi, birlamchi bosh prototsefalonriing bo‘lishi)ni ko‘rish mumkin. Bu kenja sinfda yupqa sovutlilar eng tuban tuzilgan bo‘lib, ularning ikki juft ayirish organi - selomoduktlari (antennal va maksillyar bezlari), yettinchi qorin bo‘g‘imi saqlanib qolgan. Tengoyoq- lilar va yonlab suzarlar esa eng murakkab tuzilgan bo‘lib, ulaming bosh bo‘limiga birinchi va ikkinchi juft ko'krak bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Oliy qisqichbaqasimonlar boshqa kenja sinflardan mustaqil yo'nalishda, qisqichbaqasimonlaming eng dastlabki sodda tuzilgan ajdodlardan kelib chiqqan.
Traxeyalilar filogeniyasi. Bu kenja tipda ko'poyoqlilaming kelib chiqishi hozirgacha uzil-kesil hal qilinmagan. Ba’zi olimlaming fikricha, ko‘poyoqlilaming ayrim guruhlari bo‘g‘imoyoqlilarning alohida sinfi ari bo‘lib, ular filogenetik jihatdan o‘zaro bog'lanmagan. Boshqa olimlar esa barcha ko'poyoqlilar bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan sinfning vakil- lari deb hisoblaydi. Ko‘poyoqlilar orasida laboyoqlilar eng tuban tuzilgan bo‘lib, ulaming eng tuban vakillari tanasidagi bo‘g‘imlaming soni juda ko‘p (177 gacha), bo‘g‘imlar esa gomonom tuzilishga ega bo‘ladi. Ikki juftoyoqlilarda esa tana bo‘g‘imlarining ko‘pchiligi ikkilamchi tarzda juft- juft bo‘lib qo‘shilib ketgan.
Ko‘pchilik olimlarning fikricha hasharotlar filogenetik jihatdan ko‘poyoqlilar bilan bog'liq. Tana bo‘g‘imlarining ko‘pligi, bo‘g‘imlaming birmuncha gomonom bo‘lishi, deyarli hamma tana bo‘g‘imlarida oyog‘laming rivojlanganlik belgilari ko‘poyog‘lilami hasharotlarga nis­batan tuban tuzilganligidan dalolat beradi. Hasharotlar orasida yopiq jag‘lilar eng tuban tuzilish belgilariga ega bo‘lib, tanasi eng ko‘p bo‘g‘imdan iborat. Qorin bo'limida oyoqlaming rudimentar qoldig‘i saqlanib qolgan; qanotlari hech qachon boimaydi; o'zgarishsiz rivojla­nadi.
Shuning bilan birga og‘iz organlarining og'iz kapsulasi ichida joy- lashganligi, sanchuvchi va so‘ruvchi og‘iz organlarining rivojlanganligi ulami yaxshi ixtisoslashganligini ko'rsatadi. Shu sababli yopiq jag'lilar hasharotlaming ajdodi bo'lolmaydi; ular umumiy ajdodlardan ancha erta ajralib chiqib, mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan guruh hisoblana- di. Ochiq jag'lilar og‘iz organlarining dastlabki holati o‘zgarmasdan saqlanib qolgan hasharotlar hisoblanadi. Lekin ular boshqa hamma bel- gilariga ко ‘ra yopiq j ag ‘ lilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Ochiqjag'lilar orasida qiidumlilar sodda tuzilgan.
Traxeyalilarda oligomerizatsiya (bo‘g‘imlar sonming kamayishi) jaray- oni tana bo‘g‘irnlari, oyoqlar, traxeyalar va nafas teshiklari bilan bog‘liq. Agar ko'poyoqlilaming bo‘g‘imlam ko‘p bo‘lsa, bu kenja tipning murakkab tuzilgan guruhi-hariiarotlarda bo‘g'imlar soni 18-17 tadan 11-12 tagacha kamayadi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling